F.I.SH_______________________________________________Tel:__________________________
1. 20, 202, 2020, ... sonlar ketma-ketligi qanday qonuniyat asosida yozilgan.
Uning keyingi 3 ta hadini yozing va o‘qing.
2. Santimetr va millimetrlarda ifodalang:
438 mm=
907 mm=
223 mm=
768 mm=
3. AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping.
4. Har ikki qatordagi o‘rtada, qavs ichida yozilgan son ikki chekkada turgan sonlardan ma’lum arifmetik amal yordamida hosil qilingan. «?» belgisi o‘rniga tushirib qoldirilgan sonni yozing:
a) 42 (47) 5 b) 6 (66) 11 d ) 36 (25) 11 e) 48 ( 4 ) 12
31 ( ? ) 8 5 ( ? ) 12 48 ( ? ) 12 100 ( ? ) 5
5. Sentner va kilogrammlarda ifodalang:
a) 2340 kg; b) 75 207 kg; d) 123 320 kg; e) 10 020 kg.
6. a) 7 dan kichik; b) 15 dan katta, lekin 22 dan kichik bo‘lgan barcha sonlarni
sonlar nurida tasvirlang.
7. Sonlar yig‘indisini toping:
d) 5 089, 444, 2 100, 209; e) 40 511, 38 872, 294, 77 062.
8. Yig‘indini toping:
a) 4 • 10000 + 2 • 1000 + 1 • 100 + 9 • 10 + 3 • 1;
b) 4 000 000 + 200 000 + 80 000 + 1 000 + 400 + 80 + 7;
9. 1 litr suvning massasi 1 kg ga teng. 1 litr benzinning massasi esa undan 270 g kam. 1 litr benzinning massasi qancha?
10. Harfli ifodaning qiymatini toping.
a) (19 - 7b) + (9b - 8), bunda b = 1; 2.
b) (5a - 3) + (8a + 16), bunda a = 1; 2; 3.
11. Botir bir son o yladi. Agar unga 74 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana 21 qo‘shilsa, 142 hosil bo'ladi. Botir qaysi sonni o'ylagan?
12. Ifodaning qiymatini toping:
b) 999 + 999 + 777 + 777 + 777;
e) 1289 + 53 + 53 + 53 + 53 + 1289.
13. Tenglamani yeching:
a) 555 : x = 37; e) 107 • x = 4815;
14. Yig ilgan 770 t bug‘doy hosilini temiryo‘l orqali un zavodiga tashish kerak. Har bir yuk vagoniga 60 t bug‘doy sig‘adi. Hosilni zavodga tashish uchun nechta yuk vagoni kerak bo‘ladi? Oxirgi vagonga qancha bug‘doy yuklanadi?
15. Tenglamani yeching:
d) 59p - 19p + 125 = 565; e) 58d + 37d + 212 = 972.
16. Tenglamaning ildizini toping: x • x = 121.
17. 7 hissa suvga 2 hissa tuz qo‘shib aralashma hosil qilindi. 18 kg
aralashma hosil qilish uchun qancha tuz kerak bo‘ladi?
18. Tomorqadan birinchi kuni 126 kg, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 36 kg
kam qulupnay terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 53 kg ko'p
qulupnay terib olindi. Uch kunda jami necha kg qulupnay terib olindi?
19. Tomorqadan 924 kg kartoshka yig‘ib olindi (2-rasm). Shuningdek,
tomorqadagi kartoshkadan 3 marta kam sabzi va sabzidan 318 kg ko‘p
karam yig‘ib olindi. Tomorqadan qancha karam hosili olingan? Karam ko‘p
yig‘ilganmi yoki kartoshka? Necha kg ga ko‘p?
20. 9-rasmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi hovli haqidagi ma’lu- motlardan foydalanib, uning bino- dan tashqari bo‘lagining yuzini toping.
21.
22. Velosipedchi 4 soatda 64 km yurdi. Mototsiklchi tezligi velosipedchi tezligidan 25 km/h ortiq. 3 soatda mototsiklchi qancha masofa bosib o‘tadi?
24. Bir bazadan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda ikki chang‘ichi yo‘lga chiqdi. Birining tezligi 11 km/h, ikkinchisiniki 12 km/h ga teng. Necha soatdan so‘ng ular orasidagi masofa 46 km ni tashkil qiladi?
25.
26. Siniq chiziqning birinchi bo‘g‘ini 13 cm, ikkinchi bo‘g‘ini birinchi bo‘g‘inidan 4 cm uzun, uchinchi bo‘g‘ini esa 7 cm qisqa. Siniq chiziq uzunligini toping.
27. Daftaringizga olti bo‘g‘inli siniq chiziq chizing. Ularni belgilang va bo‘g‘inlari uzunliklarini o‘lchab yozib chiqing. Siniq chiziqning uzunligini toping.
29.
30.
Do'stlaringiz bilan baham: |