1.4,6 gr ishqoriy metall suvda eritilganda (n.sh) da 2,24 litr gaz ajralgan bo’lsa, reaksiya uchun qaysi metall olingan.
A) Li B) K C) Na D) Rb
2.KH2PO4•nH2O kristalgidrat tarkibida H ning massa ulushi H-3.49% teng bo’lsa “n” qiymatini toping.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
3.3,2g kalsiy karbiddan qancha hajm asetilen olish mumkin?
A) 1,12 B) 11,2 C) 2,5 D)2,24 E) 3,36
4. Massasi 18g bo’lgan suvning elektr toki ta’sirida parchalanishidan hosil bo’lgan vodoroddan qancha massa vodorod xlorid olish mumkin.
A) 136 B) 1,46 C) 365 D) 73 E) 146
5.48g magniy va 56g temir aralashmasi xlorid kislotada eriganda necha mol vodorod hosil bo’ladi.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 0,5
6.13 g nitrat kislota bilan tarkibida 8g o’yuvchi natriy bo’lgan eritmaning o’zaro ta’siridan qancha (g) natriy nitrat olish mumkin?
A) 9,5 B) 8,5 C) 17 D) 16 E) 15
7.224 g kaliy gidroksidini to’la neytrallash uchun necha mol sulfat kislota sarflanadi?
A)4 B)2 C)1,5 D)2,2
8.Elektronlari soni o’zaro teng bo’lgan CO2 va N2
aralashmasining vodorodga
nisbatan zichligini aniqlang.
A) 13.5 B) 17 C) 36 D) 5.4
9.Kaliy pеrmanganat molеkulasida nеchtadan σ- va π- bog’lar bo’ladi?
А) 5; 3 В) 10; 6 C) 8; 4 D) 4,2
10.Mis va oltindan iborat 25 gr qotishmadagi misning massa ulushi 80 % bo’lsa, unga necha gr oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli qotishmaga aylanadi.
A) 13,5 B) 25C) 20 D)15,5
11. Vodorodning hajmiy ulushi 70 % bo’lgan, vodorod va kisloroddan iborat 55 gr aralashmadagi kislorod og’irligini (gr) hisoblang.
A) 48 B) 16,5 C) 7 D) 38,5
12.3000 ml (5 mol/1) ammiak eritmasiga. (p= 1,0 g/ml) qanday hajmdagi (1, n.sh.) ammiak shimdirilganda 10% li ammiak eritmasi hosil bo'ladi?
A) 66 B) 50 C) 82 D) 70
13.6 g ishqoriy metal oksidi 90 g suvda eritilganda 10 % li eritma hosil bo`ladi. Me–?
A) Li B) Na C) K D) Rb
14.420,75 gr suvda ikki valentli metal gidridi eritilganda 2.24 litr (n.sh)
gaz ajralib, 1 % li eritma xosil bo’ldi. Qaysi metall gidridi ishlatilgan?
A) Ba B) Ca C) Mg D) Sr
15.50 % li sulfat kislota olish uchun 400 gr suvga qo’shish kerak bo’lgan H2SO4 * 0.5 SO3 tarkibli oleumning massasini gr toping.
A) 450 B) 354 C) 754 D) 572
16.23 g oleumni neytrallash uchun 20g natriy gidroksid sarflangan bo’lsa, oleum tarkibini aniqlang.
A) H2SO4 * 0.5SO3 C) H2SO4 * 0.3SO3 B) H2SO4 * 0.4SO3 D) H2SO4 * 0.2SO
17.6% li fosfat kislotasini eritmasining (p=1.5 gr/sm3)molyar konsentratsiyasini xisoblang.
A)0,8 B)0,92 C)1,02 D)0,12 E)1.27
18.A(g) + B(g) = C(g) + D(g) sistemada moddalarning muvozanat xolatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 4, 3, 2, 6 ga teng. Sistemaga B moddadan 1 mol qo’shilgandan keyin, B va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) da hisoblang. Reaksiya hajmi 1 litr idishda olib borildi.
A) 4.75, 6.75 B) 2.75, 2.25 C) 3.75, 6.25 D) 5.25, 7.75
19.SO2(g) + NO2(g) = SO3(g) + NO(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi ma’lum temperaturada 1 ga teng bo’lib, SO2 va NO2 moddalarning boshlang’ich konsentratsiyasi 5 va 6 mol/l bo’lsa, NO2 ning muvozanat xolatdagi konsentratsiyalarini mol/l aniqlang. A) 6.00 B) 2.73 C) 3.27 D) 2.14
20.Kaliy fosfat eritmasida 96 dona ion mavjud bo'lsa, eritmadagi dissotsialanmagan natriy fosfat molekulalari sonini hisoblang (a =30%).
A) 28 B) 56 C) 42 D) 224