Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi ishiga va o‘quvchilarga mehr-muhabbatni uzviy bog‘lay olsa, u haqiqiy yetuk o‘qituvchidir. Kelajak oldidagi javobgarlikni his etish, ongli intilish bilan bolalarga bo‘lgan ulkan muhabbatni uzviy tarzda bog‘lay olgandagina pedagogik mahorat shakllana boradi.Yurtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |