1-7-sinflar uchun tasviriy san’at bo’yicha 100 savolga 100 javob



Download 37,9 Kb.
Sana28.01.2020
Hajmi37,9 Kb.
#37781
Bog'liq
100 savolga 100 javob

OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH

INSTITUTI

1-7-sinflar uchun tasviriy san’at bo’yicha

100 SAVOLGA 100 JAVOB

(savollar va javoblar)



Andijon-2015

Tuzuvchi:

S.Tadjibayev - Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.

Taqrizchilar:

R.Soliyeva - Andijon shahridagi 35-DIM oily toifali tasviriy san’at o’qituvchisi

R.Axmedov - Qo’rg’ontepa tumanidagi 4-umumta’lim maktabi tasviriy san’at o’qituvchisi

B.Oripov -Izboskan tumanidagi Nafis san’at maktab-internati tasviriy san’at o’qituvchisi.

Mazkur metodik tavsiya AVXTXQTUMOIning 2015 yil ________da bo’lib o’tgan Ilmiy kengashda muhokama etilib, ma’qullangan.

Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli bilimli,dono va albatta baxtli bo’lishlari shart !

I.Karimov.

SO’Z BOSHI

Tasviriy san’at predmeti o’quvchilar badiiy didi va estetik dunyoqarashlarini rivojlantiradigan fanlardan biri hisoblanib, ularni ma’naviy tomondan yetuk va barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o’ynaydi.

Maktabda tasviriy san’at darslarini zamon talablari darajasida o’tish va o’quvchilarni nazariy bilimlarini boyitish bo’yicha ushbu metodik tavsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.

Ushbu metodik tavsiya tasviriysan’at o’qituvchilari va shu soxaga qiziqqan mutaxassislarga mo’ljallangan.

1-SINF


1-savol. Rang tasvir ustalari rasm chizishda qanday materiallardan

foydalanadi?

Javob; Rang tasvir ustalari rasm chizishda mo’yqalam, palitra, qog’oz

o’chirg’ich, bo’yoq va boshqa materiallardan foydalaniladi.

2-savol. Manzara janrida ijod qilganqaysi rassolarni bilasiz?

Javob; M anzara janrida ijod qilgan rassomlar O’rol Tansiqboev,Ro’zi Choriev,Zokir Inog’omov va boshqalar.

3-savol. Akvarel bo’yoqlaridan tasviriy san’atning qaysi turida foydalaniladi?

Javob; Tasviriy san’atning rang tasvir turida.

4-savol. Zarg’aldoq rang qaysi ranglarni qo’shish orqali xosil qilinadi?

Javob; Qizil sariq ranglarni qo’shish orqali.

5-savol. Qanday naqshlar yo’lsmon naqshlar turi hisoblanadi?

Javob; Yo’lsimon ko’rinishdagi o’simlik va geometrik shakllardan tashkil topgan naqshlar.

6-savol. Loydan o’yinchoqlar yasash bo’yicha Buxorolik mashhur xaykaltarosh ustasining ismi-sharifi?

Javob; Loydan o’yinchoq xaykalchalar yasash bo’yicha mashxur usta Bobkent tumanidagi Uba qishlog’idan Xamro Rahimova.

7-savol, Stekdan qanday ishlarda foydalaniladi?

Javob; Stekdan xaykal ishlashda foydalaniladi.

8-savol. Oq va qora ranglar aralashmasidan qanday rang paydo bo’ladi?

Javob; Oq va qora rang aralashmasidan kulrang xosil bo’ladi.

9-savol. Mashxur O’zbek rassomi Zokir Inog’omov xosil yig’im terimiga bag’ishlangan qaysi asarni yaratgan?

Javob: “Choyga” asarini yaratgan.

10-savol. O’rol Tansiqboevning bahor faslini tasvirlovchi mashxur asari?

Javob; “O’zbekistonda Mart” asari.

2-SINF

11-Savol. Yashil rang qaysi bo’yoq aralashmasidan xosil bo’ladi?



Javob; yashil rang zangori va sariq rang aralashmasidan xosil bo’ladi.

12-savol. Asosiy ranglar qaysliar?

Javob; asosiy ranglar qizil, sariq va zangori ranglardir.

13-savol. Xosila ranglar qaysilar?

Javob; Xosila ranglar zarg’aldoq, yashil va binafsha ranglar

14-savol. Guash bo’yogi tasviriy san’atning qaysi sohasida ko’p ishlatiladi?

Javob; rang-tasvir, badiiy bezak va naqqoshlikda.

15-savol. Qanday naqsh doirasimon naqshdir?

Javob; doira ichiga joylashtirilgan naqsh.

16-savol. Qanday naqsh kvadrat naqsh?

Javob; kvadrat ichiga joylahtirilgan naqsh kvadrat naqshdir.

17-savol. Qalamda ,bo’rda,ko’mirda, toshda yozish, chizish,tasirlash tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi?

Javob; grafika turiga.

18-savol. Natyurmort nima?

Javob; natyurmord- bu jonsz buyumlar tasviri.

19-savol. Xaykaltaroshlikda qanday materiallardan foydalaniladi?

Javob; xaykaltaroshlikda loy, yog’och, plastlin, tosh,mis, kumush, bronza, oltin va xokazolardan foydalaniladi.

20-savol. Loydan yaratilgan buyumlarga nimalar misol bo’la oladi?

Javob; loydan yaratilgan sopol va chinni buyumlar-choynak, piyola,idish –tovoqlar, ko’za ,xum va xokazolar.

21-savol. Naqshlar nima maqsadda yaratiladi?

Javob; naqshlar kiyimlar, gilam va uylarni, matolar, idish - tovoqlarni badiiy bezash maqsadida yaratilai.

22-savol. Masjid, madrasa,minora, imoratlar, xiyobonlar va shaxar qurilishi tasviriy san’atni qaysi turiga kiradi.

Javob; memorchilik turiga kiradi.

3-SINF


23-Savol. Applikatsiya nima?

Javob; Applikatsiya –bu rangli qog’ozlar, materiallar,tashlandiq materillar bilan tasvirlar xosil qilish.

24-savol. Shobarg, oygul bargi ,bodom, zanjira xalq amaliy san’atining qaysi turida ishlatiladi?

Javob; kashtachilik, zardo’zlik va naqqoshlikda.

25-savol. Rel’ef nima?

Javob; rel’yef- bu tekis yuzaga qavariq xolda ishlangan xaykal.

26-savol. Maishiy janrda rasmlar ishlangan rassomlardan kimlsrni bilasiz?

Javob; Maishiy janrda rasmlar ishlagan rassomlardan Ro’zi Choriev, Alisher Mirzaev, Mannon Saidov.

27-savol. Mashxur O’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?

Javob; O’rol Tansiqboev, Malik Nabiev, Abdulhaq Abdullaev,Samig’ Abdullaev, Ro’zi Choriev va boshqalar.

28- savol. Palitra nima?

Javob; Palitra –bu ranglarni bir – biriga qorishtirish uchun ishlatiladigan qog’oz, fanera materiali.

29-savol. Xoshya san’atining qaysi turida ko’p ishlatiladi?

Javob; amaliy bezak san’atida ko’p ishlatiladi

30- savol; jigarrang qaysi ranglardan xosil qilinadi?

Javob; jigarrng qizil va binafsha ranglardan xosil qilinadi.

31-savol. Kompozitsiya nima?

Javob; kompozitsiya – bu tasvirlarni, buyum va tabiat ko’rinishini qog’oz va boshqa tekslik yuzasiga joylashtirish.

32-savol. To’q rangga qaysilar kiradi?

Javob; to’q rangga zangori, jigarrang va binafsha kiradi.

33-savol. Jiyak, gajak, jingalak, morg’ula, xoshiya, oygul kabi iboralar amaliy san’atning qaysi turida ko’proq ishlatildi?

Javob; naqqoshlikda.

34-savol. Peyzaj janrida nima tasvirlanadi?

Javob; tabiatning ko’rinishi.

35-savol. Rasm haykaldan nimasi bilan farq qiladi?

Javob; rasmda xajm yo’q, xaykal esa xajmli bo’lib uning atrofidan aylanib ko’rish imkoniyati bilan farq qiladi.

36-savol. Stilizatsiya nima?

Javob; stilizatsiya – bu gul, barg, qush, va hayvonlarni soddalashtirib tasvirlashdir.

37-savol. Naqshlar nimalardan xosil qilinadi?

Javob; naqshlar bark. Meva sabzovot, qush va xayvonlarning tasvirlardan xosilqilinadi.

4-SINF

38-Savol. Natura nima?

Javob; Natura – bu tasvilash uchun qo’llqniladigan buyum, obyekt.

39-savol. Qanday ranglar iliq ranglar?

Javob; qizil, sariq, pushti va sabzi rang.

40-savol. Sovuq rangga qaysilar kiradi?

Javob; havo rang, moviy, ko’k, yashil, binasha.

41-savol. Qoralama tasvir nima?

Javob; qoralama tasvir –bu qisqa vaqt ichida qalam,ko’mir, bo’r va boshqa materiallar bilan ishlangan tasvir.

42-savol. Ranglama iborasining ma’nosi nima?

Javob; bo’yoqlar bilan qisqa vaqt ichida bajarilgan tasvir.

43-savol. Xromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?

Javob; oq, qora, kul rang.

44-savol. Axromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?

Javob; oq, qora, kulrangdan tashqari xamma ranglar kiradi.

45-savol. Xaykaltaroshlikda qaysi qurollarniva materiallarni bilasiz?

Javob; plastilin, loy ,yog’och, ganj, bronza, kumush, tosh, oltin, mis, stek va xokazolar.

46-savol. Maishiy janrga oid qaysi asarlardan na’munalar keltira olasiz?

Javob. “Oila” “Ishtaha” “Onalik” “Tong” .

47-savol. Tasviriy san’at qanday turlardan iborat?

Javob; rang tasvir, grafika, xaykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, memorchilik.

48-savol. Rang tasvir san’atining qanday janrlari bor?

Javob; monumental va dastgohli rangtasvir.

49-savol. Grfika san’atining qanday turlari bor?

Javob; qalam-tasvir, plakat, vitraj, yozuv-chizuv, matbuot grafikasi, tush, pastel va boshqa vositalar yordamida tasvirlash, ofart v a xokazolar.

50-savol. Haykaltaroshlik san’atining qanday turlri bor?

Javob; monimental, dastgoh, dekorativ haykaltaroshlik.

51-savol. Xalq amaliy san’atining qanday turlari bor?

Javob; naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, zardo’zlik, zardo’zlik va xokazolar.

52-savol. Mifologik jarda nimalar tasvirlanadi?

Javob; mifologik janrda afsonaviy voqelar tasvirlanadi.

53-savol. Animal janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob; animal janrda hayvonlar obrazi tasvirlanadi.

54-savol. Marenistik janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob; marenistik janrda suv, yani daryo, dengiz ,okeandagi holatlar tasvirlanadi.

55-savol. Batal janrda nimalar tasvirlanadi?

Javob; batajanrida jang manzarasi tasvirlanadi.

5-SINF


56-savol. Miniatyura qanday san’at?

Javob; minatyura- mujaz (mini-kichik) san’at

57-savol. Miniatyura san’atining rivojiga ulkan xissa qo’shan mashhur o’zbek miniatyurachi rassom kim?

Javob; Kamoliddin Behzod.

58-savol. “Sharq Rafaeli” deb nom olgan buyuk rassom kim?

Javob; Kamoliddin Behzod.

59-savol. O’zbekistonda qadimiy obidalar ko’p saqlangan shaharlar?

Javob; Buhoro, Samarqand, Xiva.

60-savol. Me’morchilik san’atida qo’llaniladigan qaday iboralarni bilasiz?

Javob; arka, peshtoq, ravoq, sharafa, koshin, masjid, xonaqoh , madrasa, minora, maqbara, ustun, mehrob, loyiha va hokazo.

61-savol. Koshinkorlik tasviriy san’atining qaysi turida ishlatiladi?

Javob; memorchilik san’atida..

62-savol. Buhorodagi Ibn Sino haykaliningmuallifi kim?

Javob; xaykaltarosh Abdurhmonova.

63-savol. Buhoro shahridagi “Labihovuz” ansanbliga qanday imoratlar kiradi?

Javob; Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi Xonaqosi, Ko’kaldosh madrasasi kiradi.

64-savol. Buhorodagi Minorai Kalon qachon va qaysi usta tomonidan qurilgan?

Javob; Minorai Kalon 1127-yilda Ustabaqo tomonidan qurlgan.

65-savol. Samarqanddagi “Registon” maydonidagi ansanbilga qaysi imoratlar kiradi?

Javob; Sherdor, Tillakori, Ulug’bek.

66-savol. Toshkentdagi Amir Temur haykalining muallifi kim?

Javob; amaki, jiyan Jabborovlar

67-savol. Ichan Qal’a obidasi qaysi shaharda?

Javob; Xivada.

68-savol. Islimi iborasining ma’nosi nima?

Javob; o’simliksimon shakillardan tashkil topgan naqshlar.

69-savol. Xalq amaliy san’atining respublikamizdagi keng rivojlngan markazlari qaysilar?

Javob; Buhoro,Xiva, Marg’ilon.

70-savol. Perspektiva so’zining ma’nosi nima?

Jaob; borliqdagi mavjudod kishi ko’zidan uzoqlashgan sari kichiklashib yoki yaqinlashib, kattalashib ko’rinishi.

71-savol. Yorug’- soya qonunlariga oid qanday iboralar ishlatiladi?

Javob; refleks soya, yaim soya, to’q soya, tushuvchi soya, blik.

6-SINF

72-savol. Avtoportret iborasining mazmuni nima?



Javob; rassomning o’z tasvirini oynaga qarab tasvirlash.

73-savol. Zastavka (bosh bezak) nima?

Javob; kitobning boshlanishdagi bezak.

74-savol. Konsovka (yakunlovchi bezak) nima?

Javob; kitobning oxiridagi bezak.

75-savol. Illyustratsiya nima?

Javob; kitobdagi badiiy asar mazmuniga oid lavhalarni tasvirlovchi tasvir.

76-savol. “ Oq saroy” tarixiy majmuasi qaysi shaharda joylashgan?

Javob; Shahrisabzda.

77-savol. Ulug’bek nomi bilan ataluvchi madrasalar respublikamizning qaysi shaharlarida qurilgan?

Javob; Buhoro, Samarqand, G’ijdivonda.

78-savol.Sharq mamlakatlarining qaysilarida miniatyura maktablari faoliyat ko’rsatg?an

Javob; Bag’dod, Tabriz ,Sheroz, Xirot, Xind, Buhoro va Samarqandda.

79-savol. O’zbekiston haykaltaroshlaridan kimlarni bilasiz?

Javob. Ilhom Jabborov, Juldosbek Kuttimurodov, Ulug’bek Mardiev, X.Xusniddinov, Barno Shodieva, Abdumo’min Boymatov, Adurahmonov, Yakov Shapiro.

80-savol. Buhoroagi Labihovuz oldida bunyod etilgan Nasriddin afandi haykalining muallifi kim?

Javob. Yakov Shapiro.

81-savol. Jaxonga mashxur bo’lgan “Tojmahal” memorchilik obidasi qaysi shaxarda qurilgan ?

Javob; Hindistonning Agra shaxrida

82-savol. Uyg’onish davri san’ati qaysi asirlarni o’z ichiga oladi?

Javob; 15—16-asrlar.

83-savol. Xind minatyura san’ati maktabining tashkil etilishiga kimlar asos slogan?

Javob; Mirzo Boburva o’g’li Humoyun.

7-SINF


84-savol. Uyg’onish davrining eng buyuk tasviriy san’at ustalari kimlar ?

Javob; Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian ,Chenini

85-savol. Toshkentdagi Muqimiy teatri nechanchi yilda qurilgan?

Javob; 1943-yilda.

86-savol. Mona Liza (Jakonda) asarining muallifikim?

Javob; Leonardo da Vinchi.

87-savol. Rus rassomi Repinning qanday asarlari bor ?

Javob; “Zaparoj’yeliklar” “Kutmagan edilar” “Vo’lgadagi burlaklar”vaxokazolar.

88-savol. Mamlakatimizning monumentalist (yirik rasm chizuvchi) rassomi kim?

Javob; Ne’mat Qo’zboyev

89-savol. Reproduksiya nima?

Javob; tasviriy san’at asarini rassom tamonidan ko’chirilgan nusxasi.

90-savol. Triptix nima?

Javob; bir mavzudagi uch bo’lakdan iborat tasviriy san’at a’sari.

91-savol. Jaxondagi eng yirik san’at muzeylari qaysi shaharlarda joylashgan?

Javob; Nyu-York, Parij, Drezden va Sank-Peterburg.

92-savol. Yevro’pa va Amerikaning dunyoagi mashxur progressive rassomlaridan kimlarni bilasiz?

Javob; PabloPikasso, Renato Gutazo vah.k.z

93-savol. Etyud nima?

Javob: Qisqa vaqt ichida naturadan ishlangan surat

94-savol. O`zbekistondagi eng mashxur san`at asarlari qayerdan topilgan?

Javob: Varaxsha, Afrosiyob, Tuproq qal`a

95-savol. Pablo Pikassoning mashxur asarlaridan birini nomini ayting?

Javob.” Shar ustidagi qiz”.

96-savol. Dunyodagi eng baland memorchilik obidalari qaysi shaxarda qurilgan?

Javob. Nyu-York da

97-savol. Tasviriy san`atda keng tarqalgan oqimlar?

Javob.Realizm,abstraktsionizm,impressionism

98-savol. “Bibixonim” madrasasi qaysi shaharda qurilgan?

Javob. Samarqandda

99-savol. Daraxtlar tasvirini tasvirlash bo`yicha mashxur rus rassomi kim?

Javob. Shishkin



100-savol. `` Buxoro amaldori`` portretining muallifi kim?

Javob. Pavel Benkov
Download 37,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish