1 A. X. O‘roqov


 Avtomobil yo‘llarini qumli sharoitda saqlash texnologiyalari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/102
Sana14.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#797182
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Bog'liq
fayl 1463 20210812

3.7. Avtomobil yo‘llarini qumli sharoitda saqlash texnologiyalari 
Ko‘chuvchi qumlar qatnov qismiga chiqib qum uyumlarini hosil qiladi va 
avtomobillar harakat tezligini keskin kamaytiradi yoki to‘liqligicha yo‘lda 
harakatni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Yo‘llarni yig’ilgan qumlardan tozalashning 
qiymati baland bo‘lib ko‘p mehnat va vaqtni talab etadi. Eng maqbuli yo‘llarni 
qidiruv davrida ko‘chuvchi qumlar mavjud hududlarni aylanib o‘tish imkoniyati 
tadqiq qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda loyihalash va qurish davrida bu 
ish amalga oshirilmagan bo‘lsa, u holda ekspluatastiya davrida qayta trassalash 
amalga oshiriladi. Qayta trassalashda ko‘chivchi qumlar bilan kesishadigan yo‘l 
bo‘laklari uzunligini minimum darajagacha kamaytirish, barxan qumlarida trassa 
barxanlar orasida joylashganda yo‘lni doimiy shamol yo‘nalishidan, barxanlar 
orasidan olib, qum to‘planadigan hududlardan chetlashtiriladi, barxanlarning 
o‘zgaruvchan harakatida yo‘lni barxanlar o‘rtasidagi pastlikka joylashtiriladi. 
Ko‘tarilgan va yarim ko‘tarilgan qumlarda o‘simliklarni yo‘q qilishdan iloji 
boricha ko‘proq saqlanish kerak. Yo‘l ko‘ndalang kesimini to‘g’irlashda unda qum 
uyumlari kam bo‘ladigan qilib yo‘l poyiga o‘lcham va shakl beriladi. Barxanlar va 


72 
tepaliklar orasidagi pastliklarda katta balandlikka ega bo‘lmagan (0,6-0,9 m) 
ko‘tarmalar qurish maqsadga muvofiqdir. Agan ko‘tarma ikki qumtepalik o‘rtasida 
joylashgan bo‘lsa uning balandligi qo‘shni qumtepalik balandligidan kam 
bo‘lmasligi kerak (3.6-rasm).
3.6-rasm. Yo‘l poyining ko‘ndalang kesimlari (Vd eni): 
1-balandligi 2 m dan kam; 2- 2 m dan baland; 3-2 m dan chuqur bo‘lmagan; 4-2 m 
dan chuqur bo‘lgan; 5- ko‘tarma ostidagi qismi bilan 2 m dan chuqur; 6-ko‘tarma; 
7-o‘yma; 8-o‘yma ko‘tarma ostidagi qismi bilan. 
Ko‘tarmalar qiyaliklarini ularning balandligi 1 m dan yuqori bo‘lganda 
shamol ta’sirida emirilishdan saqlashda qiyalikning yuqori qismi (ko‘tarma 
balandligining 1/3 qismi) qum-shag’alli material yoki gilli grunt qatlami (10-15 
sm) mustahkamlanishi kerak. Agar ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lsa 
himoya qatlami yotqizilmaydi. Ko‘chuvchan qumlarda o‘ymalar qurish 
kuzatilmaydi, trassaning qum barxanlari va qum tepaliklarga ko‘ndalang holatda 
o‘tishi bundan mustasno. Bunday holarda ko‘ndalang kesimga 3.6-rasm b 
ko‘rinishda ko‘rsatilgandek shakl beriladi. Ko‘tariluvchi qumlarda (o‘simliklarni 
saqlash maqsadida) yo‘l poyini yo‘lgacha 100 m dank am bo‘lmagan rezervdan 
yoki o‘yma gruntidan bo‘ylama tashish yo‘li bilan kata bo‘lmagan balandlikda 


73 
qilib (3.6-rasm, v) quriladi. Mexanik himoyalash yordamida barxanlarning quyi 
qismini qalqonlar va matlar bilan yopib ularning balandligini kamaytirish mumkin, 
buning natijasida ular yoyilib ketishdan saqlanadi. Yuqori qismi sochiladi va qum 
shamoldan pana qiyalik yig’iladi. 
Qalqonlar bilan ham barxanlarni huddi shu tarzda boshqarish mumkin. 
Qalqon yo‘lning shamolga qaragan tomonidagi barxanga o‘rnatilishi natijasida 
shamol ta’siri to‘silib, qumning ushbu yo‘nalishdagi harakati ushlab turiladi (3.7-
rasm). Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi barxanga qalqon o‘rnatilmaydi va 
buning natijasida undagi qumlar yo‘ldan uzoqlashadi. Shamol yo‘nalishi 
o‘zgarganida qalqonlar qarama-qarshi tomondagi shamol yo‘nalishida turgan 
barxanga o‘rnatiladi. Buning natijasida qumning yo‘lga harakati to‘xtatiladi. 
Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi qalqonsiz turgan barxan shamol ta’sirida 
uzoqlashadi (3.7-rasm, b). 
3.7-rasm. 
Barxanlar harakatini boshqarish: 1-yo‘l; 2- qalqonlar.
Qumlarning harakatini o‘simliklar bilan mustahkamlash orqali to‘xtatish 
mumkin. Mustahkamlash amalga oshiriladigan tasma eni 25-40 m dan 125-150 m 
ni tashkil qiladi va ko‘proq qumning ko‘chuvchanligiga bo‘gliq bo‘ladi: qanchalik 
ko‘chuvchanlik yuqor bo‘lsa, mustahkamlanadigan tashma ham shuncha keng 
bo‘ladi. Qumlarni mustahkamlash uchun ildiz tizimi yaxshi rivojlangan daraxtlar, 
butalar, 
ko‘p 
yillik 
va 
bir 
yillik 
maysalardan 
foydalaniladi.


74 
3.2-jadval.
Qumlarni mustahkamlash uchun bog’lovchilarning sarf me’yorlari 
Material
Qumlarni mustahkamlash 
sharoitlari
1 m2 yuzaga sarfi
O‘lchov 
birligi
Miqdori
Bitum YNB 
200/300 va YNB 
130/200
Shamol tezligi kata bo‘lmagan va 
qulay tuproq-gidrologik sharoitli 
hududlar
g
200–500 
Noqulay tuproq-gidrologik sharoiti 
va og’ir shamol rejimi
g
500–750 
Mustahkamlash ishlari himoya 
tasmasidagi deflyatsiyalanish 
markazlarida olib boriladi
g
350–500 
Suyuq neft
Shamol tezligi kata bo‘lmagan va 
qulay tuproq-gidrologik sharoitli 
hududlar
l
1–2 
Noqulay tuproq-gidrologik sharoiti 
va og’ir shamol rejimi
l
5–6 
Mustahkamlash ishlari yo‘l poyi 
qiyaliklarida va himoya 
tasmasidagi deflyatsiyalanish 
markazlarida olib boriladi
l
3–4 
Poliakrilaminning 
0,5–0,7 % li suv 
bilan aralashmasi
Mustahkamlash ishlari yo‘l poyi 
qiyaliklarida va himoya tasmasida 
qulay tuproq-gidrologik va qulay 
shamol rejimi bo‘lganda olib 
boriladi
l
6–8 


75 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish