DASTURNING MENYULAR QATORI
Dasturning menyular qatorida buyruqlar joydashgan bo‘lib, ular quyidagi amallarni bajaradi.
File – menyusi fayllar bilan bog‘liq amallarni bajaradi.
Edit – dastur oynasini tozalash, amallar ketma-ketligini aniqlash va tanlash imkoniyatini beradi.
Debug – m-faylda mavjud buyruq va funksiyalarni ishlashini tekshiradi.
Desktop – oynani sozlash amallari jamlangan.
Window – dasturning mavjud oynalarin o‘rnatish va olib tashlash imkoniyatini beradi.
Help – dastur bo‘yicha yordam qism.
Dasturning menyular qatori vazifalarini bajaruvchi teng kuchli qism dasturning uskunalar panelidir. Bu qism dasturda ishlashni ancha qulaylashtiradi.
OPERATORLAR
Operator — bu ma'lumotlar (operandlar) ustida bajariladigan ma'lum amallarni ifodalovchi maxsus belgilash. Masalan, eng sodda arifmetik operatorlarga qo‘shish, ayirish ko‘paytirish va bo‘lish belgilari kiradi. Operatorlar operandlar bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, 2+3 ifodada + belgisi operator, 2 va 3 sonlari esa — operandlardir.
Shuni ta'kidlash o‘rinliki, ko‘plab operatorlar matritsaviy amallarga taalluqli bo‘lganligi sababli jiddiy tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ko‘paytirish operatori * va bo‘lish operatori / ikkita ko‘p o‘lchamli massivlar, vektorlar yoki matri- salarning ko‘paytmasi va bo‘linmasini hisoblaydi.
Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ operatori o‘ngdan chapga bo‘lishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni elementlararo ko‘paytirish va elementlararo bo‘lishni ifodalaydi.
Operatorlarning to‘liq ro’yhatini buyruqlar satrida help ops buyrug‘idan foydalanib olish mumkin. Bunday ruyhatning arifmetik operatorlarni o‘z ichiga oluvchi bir qismi quyida keltirilgan: » help ops
FUNKSIYALAR
Funksiyalar —bu o‘z argumentlarini ma'lum tarzda o‘zgartirishni amalga oshiruvchi va bu o‘zgartirishlar natijasini qaytaruvchi yagona nomga ega bo‘lgan ob'ektlardir.
Natijani qaytarish — funksiyaning o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda bitta chiqish parametriga ega bo‘lgan hisoblash natijasi funksiya chaqirilgan joyga quyiladi.
Funksiya umumiy xolda qavs ichiga olingan argumentlar ro’yxatiga (parametrlarga ) ega bo‘ladi.
Elementar funksiyalarning ro’yhati bilan help elfun buyrug‘ini bajarib, maxsus funksiyalarning ruyhati bilan esa help specfun buyrug‘ini bajarib tanishish mumkin.
Funksiyalar biriktirilgan (ichki) va tashqi yoki m-funksiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Biriktirilgan funksiyalarga keng tarqalgan elementar funksiyalar, masalan, sin(x) va yexr(u) misol bo‘lishi mumkin, funksiya sinh(x) funksiya esa tashqi funksiyadir.
Tashqi funksiyalar m-faylarda o‘zining aniqlanishi (tavsifi)ga ega. Biriktirilgan funksiyalar MATLAB kompilyasiya qilingan yadrosida joylashganligi sababli juda tez bajariladi.
14 - TАJRIBА IShI
Do'stlaringiz bilan baham: |