1 – sinf o‘quvchilarining o‘qish malakalarini takomillashtirish reja kirish


O`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirishga oid ishlar tahlili



Download 97,58 Kb.
bet9/19
Sana01.05.2023
Hajmi97,58 Kb.
#934051
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1 – sinf o‘quvchilarining o‘qish malakalarini takomillashtirish

1.3. O`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirishga oid ishlar tahlili
1 – sinf larda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o`quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Psixolog olimlarning tekshirishlaridan ma`lum bo`lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o`zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo`lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o`z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o`quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o`rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo`lishlari aniqlangan:
1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat; 2.Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o`quvchilar o`z shaxsiy va ahloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday ahloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o`quvchilarda chegaralangan bo`ladi, albatta. Ular ahloqiy sifatlardan botirlik, to`g`rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko`p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so`z boyliklari yetishmaydi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilar bilan tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning ahloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so`zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi.
4- sinfda ”Qodir bilan Sobir» hikoyasidagi Qodir va xususiyatlarini ochishda elementar tahlilga tanlab o`qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanib o`rgatilishi mumkin. O`qituvchi o`quvchilarga bergan savollariga javobni doskada tarmoqlash usulida yoritib boriladi. Masalan, Qodir qanday bola? Qodirning maqtanchoqligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing. Qodirning qo`rqoqligi ifodalangan o`rinni topib o`qing. Qodirning yolg`on gapini Sobir qanday to`g`riladi? Shu o`rinni topib o`qing. Qodirning zo`ravonligi ifodalangan o`rinni topib o`qing. O`qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering. Shu savollar asosida doskada quyidagi jadval hosil bo`ladi:
Papkasining changi bilan sinfga
Chetdan qo`rqib qochadi kirmoqchi bo`ladi
Qo`rqoq tozalikka rioya qilmaydi

Qodir maqtanchoq komandir bo`laman
zo`ravon yolg`onchi darsdan kechikkanda
yonidagilarni turtadi odamday baliqlarni tutib olganman
O`qish darslarida o`qilayotgan asarning ongli o`zlashtirilishini ta`minlashda o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan yana biri tanlab o’qishdir. Masalan: 3-sinfda X. To’xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga SHavkatning javoblari yoki S.
Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashishi epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.
«O’qish kitobi» darsliklaridan turli mavzudagi asarlar o’rin olgan. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabilar o’qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib,
3-sinfda «Ona bitta, Vatan yagona» bo’limidagi «Vatanni suymak» (A. Avloniy), «Vatan mo’tabardir» (X. Davron), «Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4-sinfda «O’zbekiston - Vatanim manim» bo’limidagi «Serquyosh o’lka» (Z. Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M. SHayxzoda) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy - estetik tarbiya bilan chambarchas bog’lab olib boriladi.
Shunga ko’ra o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo’lmaydi. Negaki matn tagzaminidagi tarbiyaviy g’oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o’zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o’qituvchi savollariga o’quvchilarning o’z so’zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo’lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o’quvchilarning o’qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o’quvchilarning o’zlarini ham savol tuzishga o’rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to’g’ri qo’yilgan masalaning o’zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o’quvchining dars mavzusi bilan bog’liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo’l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o’quvchini ongli va tushunib o’qishga yo’llaydi. Uning o’ziga xos xususiyatini o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularini uyg’otishdir.
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
«O’qish kitobi» darsliklaridagi materiallar sinfdan sinfga o’tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rangbarangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir.
Bu xildagi asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o’tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar. Jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog’liq A. Rustamovning «Bayroq nima?», A. Obidjonning «O’ktam avlod» (3sinf), S. Barnoevning «Mangulikka tatigulik kun», Ullibibining «E’zoz» (4sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy xususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag’riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish, nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
O’qish darslari oldiga qo’yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.

  2. chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.

  3. O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  5. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini va adabiy estetik tafakkurini o’stirish.

6. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.

Download 97,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish