1- zal chor Rossiyasi Bosqini davri (1968-1920 yillar)



Download 75,59 Mb.
bet1/7
Sana21.06.2022
Hajmi75,59 Mb.
#689699
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11музейнинг 3 та залнинг тарихи


1- zal
CHor Rossiyasi Bosqini davri (1968-1920 yillar)
BuxDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi 2018 yil 18 mayda tashkil etilgan. Bu muzey uchta zaldan tashkil topgan. Birinchi zal CHor Rossiyasi bosqini davri (1868-1920yy), ikkinchi zal SHo‘rolar davri (1920 -1991 yy), uchinchi zal Mustaqillik davri (mustaqillik davri).Muzeyga kiraverishda jadidchilik harakatining namoyondalarining suratlari va ikkinchi tomonda “Buxoro : kecha va bugun” nomli ekspozitsiya joylashgan. Birinchi zal O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi ekspozitsiyasi bilan boshlanib Buxoro Xalq SHo‘rolar Jumhuriyatining tashkil topishi nomli ekspozitsiyasi bilan tugallanadi.

Birinchi ekspozitsiya O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi bilan boshlangan.
Bizga ma’lumki, XX asrning o‘rtalariga kelib, Turkiston hududidagi Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarshi katta xavf paydo bo‘ldi. O‘lkaning qulay geografik joylashuvi, tabiiy iqlimi, ulkan iqtisodiy salohiyati, moddiy va ma’naviy boyliklariga egalik qilishni ko‘zlagan CHor Rossiyasi o‘z mustamlakachilik rejalarini harbiy yo‘l bilan amalga oshirishga kirishdi. Imperiya hukumati O‘rta Osiyoni egallash orqali nafaqat iqtisodiy manfaatlarni, balki uzoqni ko‘zlagan strategik maqsadlarni ham rejalashtirgan edi.
X1X asrning 20-yillariga kelib Angliyada ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tug‘dira boshladi. Buyuk Britaniya Afg‘oniston, Eron va O‘rta Osiyo hududlariga bo‘lgan davolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay 11 davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy ta’siri kuchayib bordi. 1834 o‘zbek xonliklariga olib boruvchi yo‘l chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qo‘rg‘oni (Mang‘ishloq shahri) barpo etildi. 1839 yil oxiri 1840 yil boshlarida Orenburg general- gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi muvaffaqiyatsiz qishki harbiy yurish uyushtirdi. 1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirg‘og‘ini zabt etdi va Rahim (Kazalinsk shahri) qo‘rg‘oniga asos soldi. „Nikolay“ va „Konstantin“ paroxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qo‘qon xonligiga qarashli Kumushqo‘rg‘on, CHimqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on, Oqmachit (Qizil O‘rda) qal’asi, keyinchalik hududida Verniy qo‘rg‘oni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida O‘rta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ikkincha ekspozitsiyada XX asrga oid Buxoro vohasida yashaydigan ayollarga xos bo‘lgan kamzul namoyish qilingan.Bu kamzul bilan birgalikda katta ro‘mol, ayollar maxsisi va qo‘lda tikilgan shoyi dastro‘mol ekspozitsiyadan keng o‘rin olgan.



Iyun oyi boshida Buxoro amirining 30 mingga yaqin kishilik qo‘shini Zirabuloq tepaligida joylashib oldi. Ularga qarshi ikki minglik rus piyoda va otliq askarlari kurash olib bordi. Jang 2-iyun kuni erta tongda boshlandi. Buxorolik piyoda askarlar tepalik etagida, to‘plar esa tepalik ustida joylashgan edi. Birinchi zarbani ruslar berdi. Rus piyodalari hujumga o‘tarkan, ortidan snaryadlar yog‘dirildi, natijada, buxoroliklar katta yo‘qotishlarga uchradi. Rus artilleriyasi hujumiga bardosh bera olmagan buxoroliklar chekina boshladi. Ularning ortidan kazak birliklari etib borib qilichdan o‘tkaza boshladi.
Ammo buxoroliklar yana o‘zlarini tiklab oldi va qarshi hujumga o‘tdi. Aksiga olib ushbu qarshi hujum tartibsiz ravishda amalga oshirildi. 280 kishilik rus otryadi o‘rab olinganiga qaramasdan, etib kelgan yordam tufayli ruslar hujumni yana qaytardi. Aynan shu jangda ishtirok etgan rassom N.N. Karazin jang davomida qilichini sindirib qo‘ydi. Keyinchalik, Kaufman uni jangdagi qahramonliklari uchun “Mardlik uchun” Georgiy lentasi bilan taqdirladi.
Rus artilleriyasining tinimsiz o‘q yog‘dirishi natijasida amir qo‘shinlari tor-mor etildi. Askarlar o‘ldi. Amir esa 200 nafar sodiq navkari va bir necha ming kishilik otryadlari bilan Buxoroga chekinishga majbur bo‘ldi. Bu paytda esa Samarqandda ruslarga qarshi qo‘zg‘alon yuz berdi. SHahrisabz va Kitob begi Bobobek 40 ming kishilik qo‘shin bilan Samarqandni qamal qildi. Bu xabarni eshitgan Kaufman Samarqandni qo‘ldan chiqarishni istamadi va Samarqandga qaytishga majbur bo‘ldi. Samarqand qo‘zg‘aloni bostirildi va jazo sifatida shaharga o‘t qo‘yildi.
1865-yil Qo‘qon xonligiga tegishli Toshkent ruslar tomonidan egallandi. Toshkentni qaytarib olishga kelayotgan Buxoro amiri yo‘ldan qaytishga majbur bo‘ldi, ammo Toshkentning ruslar qo‘lida qolishiga rozi bo‘lmadi. YUqorida bo‘lib o‘tgan voqelardan keyin 1866-yil 30-yanvar kuni CHernyaev 14 ta piyoda otryadlari, oltita kozak guruhlari, 16 ta to‘p bilan Sirdaryoni kesib o‘tib, Buxoroga qarab yurdi. Ammo Samarqandga 25 milya qolganda sahroda qolib ketdi va ortga qaytishga majbur bo‘ldi.
Ushbu muvaffaqiyatsizlik buxoroliklarni ruhlantirdi va amir Muzaffar ruslardan Toshkentni bo‘shatib qo‘yishni so‘radi. Rad javobi olingach, shu yili may oyida 40 ming kishilik qo‘shin bilan Sirdaryo bo‘yiga etib keldi. Ikki o‘rtada Erjar darasida jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Buxoro qo‘shini ruslar artilleriyasi qarshisida ojiz qoldi va jang maydonini tashlab qochishga majbur bo‘ldi. Bu ruslar va Buxoro amiri qo‘shinlari o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv edi. Ushbu g‘alabadan keyin ruslar to‘g‘ri Samarqand va Buxoroga qarab yurishlari mumkin edi. Ammo buning ortidan kelib chiqadigan katta qarshilikka qarshi tura oladigan darajada emasligi sababidan CHernyaev o‘z vaqtini kutishga qaror qildi. 21-may kuni esa Xo‘jand shahri egallandi.
Buxoro amiri rus ofitserlarini ozod qilgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, tushkunlikka tushmadi va jasurligini yo‘qotmadi. Ruslarni har doimgidek dushman sifatida ko‘rishda davom etdi. Ruslar esa qanday qilib bo‘lmasin Buxoroni bo‘ysundirishga bel bog‘ladi. 1866-yil 2-oktyabr kuni O‘ratepa qal’asi egallandi. O‘ratepa qo‘ldan ketgach, Buxoro amirligi qo‘lida Sirdaryo bo‘yida faqatgina Jizzax qoldi.
Jizzax ham shu yilning 18-oktyabr kuni ruslar tomonidan egallandi. SHaharni mudofaa qilgan 11 ming buxoroliklardan olti ming kishi halok bo‘ldi. Ruslardan esa 98 kishi o‘ldirilgan. 11 ta bayroq va 43 ta to‘p ruslar tomonidan o‘lja sifatida egallangan.
SHunday qilib, Buxoro amiri Sirdaryo bo‘yidagi muhim istehkomlaridan mahrum bo‘ldi va ruslar uchun Samarqandga yo‘l ochildi. 1868-yilning bahorida Kaufman Buxoro amiriga tinchlik sulhi taklif qildi. Ammo amir bu taklifni qabul qilmadi va ruslarga qarshi g‘azot e’lon qildi. Katta qo‘shin to‘plash maqsadida Xiva, Qo‘qon, Qoshg‘ar, Afg‘oniston, Usmonli va hatto inglizlarga ham yordam so‘rab elchilarini yubordi. Samarqand yaqinida 60 ming kishilik qo‘shin to‘plandi. SHuningdek, Jizzax yaqinida ham buxoroliklar bo‘linmalari to‘plandi. Uhum yaqinida Buxoro qo‘shini mayor Grippenberg bo‘linmasiga zarba berdi, ammo katta yo‘qotish bilan chekinishga majbur bo‘ldi.
1868-yilning may oyining birinchi kunida CHo‘ponota tepaligida Buxoro amiri hamda Kaufman kuchlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda Kaufmanning qo‘li baland keldi va Buxoro amiri chekinishga majbur bo‘ldi. 2-may kuni rus qo‘shinlari Samarqand shahriga kirib bordi. Kaufman Abramov va Golovchevning ikki otryadi bilan amir qo‘shinlarini ta’qib etishda davom etdi. 12-may kuni Abramov bo‘linmasi Urgutni egalladi. Urgutni himoya qilgan 6 ming kishilik Husayn bek odamlari qarshiligi sindirildi. 18-may kuni Golovchev otryadlari Kattaqo‘rg‘on bo‘sag‘asida janglar qildi. 27-may kuni Abramov Qoratepa yaqinida Hojibeyning 15 ming kishilik korpusini mag‘lub etdi. Ikki kundan keyin esa Kattaqo‘rg‘on ostonasida Usmonbeyning korpusi tor-mor etildi.

Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bosib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab, 4 mingdan ziyod askardan iborat harbiy otryad to‘pladi va 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi, biroq uning amir Muzaffar qo‘shinini Samarqandga to‘plagan, deb qilgan taxmini tasdiqlanmadi.


Buxoro qo‘shinlari CHo‘ponota tepaligida yaxshi o‘rnashib olgan edi. Samarqandga olib boruvchi uchala yo‘l ham, shuningdek, Zarafshon kechuvi ham buxoroliklar tomonidan to‘pga tutildi. 1868-yil 1 -mayda Kaufman tepalikka hujum qilishni buyurdi. Podsho armiyasi askarlarini Buxoro sarbozlari miltiq va to‘pdan tinmay o‘qqa tutib turganiga qaramay, Zarafshon irmog‘idan ko‘krak qadar suv kechib, CHo‘ponota tepaligiga jadal ko‘tarila boshlashdi. Ular shunchalik jadal qamrab kelardiki, sarbozlar chekinishga majbur bo‘ldilar. Buxoro qo‘shinining ilg‘or jangovar qismi tor-mor qilindi.



Bu ekspozitsiyada XX asrga oid bo‘lgan ayollar ko‘ylagi namoyish qilingan. Ko‘ylak bilan birga oq gulli ro‘mol, shoyi dastro‘mol,qo‘l mehnatida tikilgan kashta sochiq o‘rin olgan.

Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligining imperiya qo‘shinlari egallab olgan hududlarida 1865 yilda Turkiston viloyati, 1867 yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tuzildi. Bu hududda harbiylashtirilgan mustamlaka boshqaruvi joriy etildi.
1868 yilda Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan sulh shartnomasiga ko‘ra, amirlik siyosiy mustaqillikdan mahrum etildi va qaram o‘lkaga aylantirildi.
Zirabuloqdagi mag‘lubiyatdan so‘ng amir Muzaffar ruslarning og‘ir shartlar asosidagi sulh shartnomasini imzolashdan boshqa chora topolmadi. 1868 yilning 28 iyun kuni mazkur shartnoma imzolandi. SHartnoma Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman hamda Buxoro elchisi Musabek tomonlaridan imzolandi. SHartnomaga ko‘ra, Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand shaharlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgani belgilandi va bundan buyon bu shaharlar Rossiya shaharlari sifatida yuritila boshladi.

Amir 125 ming tillo tanga (500 ming rubl) miqdorida kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi. SHuningdek, rossiyalik savdogarlar amirlik hududida erkin savdo qilish huquqini va musulmon savdogarlar bilan bir xil savdo bojlarini to‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Rossiya tovarlariga 2,5 foiz miqdorida boj belgilandi. Rossiya fuqarolarining amirlik hududida erkin harakatlanishlari kafolatlandi. Samarqand va Kattqo‘rg‘on shaharlari Rossiyaga vaqtinchalik berildi.

Ammo ushbu shartnoma Aleksandr II tarafidan ratifikatsiya qilinmadi. 1873 yilda Toshkentda Kaufman, SHahrisabzda amir Muzaffariddin tomonidan imzolangan SHahrisabz shartnomasiga muvofiq Buxoro rasman Rossiya protektoratiga aylandi. Amalda esa 1868 yildan Buxoro amirligi Rossiya protektorati bo‘lib kelayotgan edi. SHuningdek, shartnomaga muvofiq Samarqand va Kattqo‘rg‘on shaharlari bundan buyon Rossiya imperiyasining «ajralmas» qismi sifatida e’tirof etildi.

SHunday qilib, bir paytlar Sibir xonlarini tayinlagan Buxoro Rossiya vassaliga aylandi va bu 1917 yilgi fevral inqilobigacha davom etdi. Buxoro yana 1917 yildan boshlab yana uch yil mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘ldi. Keyin esa… YAxshisi buni keyinroq o‘qiymiz…



O‘lim jazosini bekor qilgan, eng oliy generallik unvoni – kavaleriya generali darajasiga erishgan ilk o‘zbek amiri
Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori amir Olimxon haqida ko‘p gapiriladi. Uning ulkan xazinasi taqdiri ko‘plab kishilarni hali-hamon qiziqtirib kelmoqda. SHuning uchun ham amirlar orasida eng ko‘p tilga olinadigani ham Olimxon.
Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Amir Olimxon haqida ko‘p gapiriladi. Uning ulkan xazinasi taqdiri ko‘plab kishilarni hali-hamon qiziqtirib kelmoqda. SHuning uchun ham amirlar orasida eng ko‘p tilga olinadigani ham Olimxon.
Biroq Amir Olimxonning otasi Abdulahadxonning taqdiri ham qiziq tarixiy voqealarga boy. U amirlar ichida o‘zining islohotlari bilan ajralib turadi. SHuning uchun bu galgi maqolada ushbu amir haqida hikoya qilishni lozim topdik.
ROSSIYA TASDIQLAGAN TAXT VORISI
1860–1885 yillarda hukmronlik qilgan Buxoro amiri Muzaffar hukmronligining oxirgi yillarida o‘zining beshinchi o‘g‘li Abdulahadni taxt merosxo‘ri deb e’lon qildi va Rossiya imperatori Aleksandr Aleksandrovichning taxtga o‘tirish marosimi tantanasida qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natdi. U erda Abdulahad haqiqiy taxt vorisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda keyinchalik imperator Aleksandr III Amir Muzaffarga yozma ravishda bildirdi.
Imperatorning qabulida bo‘lgan Abdulahad bir necha bor maxfiy yig‘ilishlarda qatnashdi. SHunday yig‘ilishlardan birida unga 21 punktdan iborat rasmiy hujjatga imzo chektirdilar.
Unda Buxoro amirligi hududidan temiryo‘llar, telegraf o‘tkazish, cherkov qurish, rus savdogarlariga, fuqarolariga binolar, er maydonlari sotib olish uchun ruxsat berish masalalari qayd etilgan edi. Oxir-oqibat uning davrida Rossiyaning Buxoroga ta’siri sezilarli darajada oshdi.
Amir Muzaffar 1885 yili vafot etdi va Buxorodagi Eshoni Imlo mozorida dafn etildi. U 25 yil Buxoro taxtida hukmronlik qildi.
Amir Muzaffarning jami 14 nafar o‘g‘li bo‘lgan. Ulardan ba’zilari amir hayotligida vafot etgan. Birinchi o‘g‘li – Abdumalik to‘ra otasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targani uchun chet elga qochib ketdi. YAna bir o‘g‘li esa doimiy ravishda garov sifatida Rossiyada istiqomat qildi.
1885 yil avgustda Amir Muzaffar o‘z hududini aylanib yurganda, Qarshida “yuqumli bezgak” kasaliga chalindi. U o‘z yo‘lini davom ettirmay, Buxoroga qaytdi. O‘zining shahardan tashqaridagi qarorgohi – SHirbudunga kelib, u erda deyarli 2 oy bo‘ldi. 28 sentyabrda kasal yana qayta xuruj qildi.
Amirga yaqin bo‘lgan Ostonaqulbiy va Muhammadbiy qo‘shbegi amirning ahvolini ko‘rib, uni Buxorodagi Arkka olib kelishni lozim topishdi. U 1885 yil 31 oktyabrda Arkda dunyodan ko‘z yumdi.
PETERBURG SAFARIDAGI SOVG‘ALAR
Amir sayohat qilishni juda yaxshi ko‘rardi. Abdulahadxon to‘rt marotaba Rossiyaga safar qilganini kundalik sifatida yozib qoldirgan.
Amir Abdulahadxon Moskva va Sankt-Peterburgda bir necha marta bo‘lgan. U 1893 yili Rossiya imperiyasining o‘sha vaqtdagi poytaxti – Sankt-Peterburgga o‘z o‘g‘li Olimxonni ham olib bordi.
Keyinchalik imperator Nikolay IIning taxtga chiqish marosimida va so‘nggi marta o‘z o‘limidan oldin Sankt-Peterburgga Buxoro taxtiga o‘tirganining 25 yilligini nishonlashga bordi.
Har yozda Abdulahadxon Kavkazda, yoki Qrim va YAltadagi o‘zi qurgan qasrda dam olardi. U qurdirgan qasr o‘rnida sovet davrida “O‘zbekiston” sanatoriyasi bo‘lgan.
Amir Abdulahadxon Rossiya imperatori marhamati va iltifotiga erishish yo‘lida barcha vositalarni ishga solgan. Natijada dastlab “zoti oliylari”, so‘ng “hazrati oliylari” maqomiga ko‘tarilgan. Imperatorning mulozim generali – general-adyutant, eng oliy generallik unvoni – kavaleriya generali darajasiga erishgan. Imperiyaning birinchi ordeni – Aleksandr Pervozvannыy kavaleri bo‘lgan.
Abdulahadxon ham Rossiya imperatorini ordensiz qoldirmagan. Imperator Aleksandr III (1881–1894) sharafiga sof oltindan “Iskandar” ordenini ta’sis etib, uni rus podshosiga taqdim etgan.
Bundan tashqari u Peterburg kiborlari doirasida o‘zining sovg‘a-salomlari va quyuq ziyofatlari bilan katta e’tibor qozongan. Amirning qimmatbaho hadyalarini imperator Nikolay II (1894–1917), harbiy vazir general Aleksey Kuropatkin (1898–1904) va hatto reviziya komissiyasi raisi graf, senator K. Palen ham mamnuniyat bilan qabul qilgan.
Romanovlar sulolasining 300 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley tadbirlarida Buxoro xazinasidagi o‘nlab nodir qo‘lyozmalar imperatorga hadya qilingan.
1906 yilning 10 noyabridan 22 dekabrigacha davom etgan Peterburg safarida Abdulahadxon rus imperatori Nikolay II ga sovg‘a sifatida 16 ta jihozlangan ot olib borib, imperatordan o‘zi va delegatsiya a’zolariga rus orden va medallarini olgan.
TO‘QSON YOSHLI SARBOZLAR
Tarixchi YUnus SHukurillaevning “Buxoro amirligida qo‘shin va harbiy ish (1756–1920)” nomli dissertatsiyasida amir Abdulahadxon davridagi harbiy holat haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Ularga biroz to‘xtalsak. Buxoro amiri Abdulahadxon yuqorida qayd etilganidek, Rossiya imperiyasi imperatorining harbiy lavozimli kishisi hisoblangan.
U Amir Muzaffar vafotidan so‘ng sarbozlar sonini ikki ming nafarga qisqartirgan. Uning davriga kelib sarbozlarning qurol-yarog‘lari bilan uylariga ketishlariga ruxsat berilmagan.
Buxoro sarbozlarining shim va mundiri ikki yilda bir bor almashtirilgan. Oyoq kiyimni har bir sarboz o‘zi bilan olib kelishga majbur bo‘lgan. Amir Abdulahadxon davriga kelib, harbiylarga ikki yilda bir juft etik ham beriladigan bo‘ldi.
Buxoro sarbozlari dastasi zarxarid (pulga sotib olingan) qullardan tuzilgan bo‘lib, ular umrlarining oxirigacha harbiy xizmat o‘tashlari majburiy bo‘lgan. Qul askarlar alohida o‘nliklarda xizmat qilishgan. Amir Abdulahadxonning 1886 yilgi farmoniga muvofiq, boshqa qullar kabi ular ham ozodlik vasiqalarini (hujjatlarini) olish imkoniga ega bo‘lganlar.
To amir Abdulahadxon hukmronligi davrigacha harbiy xizmatning umrbodligi, sarbozlar orasida hattoki, 90 yoshli xizmatchilar mavjudligi tarixiy fakt hisoblanadi. Abdulahadxon hukmronligi davrida sarbozlarning harbiy xizmatni 60 yoshgacha o‘tashi belgilab qo‘yildi.
U rus asirlaridan qabul qilingan sarbozlarni deyarli ozod etdi. Bundan tashqari, uning davrida keksaygan, kasalmand sarbozlarni qo‘shin tarkibidan ozod etish ishlari ancha jonlandi.
1895 yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yo‘lga qo‘yildi. Biroq Amir Abdulahadxon o‘z hududida sodir bo‘layotgan qonli kurashlar, xalq noroziliklarini bostirishda aksariyat hollarda bosqinchilar madadiga tayandi.
Bu ekspozitsiyada Mang‘itlar sulolasining hukmdorlari va Qushbegilarning suratlari aks ettirilgan. Mangitlar - Buxoro amirligini 1756 - 1920 yillarda boshqargan so‘nggi sulola. Uning vakillari mangit qabilasiga mansub bo‘lgani uchun, sulola shunday nomlangan. Ashtarxoniylar sulolasi o‘rniga kelgan Muhammad Rahimxonning 1756 yil 16 dekabrda taxtga rasman o‘ t i r i sh i bilan mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlangan. Mang‘itlar sulolasi vakillari: Doniëlbiy otalik (1758 1 85), amir SHohmurod (1785 - 1800), amir Haydar (1800 10), amir Nasrulloxon (1826 - 1 50), amir Muzaffarxon (1860 - 385), amir Abdulahadxon (1885-1900), amir Olimxon (1910-1920). Amir Muzaffarxon davrida Buxoro amirligi chor Rossiyasi tomonidan istilo etildi. Amir Abdulahadxon va amir Olimxon hukmronligi davrida Rus podsho hukumatining mavqei mustahkamlandi. 1920 yilda Frunze boshchiligidagi Buxoro bosqinidan keyin Buxoro Xalk Sovet Respublikasi tashkil topgach, mang‘itlar sulolasi tugatildi.

XIIX asr – XX asr boshlarida badavlat oilalardagi Buxoro ayollari asosan zarli kashta bilan qoplangan kultapushakni kiyishgan. Bu yumaloq va yumshoq qalpoqcha bo‘lib, orqasidagi uzun xaltachasimon to‘rtburchak shaklidagi kokil ustiga sochlarini o‘ztkazishgan. Uning tepasidan ro‘mol tashashgan. Ro‘mol ustiga tilla kashta bilan tikilgan o‘simliklar hamda geometrik shakllar tasviri tushgan peshonabandni o‘rashgan, uning tepasidan esa tilla rang bilan tikilgan ipak ro‘mol tashashgan.

Kultapushakning barcha qismlari – tasma, taglik va kokilusti albatta tilla rang kashta bilan bezatilgan. Tilla rang kashta asosan gulli bo‘lgan va geometrik shakllar kamroq ishlatilgan.


Bu bosh kiyimlari XX asrga oid bo‘lib bugungi kunda kultapushakni Buxoro vohasida ayollar sallabandon marosimida kiyishadi.

19 asr oxiriga tegishli uy ro‘zg‘or buyumlari. Urchuq, jun taraydigan moslama, sut saqlaydigan idish, sopol ko‘zachalar,kashtada tikilgan yostiq jildi kabi eksponatlar keng o‘rin olgan.



Bu vitrinada XX asr boshlariga oid bulgan buyumlar sopol ko‘zachalar, temir kalit, 1910 yilda Rossiyaning Kuznetsov va Gardner fabrikasidan keltirilgan kosalar namoyish etilgan.

Bu vitrinada X1X asr Buxoro vohasida kundalik turmush uchun kerakli bo‘lgan buyumlar: sopol lagan, xompo‘sh, mis oftoba, sopol kosa va piyola,yog‘och qoshiqlar, dasturxon namoyish qilingan.

Ma’rifatparvarlar nafaqat yangi usuldagi maktablari ochish, balki xalq orasida ilm-ma’rifat tarqatish, uning ongini o‘stirish uchun noshirchilik ishini yo‘lga qo‘yish, jumladan, milliy ruhdagi ko‘plab gazeta va jurnallar tashkil etishga ham katta e’tibor qaratdilar.
1906 yilda Ismoil Obidov muharrirligida “Taraqqiy”, Munavvar qori Abdurashidxonov muharrirligida “Xurshid”, 1907–1908 yillarda esa Abdulla Avloniy muharrirligida “SHuhrat”, Ahmadjon Bektemirov muharrirligida “Osiyo” gazetalari nashr qilindi. Lekin aholini uyg‘otish, ilm-ma’rifatga chorlashga qaratilgan bu gazetalar tez orada chor ma’muriyati tomonidan yopilib, ularni chop etish taqiqlab qo‘yildi. Ammo bu harakat baribir davom etaverdi. Ayniqsa, 1914–1915 yillarda milliy matbuot tashkil etish harakati yanada faollashdi.
Bu ekspozitsiyada Buxorolik jadid ma’rifatparvarlari Ahmad Donish Fayzulla Xo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Muso Saidjonov, Abdulvohid Burhonov Munzim suratlari va Buxoro jadidlari tomonidan nashr qilingan “Turon” va "Buxoroyi sharif" gazetasi nusxalari namoyish qilingan.
"Buxoroyi sharif" -jadidlar gazetasi. YAngi Buxoro (hozirgi Kogon) shahrida 1912 yil 11 martdan 1913 yil 2 yanvargacha tojik tilida chikkan. Gazeta dastlab haftasiga 6 marta, keyin 3 marta nashr etilgan. Jami 153 soni chikkan. "Buxoroyi sharif" 1913 yil 12 yanvarda Rossiya imperatorligining Buxorodagi siësiy agentligi tomonidan takiklangan. Gazeta sihifalaridan islomiy ahkomlar, ilm-fan, tijorat hamda iktisodiët yangiliklari, ma’rifatni targ‘ib etuvchi maqolalar o‘rin olgan. Gazetada mahalliy shoir va yozuvchilar asarlaridan parchalar, jahon adabiyoti namunalari e’lon qilingan. "Buxoroyi sharif"ga Buxorolik tanikli sarmoyador Muhiddin Mansurov homiylik kilgan, ozarbayjon yozuvchisi va jurnalisti Mirzo Jalol gazetaga muharrirlik, Mirzo G‘affor bosh kotiblik qilgan. "Turon" gazetasi

"Turon" - Buxoro jadidlari tomonidan o‘zbek tilida chiqarilgan gazeta. YAngi Buxoro (hozirgi Kogon) shahrida 1912 yil 14 iyulda 1913 yil 2 yanvargacha dastlab haftasiga 2 marta, so‘ngra 3 marta nashr etilgan ( 49-soni chiqqan) gazetaga buxorolik G‘iyos Maxsum Husayniy muharrirlik qilgan. "Turon" gazetasi faqat Buxoroda emas, balki butun Turkistonda shuhrat qozongan. Gazetani moddiy jihatdan yirik savdogar Muhiddin Mansurov va ma’rifatparvar Siroj Hakim ko‘llab-quvvatlab turgan. Uni g‘oyaviy jixatdan "Tarbiyai atfol" jamiyatidagi YOsh buxoroliklar boshqargan.





Bu ekspozitsiyada 1920 yilda Buxoroning Qizil armiya tomonidan bombardimon qilingani suratlari namoyish qilingan.1920 yilda Turkistonda Sovet hokimiyatining Buxoro amirligiga qarshi beshafqat, murosasiz kurashi avj oldi. Buxoroda yosh buxoroliklar partiyasining a’zolari qo‘zg‘olonga tayyorlana boshlashdi. Nihoyat, shaharga hujum boshlandi. YOrdamga aviatsiya tashlandi. «Qumdagi janglar» (O‘rta Osiyoda grajdanlar urushi tarixiga doir materiallar, 1935 y. M. Gorkiy tahriri ostida) kitobida ta’kidlanishicha, Buxoroni bombardimon qilish uchun «Turkiston frontiga ilgari misli ko‘rilmagan butun boshli havo kemalari armadasi tashlandi» 1920 yil avgust oyining so‘nggi kunlaridan birida Buxoro yaqinidagi Kogon stansiyasida o‘nga yaqin samolyot shaylab qo‘yildi. Ular orasida samolyotlarning «forman», «farsal», «nyupor», «vuazen» va «albatros» kabi turlari bor edi. CHorjo‘ydan maxsus aviaotryad (samolyotlar dastasi) olib kelindi. YUqoridagi kitobda qayd etilishicha, Stepanov, Stolyarov, Fousek, Ilin, Zelenskiy kabi uchuvchilar bombardimon qilishga tayyorlab qo‘yildi. Bu orada Buxoroga samolyotlarning birinchi uchishi o‘z ishini qilib bo‘lgan edi. Ikkinchi uchishda esa har biri 64 kilogramm keladigan bombalar bir necha yuz metr balandlikdan to‘ppa-to‘g‘ri «amirning beadad boyliklar to‘plangan qordek oppoq saroyiga» yog‘ila boshladi. Fousek degan uchuvchi boshqargan «Forman» turidagi engil bombardimonchi samolyot o‘z yuklarini shaharga «muvaffaqiyat» bilan tashlab, hammadan keyin qaytib ketdi. Uchinchi kun ertalab bomba ortib olgan samolyotlar tag‘in Buxoro tomon yopirilishdi.
Buxoroning bombardimon qilinishi ishtirokchisi va shohidi, sinovchi-uchuvchi Fousek shunday xotirlaydi: «Biz Buxoroni bombardimon qildik. Qadimiy amirlikni vayron etib tashladik. Xususan, mashhur «Ajal minorasi»ga tushgan bomba, garchi mohiyatan bu minoraning mo‘ljalga olinishi biz uchun mutlaqo foydasiz bo‘lsa-da, bizga alohida zavq-shavq bag‘ishladi». Bormbardimon natijasida shahar er bilan yakson qilinib, asosan qariyalar, ayollar, bolalar nobud bo‘ldi. Bu bombardimonni Buxoro xalqi ancha vaqtgacha “Kichik qiyomat ”deb eslab yurdi.

Bu ekspozitsiya 1920 yilda Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil etilganiga bag‘ishlangan. 1920 yilning 2 sentyabrida M.Frunze boshchiligidagi qizil armiyaning shafqatsiz hujumlaridan so‘ng amirlikning poytaxti Buxoro shahri bosib olindi va Amir Olimxon taxtdan ag‘darildi. SHundan so‘ng, qizil armiya amirlikning barcha bekliklarini birin-ketin egallab, amirlikka butunlay barham berdi.


1920 yil 14 sentyabrda Xalq Nozirlar SHo‘rosi, Buxoro muvaqqat inqilobiy qo‘mitasi va Buxoro Kompartiyasi MK ning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 9 kishidan iborat Abduqodir Muhiddinov raisligida Butunbuxoro inqilobiy qo‘mitasi va 11 kishidan iborat respublika hukumati – Fayzulla Xo‘jaev raisligidagi Xalq Nozirlar SHo‘rosi tuzildi. Buxoro Xalq Nozirlari SHo‘rosining tarkibi quyidagicha edi:

Fayzulla Xo‘jaev – rais, xorijiy – tashqi ishlar noziri;


Qori Yo‘ldosh Po‘latov – maorif noziri;


Muxtor Saidjonov – doxiliya – ichki ishlar noziri;


Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev – moliya ishlari noziri;


Najib Xusainov – davlat nazorati noziri;


YUsuf Ibrohimov – favqulodda komissiya noziri;


Mukammil Burxonov – adliya noziri;


Bahovuddin SHahobuddinov – harbiy ishlar noziri;


Abdulqodir Muhiddinov – er-suv ishlari noziri;


Mirzo Muhiddin Mansurov – savdo va sanoat ishlari noziri.


1920 yilning 6-8 oktyabr kunlari Buxorodagi Sitorai Mohi Xosada Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyi chaqirilib, unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e’lon qilindi. Bu respublika davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi bo‘lgan Buxoro inqilobiy qo‘mitasi va dastlabki hukumat tarkibi bo‘lgan Buxoro Xalq nozirlar SHo‘rosini o‘zil-kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati II qurultoygacha o‘zaytirildi.


1920 yil oktyabrda BXSR bilan Rossiya o‘rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy bitim tuzildi. 1921 yil 4 martda esa har ikkala davlat o‘rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomalar yosh Buxoro davlati arboblarining mustaqil siyosat yuritishga qaratilgan harakatlari faoliyatini ma’lum darajada cheklashga olib keldi. CHunki, ittifoq shartnomasi mustaqil Buxoro davlati hududida sovet qo‘shinlari saqlanishini qonuniy qilib asoslab berdi. Bu esa Rossiyaning BXSR ichki ishlariga harbiy jihatdan qurolli aralashuvi edi.
2- zal

Download 75,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish