1- sinf husnixat daftarini kuzatish va taqriz yozish.
I-sinf. Yozuvga oid malakalarni shakllantirish; yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, daftarni belgilangan qiyalikda qo’yish; ruchkani to’g’ri ushlash; yozuv chiziqlarini farqlash, harflarni yozuv chiziqlari orasida to’g’ri joylashtirish; harflarning qiyaligi, ulanishi hamda so’zlar orasini bir xil tenglikda chamalash.
Kichik va bosh harflarni savod o’rgatish jarayonidagi kabi tartibda husnixat bilan yozishni mashq qilish.
II-sinf. Bir chiziqli daftarda o’xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to’g’ri tutashtirish; o’xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo’g’inlar va so’zlarni yozish, o’xshash unsurli bosh harflar va ularni o’zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.
Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko’krak o’rtasining qarshisiga to’g’ri qo’yish; daftarni chap qo’l bilan ushlab turib yozish; boshini bir oz pastga egib, to’g’ri o’tirish; oyoqni bo’sh tutib, yerga qo’yib o’tirish; qo’lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash. Har bir harfni to’g’ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo’g’in va so’zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to’g’ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to’rt marta takrorlash.
Bir chiziqli daftarda chiroyli yozish malakalarini hosil qilish: o’xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish.
O’xshash unsurli kichik harflar:
1-guruh i, u, n, m, t, l, y
2-guruh h, j, k, f
3-guruh o, o‘, q, a, g, g‘, p
4-guruh e, b, x
5-guruh r, v, s, sh, ch
O’xshash unsurli bosh harflar:
1-guruh U, L,Z, I
2-guruh M, H, K, N, A
3-guruh O, O‘, Q, X, Ch
4-guruh E, S, Sh, Z
5-guruh V, G, G‘, Y
6-guruh T, F, R, B, P
III-sinf. Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli
daftarda yozishni mashq qildirish; (harflarning balandlik va kenglik o’lchamini o’zlashtirish) o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, H, N, f, q, p, s) yozishga, shuningdek, harflarni to’g’ri tutashtirishga rioya qilish, so’zlar, gaplarni ko’chirib yozish, eshitib yozish
Bog’lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o’rganish jarayonida unga bog’liq holda o’tkaziladi.
Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo’g’in, so’z, gap, matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; agarda, so’zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to’g’ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o’zining va o’zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |