6-раунд савол
Расмли савол. Барчангизга тарқатилган ушбу расм машхур рассом Бейллининг асари ҳисобланади. Унга диққат билан разм солинг.
Диққат савол: Бу асарни рассом қандай номлаган эди?
Жавоб: “5 хил сезги”. Яъни сезги ресепторлари. Таъм, ҳид, эшитиш, кўриш ва тери билан ҳис этиш.
7-раунд саволи
Россиянинг Тундрадаги ўрмонларидан ўтган авто йўлларга буғуларнинг чиқиб кетиши ва шофёрларни буғулар билан йўлда кўрмай қолиб йўл транспорт ходисаларига сабаб бўлиши ҳақида эшитганмиз. Тундрадаги қўриқхона ходимлари ушбу ЙТХни кескин камайтиришнинг осон йўлини топдилар.
Савол: Қўриқхона ходимлари қандай чора тадбир белгилашган.
Жавоб : Буғуларнинг шохлари оқ ранли бўёқ билан бўялган ва у тунги ёритгич чироқларда у нур қайтариш ҳисобига яхши кўринган.
8-раунд саволи
Савол: Senegalda suratga olingan "Borom sarret" qisqametrajli filmi U bilan boshlanadi. 2020-yili karantin qoidalarini buzmaslik uchun ba'zi bir davlatlarda Unga biroz o'zgartirish kiritilib "uyda" yoki "qayerda bo'lsangiz o'sha yerda" so'zlari qo'shildi. Diqqat savol: U o'rnidagi 2 bo'g'inli so'zni toping.
Жавоб: Azon
Izoh: "Borom sarret" filmi muazzinning namozga chorlashi bilan boshlanadi. Covid-19 tufayli karantin joriy qilingan Quvayt va BAAlarda masjidlarida muazzin namozga chorlaganda "hayya 'ala as-salah" kalimasi o'rniga "as-salatu fi buyutikum" yoki "ala sallu fi rihalikum" so'zlari o'qildi, ya'ni namozga kelinglar o'rniga, uyda namoz o'qinglar, qayerda bo'lsangiz o'sha yerda namoz o'qinglar kalimalari qo'shib namozga da'vat qilingan.
9-раунд саволи
Савол: Bir internet maqolasida yozilishicha Titanik filmidagi Jek Douson roliga boshqa bir aktyor taklif etilgan ekan. Internet foydalanuvchilaridan birining fikriga ko'ra bu aktyorning filmni rad etgani ayni muddao bo'lgan. Aks holda u hatto Titanikni qutqarib qolishni ham uddalab film syujetini o'zgartirib yuborgan bo'lardi.
Жавоб: Tom Kruz
Izoh: Uddalab bo'lmas topshiriq
10-раунд саволи
Савол: Mixail Zadornov "Yangi Yil kechasi ish shu ishni qilishgacha borib yetsa demak bayram bayramdek bo'lmagan" degan ekan. Qanday ish?
Жавоб: tortni kesish
Izoh: Tort kesoladigan darajada xushyor bo'ldimi, demak bayram yaxshi o'tmagan bo'lar ekan
11-раунд саволи
Савол: U bir barmog'idan ayrilib kompaniyaning katta mablag'ini tejab qolgan. Hattoki Gitler ham uning muxlisi bo'lgan. Urush davrida uning qiyofasidan foydalanib ko'p bolalar hayoti saqlab qolingan. Uni toping.
Жавоб: Mikki Maus
Izoh: Har bir kadr qo'l mehnati bilan chizilgan paytda Mikkini 4 ta barmoqli qilib chizish arzonroqqa tushgan. Urush davrida yosh bolalar protivagazni injiqliksiz taqishlari uchun Mikki qiyofasida chiqqan.
12-раунд саволи
Савол: Википедия жирафаларнинг ўзига ҳос доғларини Хларга қиёслайди. Физиологлар фикрича баъзи эгизаклардп Хлар бир хил бўлиши мумкин экан. Хларни икки сўзда айтинг
Жавоб: Бармоқ излари
Do'stlaringiz bilan baham: |