1-8 darslar yuzasidan umumiy “A” test



Download 25,58 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi25,58 Kb.
#544708
Bog'liq
fel turkumidan test 100ta


1-8 darslar yuzasidan UMUMIY “A” TEST
1. Bajardi, bajarishdi, bajartirdi, bajarildi.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko’ra B) zamoniga ko’ra
C) shaxs-soniga ko’ra D) mayliga ko’ra
2. Bajardi, bajarmoqda, bajargay.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko’ra B) zamoniga ko’ra
C) shaxs-soniga ko’ra D) mayliga ko’ra
3. Bajaraman, bajarasan, bajaradi.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko’ra B) zamoniga ko’ra
C) shaxs-soniga ko’ra D) mayliga ko’ra
4. Bajarmoqchi, bajarsa, bajarsin.
Berilgan fe’llar qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A) nisbatiga ko’ra B) zamoniga ko’ra
C) shaxs-soniga ko’ra D) mayliga ko’ra
5. Rahimberdi amakim yashaydigan hovlining ko’chadan kiraverishida kattagina bo’sh bir o’tinxona bo’lardi.
Ushbu gapning necha o’rnida tovush o’zgarishlari yuz bergan?
A) 2 o’rinda B) 3 o’rinda C) 4 o’rinda D) 5 o’rinda
6. Qaysi javobda birgalik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) dardlashdi, bahslashdi B) do’stlashdi, xayrlashdi
C) qiyinlashdi, qo’pollashdi D) ishlashdi, kuylashdi
7. Qaysi javobda o’zlik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A) zavqlandi, foydalandi B) ikkilandi, g’azablandi
C) o’ylandi, tayyorlandi D) shodlandi, faxrlandi
8. Qaysi gapda birgalikda bajarilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo’natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o’tirib gazeta, jurnal va kitob o’qishadi.
C) Bugun qarmog’imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
9. Qaysi gapda bajaruvchisi noaniq bo’lgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo’natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o’tirib gazeta, jurnal va kitob o’qishadi.
C) Bugun qarmog’imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
10. Qaysi gapda bajaruvchining o’z ustida amalga oshirilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo’natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o’tirib gazeta, jurnal va kitob o’qishadi.
C) Bugun qarmog’imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
11. Qaysi gapda bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan bajarilgan harakat-holat ifodalangan?
A) U avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga jo’natdi.
B) Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar o’tirib gazeta, jurnal va kitob o’qishadi.
C) Bugun qarmog’imga birorta ham baliq ilinmadi.
D) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda.
12. Fe’llar gapda boshqa so’zlar bilan bog’lanib, qanday sintaktik vazifalarda qo’llanishi mumkin?
1) kesim 2) ega 3) aniqlovchi 4) to’ldiruvchi 5) hol
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4
13. Qaysi gapda fe’lning otga xoslangan shakli qo’llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, hamma sohadan xabardor bo’lishi lozim.
B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kin yo’q joyda chalingan kuyga o’xshaydi.
C) Malika dunyodan o’tgach, unga bag’ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla.
14. Qaysi gapda fe’lning ravishga xoslangan shakli qo’llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, hamma sohadan xabardor bo’lishi lozim.
B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kin yo’q joyda chalingan kuyga o’xshaydi.
C) Malika dunyodan o’tgach, unga bag’ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla.
15. Qaysi gapda fe’lning sifatga xoslangan shakli qo’llangan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, hamma sohadan xabardor bo’lishi lozim.
B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kin yo’q joyda chalingan kuyga o’xshaydi.
C) Malika dunyodan o’tgach, unga bag’ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla.
16. Qaysi gapda fe’lning boshqa turkumlarga xoslangan shakli qo’llanmagan?
A) Yozuvchi turmushni har taraflama o’rganishi, hamma sohadan xabardor bo’lishi lozim.
B) O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kin yo’q joyda chalingan kuyga o’xshaydi.
C) Malika dunyodan o’tgach, unga bag’ishlab “Tojmahal”ni qurdirdi.
D) To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla.
17. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l qo’llangan?
A) Usta temirni cho’g’ga solib bolg’alaydi, cho’zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g’irchillaydi.
D) Ko’zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
18. Qaysi gapda olmoshdan yasalgan fe’l qo’llangan?
A) Usta temirni cho’g’ga solib bolg’alaydi, cho’zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g’irchillaydi.
D) Ko’zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
19. Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe’l qo’llangan?
A) Usta temirni cho’g’ga solib bolg’alaydi, cho’zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g’irchillaydi.
D) Ko’zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
20. Qaysi gapda taqlid so’zdan yasalgan fe’l qo’llangan?
A) Usta temirni cho’g’ga solib bolg’alaydi, cho’zadi, yassilaydi, yana olovga solidi.
B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.
C) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g’irchillaydi.
D) Ko’zlarimga tik qarab “sensiramang”, deydi-ya!
21. Qaysi so’zdan uch qo’shimcha yordamida fe’l yasash mumkin?
A) kuch B) past C) zo’r D) qora
22. Ravishdoshning –a(-y) shakliga qo’shiluvchi boshlamoq ko’makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
23. Ravishdoshning –a(-y) shakliga qo’shiluvchi olmoq ko’makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
24. Ravishdoshning –ib(-b) shakliga qo’shiluvchi chiqmoq ko’makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
25. Ravishdoshning –ib(-b) shakliga qo’shiluvchi ko’rmoq ko’makchi fe’li qanday ma’noni ifodalaydi?
A) kirishish B) imkoniyat C) yakunlanish D) urinish
26. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtda tinglovchi tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko’ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og’zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi.
27. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin o’zga tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko’ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og’zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi.
28. Qaysi gapda harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan keyin so’zlovchi tomonidan bajarilgani ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko’ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og’zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi.
29. Qaysi gapda harakat-holatning har uch zamonga oidligi ma’nosi ifodalangan?
A) Oyijon, menga qanaqa ko’ylak olib kelyapsiz?
B) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
C) Kelinning og’zidan gapini uzib olgandek tez-tez gapirdi.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi.
30. Qaysi gapda harakat-holatning bajarilishi haqidagi xabar ma’nosi ifodalangan?
A) Nigoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi.
B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko’rib qo’ysin.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do’sti dushmanim, do’stimning do’sti do’stimdir.
31. Qaysi gapda boshqa harakat-holatning bajarilishi uchun shart bo’lgan harakat-holat ma’nosi ifodalangan?
A) Nugoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi.
B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko’rib qo’ysin.
C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do’sti dushmanim, do’stimning do’sti do’stimdir.
32. Qaysi gapda harakat-holatni bajarishga undash ma’nosi ifodalangan?
A) Nugoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi. B) Odamlarni chaqiringlar, ekinzorni ko’rib qo’ysin. C) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqindir.
D) Dushmanimning do’sti dushmanim, do’stimning do’sti do’stimdir.
33. Qaysi fe’ldan harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin so’zlovchi tomonidan boshqa shaxs vositasida amalga oshirilganligi ma’nosi ifodalangan?
A) bajartirdim B) aytmadingiz C) tushunishyapti D) o’qitmoqdasiz
34. Qaysi fe’ldan harakat-holatning gap aytilayotgan vaqtda o’zgalar tomonidan birgalikda amalga oshirilgani ma’nosi ifodalangan?
A) bajartirdim B) aytmadingiz C) tushunishyapti D) o’qitmoqdasiz
35. Qaysi javobda qismlari turli turkumga mansub so’zlardan tashkil topgan qo’shma fe’llar berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko’rmoq D) qo’rqib qochmoq, o’qib yodlamoq
36. Qaysi javobda qismlari bir turkumga mansub so’zlardan tashkil topgan qo’shma fe’llar berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko’rmoq D) qo’rqib qochmoq, o’qib yodlamoq
37. Qaysi javobda qismlaridan biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan til birliklari berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko’rmoq D) qo’rqib qochmoq, o’qib yodlamoq
38. Qaysi javobda qismlari alohida so’roqqa javob bo’ladigan va alohida sintaktik vazifa bajaradigan til birliklari berilgan?
A) ozod qilmoq, afv etmoq B) borib kelmoq, olib bermoq
C) aytib bermoq, tatib ko’rmoq D) qo’rqib qochmoq, o’qib yodlamoq
39. Qaysi javobda predmetning belgisini ifodalaydigan so’zlar berilgan?
A) chuchuk, xushbo’y, qora B) sekin, biroz, atay
C) temir, yog’och, oltin D) tushun, quvon, berkin
40. Qaysi javobda harakatning belgisini ifodalaydigan so’zlar berilgan?
A) chuchuk, xushbo’y, qora B) sekin, biroz, atay
C) temir, yog’och, oltin D) tushun, quvon, berkin
41. Qaysi javobda asosi o’timsiz bo’lgan o’timli fe’l berilgan?
A) kiyindi B) qo’rqitdi C) kulishdi D) yozishdi
42. Qaysi javobda asosi o’timli bo’lgan o’timsiz fe’l berilgan?
A) kiyindi B) qo’rqitdi C) kulishdi D) yozishdi
43. Qaysi javobda bo’lishsizlik shakli vositasida bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo’ymadi B) bajarmay qo’ydi
C) bajarib qo’ymadi D) bajarib qo’ydi
44. Qaysi javobda bir martalik bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo’ymadi B) bajarmay qo’ydi
C) bajarib qo’ymadi D) bajarib qo’ydi
45. Berilganlarning nechtasi sodda yasama fe’l sanaladi?
taramoq, atamoq, sanamoq, yashamoq, qiynamoq, o’ynamoq, o’rnatmoq, pasaymoq, susaymoq, ulg’aymoq, sarg’aymoq, yig’lamoq, anglamoq, egallamoq, qizarmoq, yugurmoq, yasharmoq, tunamoq, tupurmoq, shovullamoq, ma’ramoq, o’zgarmoq, mo’ltiramoq, bo’shamoq, keksaymoq, changimoq
A) 18 ta B) 20 ta C) 23 ta D) 24 ta
46. Qaysi javobda fe’l yasovchi qo’shimchalar berilmagan?
A) –la, -ik, -ka B) –dir, -in, -sh C) –r, -iq, -y D) –ar, -ir, -sa
47. Qaysi javobda to’liqsiz fe’llar berilgan?
A) edi, ekan, emish B) bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq
C) qilmoq, etmoq, aylamoq D) yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq
48. Qaysi javobda fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’llanib, qo’shma fe’l hosil qiluvchi so’zlar berilgan?
A) edi, ekan, emish B) bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq C) qilmoq, etmoq, aylamoq D) yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq
49. Qaysi javobda davomli bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan?
A) bajarmay qo’ymadi B) bajarmay qo’ydi
C) bajarib qo’ymadi D) bajarib qo’ydi
50. Qaysi javobda harakat nomi shakli berilmagan?
A) –sh(-ish) B) –moq(-mak) C) –v(-uv) D) –vchi(-uvchi)
51. Tushum kelishigi shaklidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’llar qanday nomalandi?
A) o’timli fe’llar B) o’timsiz fe’llar C) holat fe’llari D) harakat fe’llari
52. Fe’llarning munosabat shakllari qaysi javobda to’liq ko’rsatilgan?
1) zamon shakllari 2) nisbat shakllari 3) shaxs-son shakllari
4) mayl shakllari 5) tasdiq-inkor shakllari
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,3
53. O’tgan zamonning qaysi shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan, guvohi bo’lgan harakat-holatni bildiradi?
A) –gan B) –ib C) –di D) –b
54. Hozirgi zamon shakllaridan qaysi birining talaffuz va imlosi farqlanadi?
A) -moqda B) –yap C) –yotir(-ayotir) D) –yotib (-ayotib)
55. Kelasi zamon shakllaridan qaysi biri publisistik uslubga xos bo’lib, tantanavorlik va ko’tarinkilik xususiyatiga ega?
A) –gay B) –ur C) –ajak D) –ar
56. Qaysi javobda berilgan fe’llar bajaruvchining harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishiga ko’ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
57. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat holatning nutq momentiga munosabatiga ko’ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
58. Fe’llarning bo’lishsizlik shakli quyidagi qaysi vositalar yordamida ifoda etiladi?
1) –ma 2) emas 3) yo’q 4) …na…na
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3
59. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan?
A) aygach, ayguncha, aytib
B) aytmoq, aytish, aytuv
C) aytgan, aytayotgan, aytar
D) aytdi, aytishdi, ayttirdi
60. Bo’lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo’shilsa qanday mazmun ifoda etiladi?
A) harakat-holatning bir martalik inkori
B) harakat-holatning davomli inkori
C) oddiy bo’lishlilik ma’nosi
D) qat’iy bo’lishlilik ma’nosi
61. Qaysi javobda berilgan ko’makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi?
A) yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq
B) ko’rmoq, chiqmoq, bitmoq
C) olmoq, bilmoq, boshlamoq
D) yotmoq, turmoq, yurmoq
62. Qaysi javobda berilgan qo’shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi?
A) –sin, -t, -qir
B) –la, -lash, -sa
C) –a, -ay, -ar
D) –y, -it, -iq
63. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko’ra farqlanadi?
A) keldi, kelyapti, keladi
B) keldi, kelishdi, keltirdi
C) kelsa, kelmoqchi, kelgin
D) kelyapman, kelyapsan, kelyapti
64. O’tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o’rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang.
A) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0
B) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di
C) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti
D) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0
65. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo’lishini ifodalaydi?
A) –a(-y), -ar(-r) B) –gan, -b(-ib) C) –ayotir, ayotib D) –gay, -yap
66. O’tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro’y bergan harakat-holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi?
A) –di B) –gan C) –b(-ib) D) –di, -b(-ib)
67. Qaysi javobda asosi o’timli bo’lgan o’timsiz fe’llar berilgan?
A) yeyildi, kiyindi, bo’yaldi
B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi
C) o’qishdi, sakrashdi, tortishdi
D) kelishdi, so’rashdi, o’ylatdi
68. Qaysi javobda asosi o’timsiz bo’lgan o’timli fe’llar berilgan?
A) yeyildi, kiyindi, bo’yaldi
B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi
C) o’qishdi, sakrashdi, tortishdi
D) kelishdi, so’rashdi, o’ylatdi
69. Qaysi nisbat shakllari o’timli-o’timsizlik jihatidan zidlanadi?
A) o’zlik va majhul nisbat B) orttirma va majhul nisbat C) birgalik va orttirma nisbat D) birgalik va o’zlik nisbat
70. Fe’lning zamon va shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi…?
A) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi
B) III shaxs xabar maylini ifodalaydi
C) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi
D) II shaxs xabar maylini ifodalaydi
71. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan?
A) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.
B) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil.
D) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma!
72. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o’tgan zamon sifatdoshi sanaladi?
A) ko’rsatilgan B) o’zgartirilgan
C) qayg’uradigan D) qisqarayotgan
73. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan?
A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
B) Norning nordon anori narida.
C) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi
74. Qaysi misrada qo’shma yasama fe’l qo’llangan?
A) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?
B) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?
C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening?
D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
75. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o’rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan?
A) -sin, -sin, -ay B) -man, -san, -miz, -siz
C) -tir, -il, -ish D) -moqda, -yap, -ayotir
76. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan?
A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi.
B) Chol titrab, qo’lidagi kosani qars etib tushirdi.
C) O’qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi.
D) Xabarni Qo’ng’irotga o’n chopar tezda yetkazdi.
77. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
B) Ammo kampirning dodiga odam tez to’plandi.
C) Xat Sharifa tomonidan yozildi.
D) Qobil yugurib borib do’konxona eshigidan ko’chaga qaradi.

78 . Qaysi gapda bo’lishlilik ma’nosi ta’kidlangan?


A) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi.
B) Shahardan buvingni ko’rmay kelma.
C) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina.
D) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi.
79. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo’shilishi mumkin?
A) o’zlik B) orttirma C) majhul D) birgalik
80. Qaysi qatorda o'timli fe'llar qo'llangan?
A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq
B) o'xshamoq, jiringlamoq, so'ramoq
C) o'qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq
D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko'rmoq
81. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo'shimchalar yordamida hosil qilinadi?
1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach
A) 1, 2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4
82. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping.
A) –ir, -iz, -ar, -it B) –giz, -kiz, -g’iz, -qiz
C) –gaz, -kaz, -qaz, -g’az D) –ar, -ay, -ik, -iq
83. Qaysi qatorda o'timsiz fe'llar vosita yordamida o'timli fe'lga aylangan?
A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq
B) o'qishmoq, yig'latmoq, ko'rsatmoq
C) bajartirmoq, o'qitmoq, berishmoq
D) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq
84. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi?
1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4
85. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko’rsatilgan?
A) kelsam B) kelmagan C) kelishdi D) kelmoq
86. Qaysi gapda zamon qo’shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog’liq xatolik mavjud?
A) Hozir yomg’ir yog’ayotir, shuning uchun yo’lga chiqish mumkin emas.
B) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o’tkazilayapti.
C) Hozir ko’nglimga qil sig’mayapti, keyinroq gapirarsiz.
D) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.
87. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan?
A) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir.
B) Kunduzi bo’lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong’u bo’lib ketdi.
C) Erta-indin Ra’noni ko’rgani gospitalga boraman.
D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi.
88. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o’tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan?
A) Ulardan biri o’sha damda qo’shinni tashlab qochadi.
B) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman.
C) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.
D) Daryoning bo’yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim.
89. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi?
A) o’tgan zamonga nisbatan B) kelasi zamonga nisbatan
C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) hozirgi zamonga nisbatan
90. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko’makchi fe’lga qo’shila oladi?
1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo’lishsizlik
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 4,5 D) 3,4,5
91. Qaysi ko’makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?
A) chiqmoq B) olmoq C) yurmoq D) qo’ymoq
92. Qaysi qo’shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o’zgarish sodir bo’ladi?
A) –a, -la, -ay B) –illa, -lash, -sira C) –i, -ira, -iq D) –sa, -ar, -ir
93. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan?
A) na o’qidi, na yozdi B) yozmay qo’ymadi
C) yozib qo’ymadi D) yomay qo’ydi
94. Qaysi javobda qo’shma fe’l berilgan?
A) qotib qoldi B) yonib turibdi C) kirib chiqdi D) shoshilib kirdi
95. Qaysi javobda ravishdoshli so’z birikmasi berilgan?
A) kelib ketdi B) ketib qoldi C) yig’lab gapirdi D) so’ray ko’rma
96. Qaysi javobda berilgan ko’makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi?
A) bermoq B) boshlamoq C) olmoq D) chiqmoq
97. Qaysi so’zdan to`rt xil qo’shimcha yordamida fe’l yasash mumkin?
A) zavq B) yalt C) ayb D) suv
98. Fe’lning qaysi lug’aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo’llanmaydi?
A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l
99. Orttirma nisbatning qaysi shakli unli bilan yoki jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi?
A) –gaz B) –dir C) –iz D) –sat
100. Qaysi hukmlar to’g’ri?
1) ayir va qayir fe’llariga –il nisbat qo’shimchasi qo’shilsa, tovush tushishi sodir bo’ladi;
2) ye va de fe’llariga –ish yoki –il qo’shimchasi qo’shilsa, tovush ortishi sodir bo’ladi;
3) harakat nomi –v shakli a yoki i unlisi bilan tugagan so’zlarga qo’shilsa, tovush almashishi sodir bo’ladi;
4) ol, ber kabi ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shilsa, tovush tushishi va almashishi sodir bo’ladi;
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2



Download 25,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish