partiyaning faoliyati kelajakdagi konstitutsiyaviy islohotlarni o‘ziga mos
doiralarda cheklashga qaratilgan edi. Bu partiyaning talablari “jamoat
tinchligi bilan birgalikdagi so‘z va matbuot erkinliklarini” xohlashdan
nariga o‘tmadi. Hukumat partiyasini tashkil qilish bilan bir qatorda,
konstitutsiyadan oldingi qonunlar ham qo‘riqlash maqsadlariga xizmat
qildi. Masalan, 1884-yilgi qonun bilan Yaponiyada aslzodalarning
yevropacha tarzdagi yangi unvonlari: knyaz, markiz, graf, vikont, baron
degan unvonlari joriy qilindi va oqibatda ularga yapon parlamentining
yuqori palatasini tashkil qilish huquqi berildi.
1885-yilda Yevropa namunasida alohida ministrliklar va o‘z faoliyati
yuzasidan imperator oldida javobgar bo‘lgan Ministrlar kabineti tashkil
qilindi. 1886-yilda imperator huzurida maslahatchi organ sifatida ilgari
tugatilgan Maxfiy kengash qayta tiklandi. Shu yili mansabdor shaxslarni
tayinlashning imtihon tizimi joriy qilindi. 1888-yilda yangi ma’muriy
islohot o‘tkazildi. Har bir prefekturada boshqaruvning saylab
qo‘yiladigan organlari tashkil etildi.
Bu organlar maslahatchilik funksiyalariga ega bo‘ldilar va o‘z
navbatida ichki ishlar ministrligining qattiq nazorati ostida turdilar. Bu
qonunchilikning o‘ziga xos gultoji 1887-yilda qabo‘l qilingan “Tartibni
saqlash haqidagi politsiyachilik qonuni” bo‘lib qoldi. Unga binoan
maxfiy jamiyatlar tuzish, yashirin yig‘ilishlar chaqirish, yashirin
adabiyotlar chiqarish taqiqlandi va bunday xatti-harakatlar uchun qattiq
jazolar o‘rnatildi. “Erkinlik va xalq huquqlari uchun harakat” qattiq jazo
choralari yordami bilan tor-mor etildi.
5-§. Yaponiyaning 1889-yilgi Konstitutsiyasi
Imperator bergan va’dasini bajarib, 1889-yilda o‘z fuqarolariga
Konstitutsiya in’om qildi. Ushbu Konstitutsiya sintoistik traditsionalistlar
nazariyalari va g‘arb konstitutsiyashunoslari tarafdorlari o‘rtasidagi o‘ziga
xos siyosiy murosaning natijasi edi.
Konstitutsiyaning 1-moddasida Yaponiya imperiyasida “asrlar
davomida yagona va o‘zluksiz” sulolaga tegishli imperator podsholik
qiladi va davlatni boshqaradi, deb ko‘rsatildi. Imperator shaxsi “ilohiy”
208
qonunga binoan “muqaddas va daxlsiz” deb e’lon qilindi. Imperator
davlat boshlig‘i sifatida urush va tinchlik e’lon qilish, shartnomalar tuzish,
parlamentni chaqirish va tarqatib yuborish, qurolli kuchlarga rahbarlik
qilish, dvoryanlik in’om qilish va boshqa huquqlarga ega edi.
Konstitutsiyaga binoan, qonun chiqarish hokimiyati ham “imperator
va parlamentga” ishonib topshirilgandi (5-modda). Imperator qonunlarni
tasdiqlagan va ularni ijro etishga farmoyishlar bergan. Konstitutsiyaning
8-moddasiga asosan, “jamoat tartibini saqlash juda zarur” bo‘lgan holda,
parlament ishida tanaffus bo‘lgan vaqtda chiqarilgan imperator
farmonlari qonun kuchiga ega edi. Bunday farmonlar odatda parlament
ta’tillari vaqtida paydo bo‘lardi. Parlament ta’tillari esa bir yilda 9 oyga
cho‘zilardi. Imperator, shuningdek mamlakatda qamal holati joriy qilish
huquqiga ham ega edi.
Ministrlar, barcha mansabdor shaxslar singari, imperator
tomonidan tayinlanardi hamda uning oldida javobgar edi. Ularning
faoliyatiga imperatorga xizmat qilish sifatida qaralardi. Imperatorning o‘zi
esa faqat Xudo oldida mas’ul bo‘lgan. Bu bir qarashda Konstitutsiyaning
to‘rtinchi bobida o‘rnatilgan ularning o‘z hokimiyatlarini “Konstitutsiya
asosida” amalga oshirishlari lozimligi haqidagi talabga zid bo‘lib
Yaponiyaning 1889-yilgi Konstitutsiyasi
Uni faqat imperator
bekor qilishi yoki
o‘zgartirishi
mumkin edi.
Unda monarxik
byurokratiyani
boshqaruvchi tajovuzkor
harbiylarning nisbatan
mustaqillik roli o‘z
aksini topdi.
Uni tayyorlashda
Yaponiyaning
bo‘lg‘usi Bosh vaziri
Xirobumi Ito hal
qiluvchi rol o‘ynadi.
U g‘arbdan o‘zlashtirib
olingan printsiplarni,
tennoistik
mafkuraning eng
muhim prinsiplarini
qayta ishlash asosida
yaratildi.
Uning III bobi
maxsus tarzda yapon
fuqarolarining
huquqlari va
majburiyatlariga
bag‘ishlandi.
Unda “ishonchsizlik
votumi” instituti
haqida hech narsa
deyilmadi.
209
ko‘rinardi. Qarama-qarshilikning bunday ko‘rinishini quyidagi asosiy
konstitutsiyaviy qoida bartaraf etardi. Bu qoida shundan iborat ediki,
konstitutsiyaning o‘zi imperatorning o‘zini o‘zi cheklovchi, imperatorga
parlamentning, hukumatning, fuqarolarning huquqlarini taqdim qiluvchi
“ilohiy tuhfa” hisoblanardi. Konstitutsiya parlament, hukumat huquqlari,
shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ro‘yxatini berish bilan
o‘zini o‘zi cheklashning ana shunday konseptual sxemasi asosida tuzilgan
edi.
Parlament konstitutsiya bo‘yicha qonun chiqarish huquqiga ega
bo‘lib, ikki palata: perlar palatasi va vakillar palatasidan iborat edi. Har
bir palata hukumatga “qonunlar va boshqa turdagi narsalarga” taalluqli
taqdimnomalar bilan chiqish huquqiga ega edi. Biroq Konstitutsiyaning
71-moddasi parlamentning imperator xonadoni statusini o‘zgartirishga
qaratilgan har qanday muhokamasini taqiqlagan. Palatalarda masalalarni
hal qilish uchun mutlaq ko‘pchilik ovoz talab qilingan.
1890-yilgi saylov qonuni bo‘yicha, quyi palata yuqori yosh senzi
(25 yosh), shuningdek mulk senzi asosida saylanardi. Ayollar va harbiy
xizmatchilar saylov huquqiga ega emas edilar. Shu tariqa, saylov
huquqidan Yaponiya aholisining faqat juda oz qismi, bor-yo‘g‘i bir foizga
yaqini foydalangan, xolos. Yuqori palataga qondosh shahzodalar, unvonli
amaldorlarning vakillari, yirik soliq to‘lovchilar va imperator oldida
“alohida xizmatlar” ko‘rsatgan kishilar a’zo bo‘lgan.
Quyi palataning vakolat muddati 4 yil, yuqori palataniki 7 yil qilib
belgilangan edi. Ministrlar “imperatorga faqat maslahat berish”ga haqli
edilar. Parlament nazorati faqat 30tadan kam bo‘lmagan deputatlar
tomonidan ministrlarga rasmiy so‘rov berish huquqida namoyon bo‘lgan.
Bunda ministrlar “maxfiy” hisoblangan masalalar yuzasidan so‘ralgan
talabnomaga javob berishdan bosh tortishi mumkin edi. Yapon parlamenti
haqiqatda hukumatga kuchli ta’sir o‘tkaza olmagan, moliya ustidan
nazorat o‘rnata olmagan, chunki Konstitutsiya budjetni har yili
parlamentda ovozga qo‘yib tasdiqlash tartibini nazarda tutmadi. Budjetni
ko‘rib chiqish parlament tomonidan chetga surib qo‘yilgan hollarda
hukumat o‘tgan yilgi budjetni qo‘llashi mumkin edi. Bundan tashqari,
Konstitutsiyaning 68-moddasi bir necha yilga tasdiqlangan doimiy xarajat
fondini, shuningdek “imperatorning vakolatlarini amalga oshirishi uchun”
va “hukumat majburiyatlari bilan bog‘liq” xarajatlar uchun ajratiladigan
pul summalarini nazarda tutgan edi. Hukumatning parlament roziligisiz
qiladigan xarajatlari imperatorning o‘zi tomonidan ham qonunlashtirilishi
mumkin edi.
210
Ma’lumki, harbiylar burjua islohotlari davrida hukmron sinflar:
yarim feodal pomeshchiklar va mustahkamlangan monopolistik
burjuaziyaning manfaatlarini faol himoya qiluvchilar bo‘lib qolgan edilar.
Bu, jumladan, davlat apparatining Yashirin kengash, Genro (oqsoqollar
kengashi), Saroy ministrligi singari zvenolarining imtiyozli mavqeyida o‘z
ifodasini topdi. Imperatorning juda katta yeregaliklari, shuningdek
armiyaning oliy rahbarlari aynan Saroy ministrligi qaramog‘ida edi.
Yashirin kengash tarkibi prezident, vitse-prezident va 25
maslahatchidan iborat bo‘lib, uning a’zolari imperator tomonidan oliy
harbiy-byurokratik doiralar orasidan tayinlanardi. Yashirin kengash
parlamentdan ham, Ministrlar Kabinetidan ham mustaqil edi.
Konstitutsiyaning 56-moddasiga binoan, unga imperator so‘rovi bo‘yicha
davlat ishlarini muhokama qilish topshirilgandi. Amalda davlatdagi har
bir muhim qaror, u qanday ahamiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar,
Yashirin kengash a’zolari bilan kelishilgan holda chiqarilardi. Imperator
farmonlari va farmoyishlari ham Yashirin kengash tomonidan
ma’qullanardi.
Genro (Oqsoqollar kengashi) konstitutsiyaviy organ bo‘lmasa
ham, yarim asr davomida mamlakat siyosatiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazib
keldi. U asosan janubiy-g‘arbiy knyazliklarning aslzodalari vakillaridan
iborat tarkibda edi. Uning a’zolari o‘z o‘rinlarini umrbod muddatga
egallagandilar.
1889-yilda imperator maxsus buyruq chiqarib, armiya va flotdagi
shtab boshliqlarining armiya va flotga taalluqli barcha muhim masalalar
yuzasidan hukumatni, hatto harbiy va dengiz ministrlarini chetlab o‘tib,
to‘g‘ridan to‘g‘ri imperatorga doklad qilishlari lozimligi tartibini o‘rnatdi.
Bu bilan harbiylar imperatorning hukumatdagi ikkita muhim lavozimlarni
– harbiy va dengiz ministrlarini tayinlashdagi qaroriga ta’sir o‘tkaza
oladigan bo‘ldilar.
Shu tariqa, harbiylar nafaqat hukumat tarkibini belgilashda, balki
uning siyosatini belgilashda ham hal qiluvchi rol o‘ynay boshladilar.
Yuqoridagi qoida 1895-yilgi qonun bilan mustahkamlandi. Bunga binoan,
harbiy va dengiz ministrlari lavozimini faqat haqiqiy harbiy xizmatda
turgan harbiylargina egallashi mumkin edi.
Yapon fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari.
Konstitutsiyaning 19-moddasida har bir yapon fuqarosining fuqarolik va
harbiy mansablarni egallashda teng huquqli ekanligi nazarda tutilgan
bo‘lsa, 20-moddasida barcha yapon fuqarolarining armiya va flotda xizmat
qilish majburiyatlari belgilandi. Konstitutsiya fuqarolarning qonunda
211
o‘rnatilgan tartiblarda turar-joy tanlash va almashtirish erkinligini
(22-modda), turar-joy daxlsizligini (25-modda) mustahkamladi.
Konstitutsiyaning 27-moddasida “Har bir yapon fuqarosining mulki
dahlsiz” deb e’lon qilindi. Bunda jamoat xizmati manfaatlari uchun zarur
bo‘lganda mulkni olishga ruxsat etilgandi. Konstitutsiyada, shuningdek
yapon fuqarolariga diniy e’tiqod (28-modda), so‘z, matbuot, yig‘ilishlar
o‘tkazish va ittifoqlarga birlashish (29-modda), petitsiyalar berish
(30-modda) erkinliklari ham nazarda tutilgandi.
Yapon fuqarolarining yuqoridagi huquq va erkinliklari ularning
“ilohiy” imperator oldidagi burchi bilan tenglashtirilgan edi. Bundan
tashqari, barcha erkinliklarga “qonun bilan o‘rnatilgan doiralarda” yo‘l
qo‘yilardi.
Bu huquq va erkinliklarning o‘ta rasmiy xaraktyeri ayniqsa yapon
dunyoqarashining eng nozik tomoniga tegishli bo‘lgan diniy e’tiqod
erkinligi sohasida yorqin namoyon bo‘ldi. Dinni davlatdan ajratish, diniy
e’tiqod erkinligini tan olish talablari erkinlik va tenglik g‘oyalari singari
konstitutsiya qabo‘l qilinishidan oldingi davrda ham jamiyatning ancha
ongli qatlamlari tomonidan ilgari surilgan edi. Bu talablar ta’sirida
1877-yilda Diniy ta’limot ministrligi tugatilgandi.
Hukumat rasman “din erkinligi”ni e’lon qilib, u sintoizmni din deb
emas, davlat marosimi deb belgiladi.
1889-yilgi Konstitutsiyada burjua-demokratik huquq va
erkinliklarning rasman mustahkamlanishi ushbu Konstitutsiyaning o‘ta
konservativ xarakterini o‘zgartira olmadi. Biroq bu Konstitutsiya juda
cheklangan darajada bo‘lsa ham, yapon jamiyatini demokratlashtirish
yo‘lida muhim olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. U vakillik organi o‘rnatish,
burjua demokratik huquq va erkinliklar e’lon qilish bilan birga yapon
davlatining mutlaq monarxiyadan dualistik monarxiyaga amalda yangicha
o‘tish shaklining qaror topishiga ko‘maklashdi. Bu davlat doirasida
keyingi o‘n yilliklar davomida nafaqat feodal qoldiqlar tugatildi, balki
yapon kapitalizmining juda tez rivojlanishi sodir bo‘ldi.
6-§. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar:
sud, prokuratura va advokatura
Konstitutsiyaning 60-moddasi maxsus, ma’muriy sudlar tashkil
etishni nazarda tutdi. Amaldorlar faoliyati sud nazorat ostidan chiqarildi.
Amnistiya huquqi, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq,
imperatorga tegishli edi. Sud tomonidan beriladigan jazoni ham faqat
imperator o‘zgartira olardi.
212
Yaponiyaning eski sud tizimi va sud ishlarini yuritish tartibi juda
sekinlik bilan qayta tuzildi. Konstitutsiya qabo‘l qilinishidan avvaroq yapon
siyosiy arboblari, yuristlar tomonidan g‘arb mamlakatlarining sud va
huquqiy tizimlarini keng o‘rganish ishlari o‘tkazilgan edi. Bunda qaytadan
tashkil etilgan Frank-huquqiy maktabi (1879-yil tashkil etilgan), Meydzi
professional huquqiy maktabi (1881-yil tashkil etilgan), Angliya huquq
maktabi (1885-yil tashkil etilgan) va boshqa huquqiy maktablar muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
1872-yildan boshlab sudlarda matbuot vakillarining ishtirok etishiga
ruxsat etildi, fuqarolik ishlarini hal qilishda qiynoqlar qo‘llash taqiqlandi,
rasman tabaqaviy farqlar yo‘q qilindi, qonli qasos, o‘ch olish man etildi.
Eslab qoling!
1889-yilgi
Konstitutsiya
rasman sudyalarning
almashtirilmasligi va
mustaqilligini
o‘rnatdi, sudlarning
tuzilish prinsiplarini
belgilab berdi.
Umumiy sudlarning
vakolatlari
cheklangan edi,
ma’muriyat xatti-
harakatlari ustidan
tushgan shikoyatlarni
ko‘rib chiqa olmas
edilar.
SUD
Sudya bo‘lish uchun 1890-
yilgi qonunga asosan
yuridik ma’lumot va
professsional tajriba talab
qilinardi.
1874-yilda sudda
qiynoqlar qo‘llash dastlab
cheklandi, so‘ngra esa
batamom taqiqlandi.
1890-yil “Sudlarni tashkil qilish haqida”gi
qonun asosida Yaponiyaning sud tizimi
tartibga keltirildi.
1890-yilda “Sudlar tashkil qilish haqida”gi Qonun asosida
Yaponiyaning sud tizimi tartibga keltirildi, mahalliy okrug, apellyatsion
sud instantsiyalari tashkil qilindi, apellatsion sudlar va katta sud
sudyalaridan ma’muriy sudlar hay’atlari tuzildi.
Sudyalar o‘z faoliyatini
imperator nomidan va
qonun asosida amalga
oshirardilar.
213
1890-yilgi qonun rasman sudyalarning almashtirilmasligi va
mustaqilligi prinsipini mustahkamladi. Sudyalar faqat jinoiy javobgarlikka
yoki intizomiy tartibda jazoga tortiladigan bo‘lsalar, almashtirilishi,
mansabidan pasaytirilishi mumkin edi. Adliya ministri yapon odil sudlovi
ustidan umumiy ma’muriy nazoratni amalga oshirardi, sudyalarni oliy sud
va ma’muriy lavozimlarga ilgari surish huquqiga ega edi.
1890-yilgi qonunda shuningdek “prokuraturaning oliy umumiy
departamenti”ni tashkil qilish ham nazarda tutilgan edi. Sudyalarga qanday
malakaviy talablar qo‘yilgan bo‘lsa, prokurorlarga ham shunday talablar
qo‘yildi. Prokurorlarni adliya ministri nazorat qilib turgan. Adliya ministri
prokurorlarga sud ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish huquqiga ega edi.
1893-yilda “Advokatura haqida”gi qonun qabo‘l qilindi. Advokatlar
sud ishlarida ishtirok eta boshladilar. Advokatlar korpusi ham adliya
ministrining, ham prokuraturaning qattiq nazorati ostida bo‘lgan.
Advokatlar, shuningdek intizomiy sudlarning yurisdiksiyasi ostida edilar.
Ularni imtizomiy javobgarlikka tortish huquqi prokurorlarga tegishli edi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Prokuratura Advokatura
1893-yilda “Advokatura
haqida” qonun
qabo‘l qilindi. Advokatlar
sud ishlarida ishtirok
eta boshladilar.
Advokatlar korpusi ham
prokuratura, ham Adliya vazirining qattiq
nazorati ostida bo‘lgan.
Advokatlarni intizomiy
javobgarlikka tortish huquqi
prokurorlarga
tegishli bo‘lgan.
Sudyalarga qanday
malakaviy talablar
qo‘yilgan bo‘lsa,
ularga ham shunday
talablar qo‘yilgan.
Prokurorlarni Adliya
vaziri nazorat
qilib turgan.
Adliya vaziri
prokurorlarga sud
ishlari bo‘yicha
ko‘rsatmalar berish
huquqiga ega bo‘lgan.
214
Ushbu barcha Yangi kiritilgan tartib-qoidalarga qaramay, Yaponiyaning
“huquqni muhofaza qilish” tizimi hali uzoq vaqtgacha imperiya
hokimiyatining jazo beruvchi qismi bo‘lib qoldi.
7-§. XIX asr oxirida Yaponiya davlat tuzumidagi o‘rgarishlar
Yaponiyada sanoat rivojlanishi davri yirik korporativ kapitalizmga
o‘tish davriga deyarli to‘liq mos tushdi. Bunga mutlaq yakka hokimlik
davlatining aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosati, uning tomonidan
keng iqtisodiy va harbiy funksiyalarning amalga oshirilishi ko‘maklashdi.
Yapon davlati ilg‘or kapitalistik mamlakatlardan texnika va harbiy
sohalarda orqada qolganligini bartaraf etish maqsadida xususiy kapitalistik
tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirish bilan cheklanib qolmadi.
Davlatning o‘zi ham sanoat qurilishida faol ishtirok etdi, bu sohalarga
soliqlardan kelgan tushumlardan subsidiyalar ajratdi. Juda ko‘p sonli
harbiy korxonalar, temir yo‘llar va boshqalar davlat xazinasi tomonidan
moliyalashtirildi. Sanoat qurilishiga 1870-yilda tashkil etilgan Sanoat
ministrligi rahbarlik qildi.
Bank va sanoat kapitallarining qo‘shilib ketishi, yapon
monopoliyalarining nisbatan barvaqt vujudga kelishi davlatga qarashli
sanoat korxonalarining Mutsui Sumitomo va boshqa shu kabi bank uylari
tomonidan juda arzon narxlarda sotib olinishi bilan tezlashdi. Bir qator
o‘zaro bog‘liq firmalardan iborat monopolistik konsernlar (“dzaybatsu”)
vujudga keldi. Ular bitta bosh firma yoki moliyachilar guruhi tomonidan
nazorat qilinar edi.
Biroq Yaponiya davlati jamiyat xayotining barcha sohalarida feodal
qoldiqlarini saqlab qolib, rivojlanish darajasi bo‘yicha ham Yevropa va
AQSHdan orqada edi. Ijtimoiy sohada nafaqat yarim feodal yer egaligi,
ijarachi-dehqonlarni tutqunlik shartlarida eksplutatsiya qilish,
sudxo‘rlarning zo‘ravonligi, tabaqaviy farqlar, balki eksplutatsiyaning
og‘ir va qattiq shakllari, ishchilarning ijtimoiy tengsizligi, qishloqda ishchi
kuchlarning sanoatchilar bilan oldindan tuzilgan yarim feodal
shartnomalari va boshqalar ham mavjud edi. Siyosiy sohada feodal
qoldiqlar Birinchi jahon urushigacha saqlanib qolgan hukmron
pomeshchik-burjuaziya blokida pomeshchiklarning ustunlik rolini
ta’minlagan yapon monarxiyasining mutlaqiy xarakterida, yapon
qishlog‘ida pomeshchiklarning siyosiy zo‘ravonliklarida namoyon bo‘ldi.
Yaponiya harbiy sohada boshqa qudratli davlatlar bilan raqobat qilishga
qodir deb tan olinishiga ulgurmasdanoq bosqinchilik siyosati yo‘lidan
215
ketdi. 1876-yilda o‘z foydasiga tinchlik o‘rnatish maqsadida Koreyada
harbiy faollikni boshlab yubordi. 1894-yilda Yaponiya oldindan e’lon
qilmasdan turib Xitoyga hujum qildi. Yaponlar Xitoy imperiyasining
yaxshi tashkil etilmagan feodal tipdagi armiyasini tormor keltirdi.
1895-yilda yapon hukumati Xitoyga sulh shartlarini qabo‘l qildirdi.
Simoneski sulh bitimiga muvofiq, Xitoy Yaponiyaga Tayvan orolini va
Port-Artur bilan birgalikda Lyaodun yarim orolini berdi. Xitoyga vassal
qaramlikda bo‘lgan Koreya “mustaqil” deb e’lon qilindi. Yaponiya bu
“mustaqillik”dan Koreya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatish uchun
foydalandi. Sulh bitimi shartlariga ko‘ra, Xitoy Yaponiyaga
kontributsiyalar ham to‘lash majburiyatini olgan edi. Xitoy bilan bitim
tuzganda Yaponiyani hukmron doiralari Uzoq Sharqda agressiyani bundan
keyin ham avj oldirish uchun o‘zlariga platsdarm egallashni ko‘zda tutgan
edilar.
Ulkan zamonaviy armiya va harbiy-dengiz floti barpo qilish yangi
yapon imperatorlik hukumatining birinchi kunlaridan boshlaboq alohida
tashvishi bo‘lib qolgan edi. Mamlakatni militarizatsiya qilishga, harbiy
avanturalarga amalda parlament ham yordam berdi. 1894-1895-yillardagi
yapon-xitoy urushidan keyin parlamentdagi hamma muxolifatchi partiyalar
hukumatning harbiy siyosatini bir ovozdan qo‘llay boshladilar. Parlament
harbiy xarajatlarni yildan-yilga ko‘paytirib bordi.
Armiyaga bu vaqtda keng tarmoqli politsiya apparati bilan bir
qatorda hukmron rejimni qo‘riqlashda muhim o‘rin ajratilgan edi. Shu
maqsadda u demokratik g‘oyalarning kirib kelishidan “himoyalangan”,
mamlakat siyosiy hayotidan ajratib qo‘yilgan. Harbiy xizmatchilar faqat
saylov huquqidan emas, balki boshqa barcha siyosiy huquq va
erkinliklardan ham mahrum etilgandi. Konstitutsiyaning 32-moddasiga
banoan siyosiy huquq va erkinliklar harbiy xizmatchilarga faqat
“ustavlarga va harbiy intizomga zid kelmagan” hollardagina qo‘llanishi
mumkin edi.
Yangi armiya va harbiy dengiz floti qurish chet el, asosan Angliya va
Fransiya mutaxassislari yordami bilan amalga oshirildi. yosh yaponlar
harbiy ishlarni o‘rganish uchun chet ellarga yuborildi. Yapon armiyasiga
sof feodal belgilar – bir necha o‘n yillar davomida samuraylar
zo‘ravonliklarining saqlanib qolganligi, armiya va flotga rahbarlik qilishda
sobiq janubiy-g‘arbiy knyazliklar feodal urug‘laridan chiqqanlarning
ustunlik qilishi va boshqalar xos bo‘lgan.
Hukmron blok o‘zining militaristik-bosqinchilik davlat siyosatini
yapon jamiyatining faol qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ostida
216
1898-yilda parlamentda salohiyatli ko‘pchilik o‘rin olishga muvaffaq
bo‘ldi. Shu yili muxolifatni ham o‘zida birlashtirgan “Konstitutsion
Do'stlaringiz bilan baham: |