1.3.4. Kasb faoliyati sohasi — kasbga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarning qo‘llanish doirasidir; uning nomlanishi iqtisodiyot sohalari bilan muvofiqlashtiriladi.
1.3.5. O‘MKHT muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari — aniq kasb faoliyati sohasida mutaxassislarga kasb ta’limi berish doirasidir. Mutaxassislarni kasb faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlash yo‘nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni bilan belgilanadi.
1.3.6. O‘MKHT ning umumiy ta’lim dasturi — umumiy ta’lim tayyorgarligi mazmunini aniqlovchi hujjatlar to‘plami. Umumiy ta’lim dasturini muvaffaqiyatli egallash akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ularning oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishlari uchun teng imkoniyat va huquqlarni ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ta’limning navbatdagi pog‘onalarida bilim olishga tayyorlashni ta’minlash hajmidagi ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va aniq fanlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |