2 – o’quvchi:
Bugun bizda tantana
Shodiyona bugun.
Non haquda eslaylik
So’ylaylik bugun
3 – o’quvchi:
Tarbiyaviy soatdan
Ko’p tarbiya olamiz
Bugungisin nomini,
“Non aziz” deb olamiz.
O’qituvchi: Xalq mehnatining eng ajoyib namunalaridan biri nondir. U – hayotning asosi, inson aqlu, zakovati va ijodkorligining samarasi, odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, tinchlik va farovonligining ramzi hisoblanadi.
4 – o’quvchi:
Non – shu uch harfdan iborat bo’lgan so’zda qanchalar ma’no bor. Non – bu hayot, non – bu mo’l – ko’lchilikdir. Dunyo – dunyo bo’lib non ko’ngilga tekkanmikan. Albatta, yo’q, bunday odamning bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, non barcha ne’matlar ichida eng xushxo’ri, kishi uchun eng kerakli mahsulotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |