37-48-testler. So’ngi to’fon. O’gay ona. (Ahmad Lutfi Qozonchi):
37. Kunlardan bir kuni berkinmachoq o’ynayotgan Odila nima uchun dadasining emas, onasining yoniga borib yashirinadi?
A) dadasi uni urgani uchun
B) dadasi unga baqirgani uchun
C) dadasidan tamaki hidi kelgani uchun
D) onasini qattiq yaxshi ko’rgani uchun
38. Ko’chada bir ayol Xusaynga “Fotima sening haqiyqiy onang emas, sening haqiyqiy onang Xayriya. Agar menga ishonmasang Fotimaning shu yeriga e’tibor ber, u senikidek emas”-deydi. “U” haqiyqatdan ham Fotima bilan Xusaynda bir xil emas edi. Diqqat savol: bu yerda gap nima haqida ketmoqda?
A) ko’z B) soch
C) teri D) yuz
39. Samihani 3 oylik paytida bilmasdan o’ldirib qo’yishiga bir bahya qolgan personaj qaysi?
A) Odilbek B) Odila
C) Fotima D) Xusayn
40. Xusayn va uning do’stlari kichkina bir kutubxona tashkil qiladi. Diqqat savol: aslida bu pullar ularga nimaga sarf qilishi uchun berilgan edi?
A) nonushtaga B) tushlikka
C) kiyimga D) biletga
41. Xusayn diniy kollejning 4-bosqichini tamamlayotganida diplom ishini qaysi mavzuda yozadi?
A) momula madaniyati
B) ota-onaga hurmat
C) kiyinish madaniyati
D) savdo-sotiq qoidalari
42. Ayrim vaqtlarda Fotimaning dadasi nima sababdan imkoniyati bor bo’lishiga qaramasdan, kechqurungi nomozni masjidga bormasdan uyida o’qir edi?
A) qizlarini yolg’iz qoldirmaslik uchun
B) nomahramlarga ko’zi tushmasligi uchun
C) og’zidan badbo’y hid kelib turgani uchun
D) nomahramlar uyga kirib ketmasligi uchun
43. Asar yakunida Fatima jami nechta yetim farzandning onasi bo’ladi? (kuyovlar hisobga o’tadi)
A) 2 B) 3
C) 4 D) 5
44. Eshikdagi yozuv bilan dialog:
- Bu yerga sharaf bilan kirib, undan ayrilib chiqasan?
- Bilaman.
- Ichkarida hech qanday mehr, ezgulik, yaxshilik degan tushunchalar yo’q?
- Mayli.
- Bu yerga bir kirgandan keyin orqaga avvalgiday qaytolmaysan?
- Roziman.
- Xotiningga, farzandlaringga, achinmaysanmi?
- Achinmayman.
- Bularni hammasini bilar, tushunar ekansan unda mayli kir!
Savol: bu savollar qay yerga kirish eshigida yozilgan bo’lishi mumkin?
A) qamoqxona B) mozor
C) qabriston D) mayxona
45. Xasanga o’qituvchisi nima sovg’a qiladi-yu, otasi uni ham qimorda yutqazib qo’yadi?
A) portfel B) etik
C) kitob D) albom
46. Yangi kelgan o’qituvchining Xasanga bergan qaysi savoliga Xasan emas Qag’an javob beradi?
A) “otang nima ish qiladi?”
B) “otangni ismi nima?”
C) “otang hozir qaerda?”
D) “otang seni uradimi?”
47. Tursun qamoqqa tushib qolganiga bir tomondan quvonadi. Diqqat savol: nima uchun?
A) bepul 3 mahal ovqat bor
B) bu yer uylaridan ancha issiq
C) mirshablardan yashirinib yurishdan juda charchagan edi
D) ustasi farang o’g’rilardan yangi usullarni o’rganmoqchi bo’ladi
48. Kunlardan bir kun, Tursun o’gli va kelinining uyini qulflayotganini ko’rib, ularga uyni qulflamasdan ham bemalol ketishi mumkinligini, baribir ularning uyiga o’g’ri tushmasligini aytib ularni ishontiradi. Diqqat savol: u nimaga asoslanib bunday deydi?
A) uyida qimmatbaho narsa yo’qligiga shama qilib
B) o’zi qishloqdagi o’g’rilarning sardori ekanligiga asoslanib
C) qishloqda o’zidan boshqa o’g’ri yo’qligiga asoslanib
D) o’g’ri yashaydigan uyga o’g’ri tushmaydi degan kasb qoidasiga asoslanib
Do'stlaringiz bilan baham: |