Old Osiyo davlatlari va ularning qo’shnilari
1.Qaysi davrdan boshlab Old Osiyo hududida ilk davlatlar vujudga kela boshladi ?
A) Mil avv 1 ming yillikda B) Mil avv 2 ming yillikda S) Mil avv 3 ming yillikda D) Mil avv 4 ming yillikda
2.Dastlab Ossuriyaliklar qaysi hududni egallashgan ?
A) Dajla va Frotning yuqori oqimidagi kichikroq hududni B) Frot yuqori oqimidagi kichikroq hududni
S) Dajla quyi oqimidagi kichikroq hududni D) Frot quyi oqimidagi kichikroq hududni
3.Ossuriya davlatining poytaxti dastlab qaysi shahar bo’lgan ?
A) Oshshur B) Nineviya S) Xattusa D) Bobil
4. Ossuriyada davlatining poytaxti keyinchalik qaysi shahar bo’lgan?
A) Oshshur B) Nineviya S) Xattusa D) Bobil
5.Qaysi davlat aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va savdo-sotiq bo’lgan? ?
A) Xettlar B) Ossuriya S) Mitani D) Urartu
6.Ossurlarning asosiy mashg’uloti nima edi ?
A)dehqonchilik B) savdo-sotiq S) baliqchilik D) A va B
7.Ossurlar podshosining sher bilan jangi qaysi shahardagi saroyda tasvirlangan?
A) Oshshur B) Nineviya S) Xattusa D) Bobil
8.Qaysi Ossuriya hukmdori davrida Nineviyada Old Osiyodagi spool taxtachalardan iborat bo’lgan kutubxona jamlangan edi ?
A)Oshshurbanapal B) Salmanasar S) Hamurappi D) Sardur I
9.Qaysi davrda Ossuriya armiyasi Bobil va Midiya toonidan batamom qirib tashlandi va bu davlat zavolga yuz tutdi ?
A)Mil avv 600-yilda B) Mil avv 605-yilda S) Mil avv 607-yilda D) Mil avv 610-yilda
10. Xettlar davlatiga qachon asos solingan ?
A) Mil avv XVIII asrda B) Mil avv XVII asrda S) Mil avv XVI asrda D) Mil avv XV asrda
11.Kichik Osiyo markazi hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan edi ?
A) Eron hududida B) Turkiya hududida S) Xitoy hududida D) O’zbekiston hududida
12.Xettlar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ?
A) Fiva B) Xattusa S) Memfis D) Bobil
13.Xettlarning asosiy mashg’uloti nima edi ?
A)dehqonchilik va chorvachilik B) dehqonchilik va savdo S) baliqchilik D) dengizchilik
14.Hozirgi Suriya davlati hududida qaysi davlat vujudga kelgan edi?
A) Xettlar B) Ossuriya S) Mitanni D) Urartu
15.Xetlarning asosiy va xavfli raqibi qaysi davlat bo’lgan ?
A) Mitanni B) Ossuriya S) Finikiya D) Urartu
16.Mil avv XIII asr oxirida Xettlar davlati poytaxtini bosib olgan noma’lum xalqlarni Xettlar nima deb atashgan ?
A) osmon xalqlari B) dengiz xalqlari S) shimollik xalqlar D) varvarlar
17.Urartu davlati qaysi hududlarda tashkil topgan edi ?
A) Kavkazortida B) Turkiyaning sharqiy qismi Armanistonda S) Dajla va Frot daryolari oralig’ida D) A va B
18.Urartu davlatini Ossuriya hujumlaridan mudofa qilish zaruriyatini tezlashtirgan omil nima edi ?
A)Urartuning tanazzulga yuz tuta boshlashi B)Yagona davlatning tashkil topishi
S) Urartuning Ossuriyadan mag’lubiyatga uchrashi D) Urartuni kuchayishi
19.Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ?
A) Nineviya B) Memfis S) Tushpa D)Teyshebaini
20.Urartuning qaysi shahridagi qal’a ossurlar tomonidan vayron qilib tashlandi?
A) Nineviya B) Memfis S) Tushpa D)Teyshebaini
21.Finikiya davlati qayerda joylashgan edi ?
A) O’rtayer dengizining sharqiy qirg’og’ida B) Hozirgi Livan hududida
S)Suriyaning bir qismida D) barcha javoblar to’g’ri
22.Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti nima edi ?
A) dehqonchilik B) ovchilik S) savdo sotiq D) A va S javoblar to’g’ri
23.Finikiyaliklar qo’shni mamlakatlarga nimalar sotar edi ?
A) yog’och B) metal va gazlamalar S) qurol yarog’ D)A va B javoblar to’g’ri
24.O’rta Yer dengizi bo’yida yuzaga kelgan shaharlar qaysi javobda to’g’ri berilgan ?
A)Tir,Sidon,Ugarit B) Fiva,Memfis,Bobil S)Nineviya,Oshshur,Bibl D) Bobil, Bibl, Tir
25.Qaysi asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo’lgan alifbo yaratildi ?
A) Mil avv X asrda B) Mil avv VIII asrda S) Mil avv XVI asrda D) Mil avv XV asrda
26.Falastin hududidagi Isroil podsholigi qachon vujudga keldi ?
A) Mil avv VII asrda B) Mil avv IX asrda S) Mil avv X asrda D) Mil avv XI asrda
27.Ko’p o’tmay Yaxudiya qaysi podsholik tomonidan bosib olindi ?
A) Ossuriya B) Finikiya S) Urartu D) Bobil
28.Qadimiy yahudiylarning afsona va rivoyatlari haqidagi kitobining nomi nima edi ?
A) Bibliya B) Avesto S) Injil D) Tavrot
29. “Bibliya” so’zi yunonchadan tarjima qilganda qanday ma’noni anglatadi ?
A) Kitob B) daftar S) o’qish D) ibodat
Do'stlaringiz bilan baham: |