1-3- KURS TALABALARINING JISMONIY TARBIAYA DARSINING PEDAGOGIK NAZORAT QILISH
M U N D A R I J A:
KIRISH
I.BOB. ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ДАРСЛАРИДА ПЕДАГОГИК НАЗОРАТ:
1.1. Дарсларнинг тузилиши ва турлари
1.2. Жисмоний тарбия дарсини тахлил қилишнинг намунавий режаси
II. BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
2.1.Jismoniy tarbiya va sportning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati
2.2.Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi pedagogik g‘oyalari
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISh
Yurtboshimizning yoshlar sog‘ligiga yuqori baho berishi bejiz emas. Yoshlar – naslimiz davomchilari, kelajakning bunyodkorlari, jamiyatimiz, O’zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblanadi.
Respublikamiz ilk bor mustaqillik maqomiga ega bo‘lgan tarixiy kundan boshlab jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan hisoblangan jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berila boshlandi. Respublikamizda birinchi bo‘lib «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilganligining o‘ziyoq mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning kelajagi porloq ekanligidan dalolat beradi. Chunki aholisi sog‘lom mamlakatning taraqqiyoti ham, rivojlanishi ham sog‘lom bo‘ladi.
Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999 yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli bajarganlar uchun 3 darajali “Alpomish” va “Barchinoy” nishonlari ta’sis etildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey-kollej o‘quvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Universiada” ommaviy musobaqalarini har ikki yilda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Xalq o‘yinlari va ommaviy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda “Alpomish o‘yinlari” festivali hamda “To‘maris o‘yinlari” o‘tkazib kelinadi.
Jismoniy tarbiyaning keng tarmoqli tizimi: oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bog‘cha yoshidagi), maktab yoshi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol)lar jismoniy tarbiyasini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy o‘quv yurtlarining fakultetlari hamda bo‘limlarida tayyorlanadi. Respublikada 6 ta olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va 369 ta bolalar-o‘smirlar maktabida ham jismoniy tarbiyadan saboq beriladi. “Yoshlik” ko‘ngilli sport tashkiloti, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti, “Dinamo” sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etishga xizmat qiladi.
Haqiqatdan yoshlarni sog‘lom, har taraflama yetuk, ya’ni barkamol avlod etib tarbiyalashda jismoniy tarbiya darslarining ahamiyati beqiyos.
Do'stlaringiz bilan baham: |