Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolarga quyidagilar zamin bo’lib xizmat qiladi:
Dunyoqarashlar o’rtasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
Yoshlarning bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do’stlar tanlashdagi mustaqilligi, xissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaaqilligi, umr yo’ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
Ota-onalarning jamiyat normalariga mos kelmaydigan xattiharakatlari.
Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o’rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga o’rganib qolishi.
Ayrim yoshlaring farzandlik burchini unitib qo’yishi.
Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarili darajada emasliginatijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |