Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi.
Ultratovush yordamida payvandlash — ultratovush tebranishlari ta’sirida amalga oshiriluvchi bosim bilan payvandlash. Metallarni ultratovush yordamida payvandlashda ajralmas birikma biriktiriladigan qismlarni nisbatan kichik (mikrosxemalar va yarim o‘tkazgichli asboblar qismlarini biriktirishda nyutonning o‘ndan bir ulushi yoki birligiga teng hamda nisbatan qalin tunukalarni biriktirishda 104 N dan katta bo‘lmagan) kuch bilan siqish va ayni vaqtda tegish (kontakt) joyiga 15—80 kHz chastotali mexanik tebranishlar ta’sir ettirish jarayonida hosil bo‘ladi.
Ultratovush yordamida payvandlashda birikma hosil bo‘lishi uchun zarur sharoit biriktirilayotgan qismlarning bir-biriga tegish joyida mexanik tebranishlar mavjudligi natijasida yuzaga keladi. Tebranish energiyasi murakkab cho‘zilish, siqilish va kesilish zo‘riqishlarini hosil qiladi. Biriktirilayotgan metallarning egiluvchanlik chegarasidan oshib ketganda ularning tegish joyida plastik deformatsiya sodir bo‘ladi. Plastik deformatsiya va ultratovushning ajratuvchi (disperslovchi) ta’siri natijasida turli xil sirtqi pardalar yemiriladi va yo‘qoladi hamda payvand birikma hosil bo‘ladi. Tegish joyidagi harorat odatda biriktirilayotgan metallar erish haroratininig 0,3—0,5 qismidan ortiq bo‘lmaydi.
1.4-rasm. Ultratovush yordamida payvandlash sxemasi:
1 — o‘zgartkich; 2 — to‘lqin o‘tkazuvchi bo‘g‘in;3 — akustik bo‘shatkich; 4 — payvandlash uchligi; 5 — payvandlanayotgan detallar.
Ultratovush yordamida payvand lash-ultratovush tebranishlari ta'sirida amalga oshiriluvchi bosim bilan payvandlash. Metallarni ultratovush yordamida payvandlashda ajralmas birikma biriktiriladigan qismlarni nisbatan kichik (mikrosxemalar va yarim o'tkazgichli asboblar qismlarini biriktirishda nyutonning o‘ndan bir ulushi yoki birligiga teng hamda nisbatan qalin tunukalami biriktirishda 104 N dan katta bo'lmagan) kuch bilan siqish va ayni vaqtda tegish (kontakt) joyiga 15-80 kHz chastotali mexanik tebranishlar ta'sir etirish jarayonida hosil bo'ladi.
Ultratovush yordamida payvandlashda birikma hosil boiishi uchun zarur sharoit biriktirilayotgan kismlarning bir-biriga tegish joyida mexanik tebranishlar mavjudligi natijasida yuzaga keladi. Tebranish energiyasi murakkab cho'zilish. siqilish va kesilish zo‘riqilshlarini hosil qiladi. Biriktirilayotgan metallarning egiluvchanlik chegarasidan oshib ketganda ularning tegish joyida plastik deformatsiya sodir bo'ladi. Plastik deformatsiya va ultratovushning ajratuvchi (disperslovchi) ta'siri natijasida turli xil sirtqi pardalar emiriladi va yo‘qoladi hamda payvand birikma hosil bo'ladi. Tegish joyidagi harorat odatda biriktirilayotgan metallar erish haroratininig 0,3- 0,5 qismidan ortiq bo'lmaydi.
Ultratovush yordamida payvandlash buyumlarning turli elementlarini 0,005 -- 3,0 mm qalinlikda yoki 0,01 - 0,5 mm diametrda bo'lgan c'lchamlarni payvandlash imkonini beradi. Ultratovush yordamida payvandlashning qo'llash sohasi quyidagilardir: yarimokazgichlar, elektronika uchun mikroasbob va mikroelementlar, kondensatorlar, tele, saqlagichlar va boshqalarni ishlab chikishda qo'llaniladi.
Ultratovush yordamida payvandlash bilan kontaktli payvandlash birikmalari singari chokli va nuqtali birikmalarni olish mumkin. Ultra tovush yordamida payvandlash bilan hosil bo'lgan birikmalarni mustahkamlikka hisoblash xudi kontaktli payvandlash oqibitida hosil bo'lgan birikmalarni hisoblash singari bajariladiyu. Ruxsat etilgan kuchlanishlar maxsus tajribalar orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |