Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Nutq uslublari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.219-mashq-uyga vazifalar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I..1-,2-topshiriq:Matnni o’qish va matn qaysi uslubga xosligini ayting:
Shoshilish zo’riqishga olib keladi.Qadamingni o’rinsiz tezlashtirsang,qoqilib ketishing mumkin.Qo’l harakatingga zo’r bersang,uni bunga urishtirib yuborishing,tilingni shoshiltirsang,nokerak gapni aytib qo’yishing ,aqlingni shosirsang,xom xulosalarga kelib qolishinging mumkin.-Publisistikuslub.
II.Bilib oling:Ommaviy axborot vositalari uslubi publisistik uslub sanaladi.Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo’lib,soddalik,tushunarlilik,adabiy til meyorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publisistik uslubning ham og’zaki va yozma shakllari mavjud.Radio-televideniyapublisistik uslubning og’zaki shakliga,gazeta,jurnal uslubi esa yozma shakliga xosdir.
220-mashq:Matn qaysi uslubga xosligini va muhim jihatlarini ayting:
Bahor…Bu kun olam yonmoqda.Ana,yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlqb bosh ko’tarmoqda…-Publisistik uslubga xos
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.221-223-mashqlar ustida ishlash:
222-mashq:Matnning qaysi uslubga xosligini ayting:
Vatan,istiqlol,ma’naviyat…bu so’zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so’zlardir.Agar insonda bu so’zlarning birontasi yo’q bo’lsa,hayotning qayeridir kemtik bo’lib qolaveradi…-Publisistik uslub
Matn oddi so’zlashuv uslubiga xos.
II.O’yin:”Intervyu”-bir kishi journalist bo’ladi,bir mavzu asosida bir necha kishidan intervyu oladi .
III.Maqola yozish:”Muhammad Yusuf-vatan kuychisi”-maktabda tashkil etilgan tadbirlar asosida.
IV.Test sinovi:
1.Ommaviy axborot vositalari uslubi
A.Axborot uslubi B.Publsistik uslub C.Rasmiy uslub D.Ilmiy uslub
2.Publisistik uslubga xos jihatlar:
A.Soddalik,tushunarlilik B.Ta’sirchanlik,adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish
C.Ava B javoblar D.Erkinlik,ta’sirchanlik,obrazlilik
3.Publisistik uslub qandauy ko’rinishlarda bo’ladi?
A.Oddiy va adabiy B.Oddiy va badiiy
C.O’g’zaki va yozma D.Axborot matni va matbuot matni
4.Publisistik uslubning og’zaki shakli
A.Radio-televideniye B.Gazeta va jurnal
C.A va B javobalar D.Intervyu,maqolalar
5.Publisistik uslubga xos gapni belgilang:
A.Muhammad Yusufga atalgan tadbir shoir she’ri asosida yaratilgan ajib kuy bilan boshlandi.
B.Yet tortish kuchiga ega.
C.Axmoq bo’lmasang,shu ishni bemaslahat qilasanmi?
D.Vodiylarni yayov kezganda,Bir ajib hs bor edi manda.
Javoblar:1.B 2.C 3.C 4.A 5.A
Uyga vazifa:225-mashq:Maktabingiz hayoti haqida gazetaga maqola yozing va uslubiy belgilarini aniqlang:
Prezident asarlari bilimdoni
Yaqinda “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi.Bunda maktabimizning eng iqtidorli va bilimdon o’quvchisi…………….. ishtirok etdi.Har bir ishtirokchi President asarlarini qay darajada o’zlashtirgan,bu asarlarning mazmun-mohiyati haqida chuqur bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar.Ko’rik-tanlov bahs- munozaralarga boy bo’ldi…
Har bir o’quvchi bu ko’rik-tanlivda 4 ta shart bo’yicha bellashdilar……………….. yana bir bor yuksak iqtidor egasi ekanligini ko’rsatib,barcha raqiblarni yengib,faxrli I o’rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |