101-variant
1.A.Navoiynng qaysi asarida chog’irni “…umm ul-xabois”, ya’ni “yaramaslklar onasi” deb hisoblangan?
A) “Muhokamat-ul lug’atayn” B) “Munshaot” C) “Holoti sayyid Hasan Ardasher” D) “Vaqfiya”
2. O’z nafsini mag’lub etgan marddir,
G’iybatdan uzoq ketolgan marddir.
Nomard tegib o’tar yiqilganlarga
Ojizlar qo’lini tutolgan marddir. Ushbu she’rning nechanchi misrasida inversiya hodisasi yuz bergan?
A)4 B) 2 C) 1 D)3
3. Agar yaxshilging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo’min ekansan. Bu gapda antonim so’zlar qaysi so’z turkumlariga tegishli?
A) ot, sifat B) ot, fe’l C) fe’l D) sifat, fe’l
4. Serdavlat, mansabdor, hurmatli bo’lgan onlarda sadoqatli qadrdonlarni yodga oling, ularni noumid qilmang. Bu gapda ko’makchi morfemalardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) 5 B) 6 C) 8 D) 7
5. Shaharni zindondan ozod o’lib,
Tog’ning Shiriniga Farhod o’lib.
So’nur edi o’zini tog’ xisravi
Tog’ni uqub Dehlaviyi manaviy. Qaysi asardan olingan?
A)“Zarbulmasal” B) “Mahbub-ul qulub” C) “Farhod va Shirin” D) “Sabbai sayyor”
6. Quyidagi she’riy parcha qaysi shoir ijodidan olingan?
Vatan,vatan deya jonim tanimdan o’lsa ravon
Banga na g’am, qolur avlodima uy-u vatanim
A)A.Avloniy B) Fitrat C) Cho’lpon D) A. O’tar
7. Quyidagi qaysi so’zlarda faqat tor unlilar qatnashgan?
A) kibor, musiqa B) muqim,,uyushiq C) lirika, musiqa D) muhit, zehn
8. Qaysi javobda Turob To’laning dramaturgiya sohasiga salmoqli hissa bo’lib qo’shilgan pyesasi berilgan?
A)”Sumbula” B) “Baxt tongotari” C) “Momo yer” D) “Gulyor”
9. Bog’dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom chida suyanib turgan qizga ko’zi tushdi // uyalganidan qizarib-bo’zarib ketdi, ketmonga tikilib, qadamini tezlatdi. // belgisi o’rniga mos tinish belgisini qo’ying
A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) vergul
10. Yurtimizda yashayotgan har bir inson o’zini, eng avvalo, O’zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan hudud vakili , aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg’ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Bu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimchalar bor?
A)2 B) 4 C) 5 D)3
11. Omonlik tilasang agar sen o’zing, Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing
Tilasang-a; chiqarma- b
1)bo’lishli; 2) bo’lshsiz 3) o’timli 4) o’timsiz’ 5) xabar mayli; 6) shart mayli; 7) buyruq-istak mayli; 8) tub so’z 9) yasama. Mos javobni toping.
A) a-1,3,7,9; b- 2,4,6,8 C) a- 1,3,6,8 b- 2,3,7,8
B) a- 2,4,6,8 b- 1,3,5,7 D) a- 1,4,6,9 b- 2,3,7,9
12. Nadur millat qudratining tamadduni,
Amir Temur haykalidan so’rang buni
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni
Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Bu she’rda olmoshlar sonini aniqlang
A)4 B) 5 C)3 D) 2
13. Qaysi qatorda egalik qo’shimchalari qo’shilganda asosda tovush almashishi kuzatiladigan , portlovchi, jarangsiz, til orqa tovushi bilan tugagan so’zlar berilgan?
A) qishloq, buloq B) erk, ishtirok C) tog’, bog’ D) tilak, bilak
14. Qaysi qo’shma gaplarda ko’chma ma’noda sinonimlik hosil qilgan so’zlar mavjud?
A) Ana, hech narsa bo’lmagandek, yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi
B) Muyassar bo’lmasa gar yor visoli, balodan totlidir hijronning boli
C) Meni yomon ranjitding , sendan qattiq xafaman
D) O’qituvchining oldiga shartta kiraman-da, tez-tez gapirib tashlayman
15. Qaysi qatorda kesim ergash gapli qo’shma gap berilgan?
A) Kovushini to’g’rilqb qo’yish kerak // qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. // belgisi o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) A) nuqtali vergul B) tire C) ikki nuqta D) vergul
16. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma son tarkibiy qismlarining joylashish o’rinlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Yuzlkdan keying sonlarda har doim birlik va o’nlik sonlar oldin keladi
B) Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o’nlik sonlar har doim keyin keladi
C) Yuzlik va minglik sonlarda birlik va o’nlik sonlarning oldin yoki keyin kelishi so’z ma’nosini farqlamaydi
D) Yuzgacha bo’lgan sonlarda oldin kata son, keyin kichik son keladi
17.Shu soylardan suvlar yrgil yuzingga sen,
Bir bor nazar solgil bosgan izingga sen.
Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Qaysi mustaqil so’z turkumiga oid so’zlar berilgan? !. ot 2. Sifat 3. Fe’l 4. Olmosh 5. Son
1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,3,4,5
18. Qaysi qatorda kesimlari murakkab bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap berilgan?
A) O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma
B) Shamol turdi, hammayoqni qor qopladi
C) Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar
D) Bugun tadbir bo’ladi, men qo’shiq aytishim kerak
19. Laylak tepa// o’tib, Qo’zirabot// borgan// qaynar buloq// muzdek suv ichdik. // belgisi o’rniga qaysi kelishiklar qo’yiladi?
A) o’rin-payt, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish
B) chiqish,jo’nalish, o’rin-payt, chiqish
C) jo’nalish, chiqish, o’rin-payt, chiqish
D) yushum, jo’nalish, o’rin-payt, o’rin-payt
20. Qaysi gaplarda orttirma darajadagi sifatlar berilgan?
A) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq edi
B) G’yos aka yumshoq ajiriq ustiga yonboshladi
C) Mehmon degan shunaqa sergap bo’lmaydi
D) Avaz dahlizdan rangdor vassal sertokcha uyga kirdi
21. “Rustamxon” dostonida Sultonxon qaysi viloyatda yashardi?
A) Bujul B) Kashal C) Oqtosh D) Qurudum
22. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping
A) Kimki harakatchan bo’lsa, u yutuqlarga erishadi
B) Hunar shunday o’tdirki, u tikondan gul qilur
C) Kim o’zi harakat qilmasa, o’zidan ko’rsin
D) Naql qiladilarki, odob kishining ziynatidir
23. “Qissasi Rag’buziy” asarida Iblisning Olloh huzuridan quvilishiga nma sabab bo’lgan?
A) uzum urug’I uchun B) kibr tufayli C) bug’doy mojarosi D) xushomadgo’ylik sabab
24. Olmosh qaysi birining o’rnida kelgan?Yaxshilik qo’lingdan kelmasa, yomonlik qilma. Bu hech qachon yodingdan chiqmasin
A) qo’shma gap o’rnida B) so’z birikmasi o’rnida C) sodda gap o’rnida D) so’z o’rnida
25. Quyidagi qaysi so’zlarga -li sifat yasovchisi qo’shilganda -dor, -kor, ba- qo’shimchalarining birortasi bilan sinonimik munosabatda bo’lmaydi?
A) itoat, ayb B) yurak, kuch C) maza,, savlat D) go’sht, gunoh
26. 1.Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi 2. Yaqin fursatlarda diydor ko’rishishni orzu qilarmish. 3. Shaharga yaqin joylashgan qishloqda yashaymiz. Berilgan gaplarning qaysilarida yaqin ravishi bir xil ma’noni anglatgan?
A) 1,2,3 B) 1,3 C) 1,2 D) 2,3
27. “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday , zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi. Erta bahorda ularning tug’ay deb turgan sigirini o’g’irlab ketishdi..” Bu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Bemor” B) “Og’ri” C) Mening o’g’rigina bolam” D) “Urushnng so’nggi qurboni”
28. Omonim so’zlar qatorini aniqlang
A) bog’li, bo’sh, arz, qayt B) o’rim, qavat, qala, ta’qib
C) bahr, bazm, bas, yemoq D) qiyiq, taqa, qayiq, gul
29. Nodiraning “Firoqnomasi”da nechanchi bandida hasbi hol yetakchilik qilgan?
A) 8-9 B) 7-8 C) 7-9 D) 9-10
30. Tarkibida ikkita sintaktik shakl yasovchisi bor so’zlarni belgilang
1. yangichasiga 2. Singlisi 3. Birdaniga 4. Borayotir 5. Ketsam 6. Yarmiga
A) 2,5,6 B) 1.4.6 C) 2,4,5 D) 2,3,6
31. Qaysi she’riy janr g’azal kabi qofiyalanadi, faqat unda matla’ yo’q?
A) fard B) qit’a C) tuyuq D) musaddas
32. J.Rumiyning “Masnaviy” asaridagi murakkab falsafiy muhokama va mushohada , ravshan va sodda shakllarda tushunturib berilgan asar qaysi ?
A) “Devoni kabir” B) “Ichingdagi ichingdadir” C) “Kanz-ul haqoyiq” D) “Al-usul al-ashara”
33. Qaysi gapda o’zlik olmoshi predmetni ko’rsatish uchun qo’llangan?
A) Rostini aytsam, o’zim ham unchalik yomon bola emasman
B) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’day asaraymiz
C) olma o’zi pishb, o’zi to’kildi D) O’zlik olmoshi predmetni ko’rsatish uchun ishlatilmaydi
34. Quyidagi to’rtlik kimnng qalamiga mansub?
Qayu yerda bo’lsa, uqush birla o’g
An er atag’il , necha o’gsa o’g
Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal
Yovuz ersa kaz te, kichik ersa o’g
A.Yassaviy B) M.Qoshg’ariy C) A.Yugnakiy D) Yusuf Xos Hojib
35. Changitib so’zida qanday ko’makchi morfemalar ishtirok etgan?
A) 1 ta so’z yasovchi, 1ta lug’viy, 1ta sintaktik
B) 1ta so’z yasovchi , 2ta shakl yasovchi
C) 2ta so’z yasovchi,1ta shakl ysovchi
D) 1ta so’z yasovchi, 1ta shakl yasovchi
36. Qaysi ijodkor yosh do’stlariga atab “Yetti zog’ora” nomli asar yozgan?
A) G’.G’ulom B) Turob To’la C) X.To’xtaboyev D)O’.Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: |