MAVZU: Abdulla Qahhorning “O‘g’ri” va “Dahshat” hikoyalari
1. Abdulla Qahhor hikoyalari. 2. ”O’g’ri” hikoyasi haqida. 3. “Dahshat” hikoyasi haqida.
REJA:
Biz o‘tgan darsimizda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi mavzusini o‘rgangan edik. Avvalgi darsimizni esga tushirish maqsadida quyidagi savollarga javob beramiz. Biz o‘tgan darsimizda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi mavzusini o‘rgangan edik. Avvalgi darsimizni esga tushirish maqsadida quyidagi savollarga javob beramiz. 1.Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug’ilgan? 2.Adibning asarlarini sanab bering? 3.Yozuvchiga katta shuhrat keltirgan asari qaysi?
Abdulla Qahhor hikoyalari: “O‘g’ri”, “Dahshat”, “Bemor”, “Mayiz yemagan xotin”, “Jonfig’on”, “Adabiyot muallimi”, “Anor”, “Bashorat”.
Biz bugun adibning “O‘g’ri” va “Dahshat” hikoyalari bilan tanishamiz.
“O‘g’ri” hikoyasiga “otning o‘limi-itning bayrami” maqoli epigraf qilib olingan.
Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Hikoya shu tarzda boshlanadi.
Qobil bobo va uning ho‘kizi tasviri.
Qobil bobo va uning ho‘kizi tasviri. Hikoyadagi Qobil bobo va uning ayoli. “Dahshat” hikoyasi.
Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofida o‘tirishar edi. Dodxo har kecha taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi.
. Lug’atlar
- Yelpishtovoq-don yelpishga mo‘ljallangan katta yassi tovoq.
- Dodho-ariza qabul qiluvchi amaldor, mingboshi.
- Halqa-tarovih namozi qatnashchilarining ommaviy qur’onxonlik marosimi.
- Ponsot-askarboshi.
- Bozvant-ayollar sochiga taqiladigan bezak, sochpopuk.
- Sag’ana-qabr ustiga qurilgan maqbara.
Hikoyalarni mustahkamlashimiz uchun “To‘rtta to‘g’ri bitta noto‘g’ri” va “Aralash so‘zlar” o‘yinini o‘ynaymiz. Hikoyalarni mustahkamlashimiz uchun “To‘rtta to‘g’ri bitta noto‘g’ri” va “Aralash so‘zlar” o‘yinini o‘ynaymiz. Bu o’yinlarda guruhlar bilan ishlanadi. Guruhda faol harakat qilgan o’quvchilar rag’bat kartochkalari bilan taqdirlanadi. To‘rtta to‘g’ri va bitta noto‘g’ri” o‘yini To‘rtta to‘g’ri va bitta noto‘g’ri” o‘yini 1. Epigraf: “Otning o‘limi-itning bayrami. 2. “Quruq qoshiq og’izni yirtar” maqoli amin oldiga borishdan oldin aytilgan. 3. “Yo‘qolmasdan ilgari bormidi?” deb pristav aytgan. 4. Pristavni begim deguncha kishining beli sinar ekan. 5. Ellikboshi qobil boboni qaynotasining oldiga olib boradi. “Aralash so‘zlar” o‘yini “Aralash so‘zlar” o‘yini “Dahshat” hikoyasi 1.Yaqin, kuzak, shamoli, ikki hafta, ko‘z ochirmayotgan, beri. 2. Pixillar, mushukday, changali, o‘lim, tushgan. 3. Qanaqa, go‘riston, hozir, bo‘lsa kerak, vahimali. 4. Kundoshi, o‘tirgan, yonida, Unsinni, biqini, turtdi. 5. Dadasidan, bozorboshiga, hayitlik olib, ketayotgan, yosh boladay, katta. 6. Yelka, chuquri, dargoh, bu, ko‘rsin. 7. Go‘riston, go‘ristonning tuprog’i, qo‘rqqan, davo bo‘ladi. Mavzu yuzasidan savollar: 1.Nima uchun yozuvchi “Otning o‘limi-itning bayrami” maqolini epigraf qilib olgan deb o‘ylaysiz? 2. Hikoya nima uchun “O’g’ri” deb nomlangan? 3. Qobil boboning holati tasvirlangan o’rinlarga e’tibor qiling. Nega u “dag’-dag’ titraydi? ” . 4. Hikoyadagi: “Hamma o‘tirgan yerida go’yo bir qarich cho’kkanday bo’ldi va tin olmay bir-biriga qaradi”, degan tasvirni qanday izohlaysiz? 5. Go’ristondan chiqishda Unsin “…chap qo’liga qattiq og’riq kirganini” sezdi. Og’riq nega, aynan chap qo’liga kirdi deb o’ylaysiz? 6. Nodirmohbegimga xos xususiyatlarni tavsiflang. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |