Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ergashgan qo’shma gap haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.132-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I .1-topshiriq. qolipi asosida qo’shma gap tuzing.
shuki,
Niyatim shuki,Vatanda doim tinchlik hukmron bo’lsin.
II.Bilib oling:
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.
Kesim ergash gap bosh gapga ko’rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
138-mashq:Ko’chiring.Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1.Endi sizlarga muborak topshiriq shuki,har biringiz alohida –alohida ketasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |