1- Mavzu: Xiva xonligi Shayboniylar davrida (XVI – XVIII asr ikkinchi yarmi).
Temuriylar inqirozi va Xiva xonligining tashkil topishi (Arabshohlar sulolasi).
Abulg’ozixon va Anushaxon davrida Buxoro – Xiva o’rtasidagi urushlar.
Shohiniyozxon va Sherg’ozixon davrida Xiva – Rossiya munosabatlari. Xiva xonligida siyosiy parokandalik.
Foydalanilgan adabiyotlar: 10,11,12,14,15,16,18,21,22,24,25,26,37,46,47,56... .
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: XVI asr boshlarida Xorazmda ijtimoiy –siyosiy vaziyat.Xiva xonligining tashkil topishi.Xiva xonligi Elbarsxon davrida.XVI asrning 20-40 yillari va ikkinchi yarmida Xiva xonligi.
Dars maqsadi: Talabalarga XVI - Xorazm. Xiva xonligining tashkil topishi mavzusining mazmun-mohiyati borasida tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga doir tariflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning dolzarb yekanligidan talabalarni boxabar yetish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, yerkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil yetish. Talabalarga XVI asrda Xorazm. Xiva xonligining tashkil topishi mavzusining obyekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil yetishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan va O’rta Osiyoning eng rivojlangan qishloq xo’jalik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri bo’lgan Xorazm qadim zamonlardan bosqinchilarning etiborini o’ziga tortar edi.
Dashti qipchoqda tashkil topgan Shayboniyxon davlati Movaraunnaxr va Xuroson hududlarini egallashga qaratilgan harbiy yurishlarini amalga oshirar ekan Xorazmga xam qo’shin tashlashga katta etibor berdi. Chunki shu vaqtgacha Xusayn Boyqaro davlati tarkibida bulgan Xorazmni egallamasdan turib Xurosonga jo’natilgan qo’shinlarning xavfsizligini ta’minlab bo’lmas edi. Bundan tashqari Xorazm Buyuk Ipak yo’lidagi tranzit savdoning hal kiluvchi bo’g’ini va rivojlangan iktisodiyotga ega bulgan xudud sifatida Shayboniyxon e’tiborini tortgan edi.
1505 yilda Shayboniyxon qo’shini So’fiylar sulolasining vakili Chin So’fi boshkarayotgan Xivani kamal kiladi. Chin So’fi Sulton Xusayndan yordam suraydi. Lekin ichki nizolar Sulton Xusaynga yordam qo’lini cho’zish imkoniyatini bermaydi. 11 oylik qamal natijasida Xiva egallanadi va Chin So’fi o’ldiriladi va Xorazm shayboniylar davlati tarkibiga kiritiladi. Lekin tez orada, 1510 yilda Shayboniyxon o’ldirilgandan so’ng Eron shohi Ismoil Safaviy Xorazmni o’z davlati tarkibiga kiritishga muvaffaq bo’ladi va o’z dorug’alarini Xorazmni boshqarish uchun yuboradi. Bu dorug’alar va yuborilgan qo’shinga axoli faol qarshilik ko’rsatadi. Qarshilik ko’rsatish harakatiga sunniy mazxabidagi ulamo Umar boshchilik kiladi. Abulg’ozi ma’lumotiga ko’ra 1511 yilga kelib qizilboshlar Xorazmdan butunlay quvib chikariladilar. Xorazmning eng obruli shayxlaridan biri Sayid ota avlodi Sayid Xisomiddin Xitol tashabbusi bilan Jo’ji avlodi Berke sulton o’g’li Ilbarsxon Xorazm taxtiga taklif etiladi. Ilbarsxon Jo’ji o’g’li Shaybon avlodiga mansub bo’lsada Abulxayrxon va Shayboniyxonga qarshi harakat kilgan o’zbek urug’lariga raxbarlik kilgan edi. Ilbars va uning ukasi Boybars Xorazmga etib kelgach yoshu-qari qizilboshlarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Ogaxiy ma’lumotiga ko’ra Ilbarsxon Xorazmshoxlar tojini kiyadi. Boybarsxon oyoqlari falaj bo’lganligi sababli ko’proq Paland sulton nomi bilan xalq orasida ma’lum edi. Majruhligiga qaramay u g’oyatda jasur inson bulgan edi. Harbiy tuknashuvlar vaqtida Baybars o’z aravasiga 3-4 ta otni qo’shib eng og’ir, jangu-jadal qizigan joylarga o’zini urgan va mardona jang kilgan. Shuning uchun xam u xalq orasida dastlabki kunlardanoq e’tibor qozondi. Oddiy xalkning kayfiyatini va ukasining sadoqatli ekanligini inobatga olgan Ilbarsxon Baybars sultonga Vazir shaxrini va yirik axoli punktlari Yangi shaharni Tirsak bilan birga topshiradi.
Lekin Ilbarsxonni Xorazmliklarning eng obro’li vakillari taklif qilgan bo’lsalarda barcha shaharlar xam birday uning xokimiyatini tan olmadi. Ayniqsa Urganch va Xiva zodagonlari unga qattiq karshilik ko’rsatganlar.
Xonlik taxtiga utirgach oradan 3 oy o’tgach Ilbarsxon Eron qizilboshlari nazorati ostidagi Urganch shahriga otliq askarlardan iborat qo’shin tortib boradi. Urganch dorug’asi Subxonquli arab navkarlari tor-mor etiladi. Natijada qizilboshlar nafaqat Urganchni balki Xiva va Xorazmni xam tark etadilar. Natijada 1512 yilga kelib Xorazmning asosiy xududlari Ilbarsxon tuzgan davlat tarkibiga kiritiladi va bu xonlik uz markazi nomi bilan Xiva xonligi deb atala boshlanadi. 1524 yilda Ismoilshoh olamdan o’tgach Xorazmning qizilboshlar ixtiyoridagi janubiy hududlari ham Xiva xonligi tarkibiga kiritiladi. Bundan tashqari Xiva xonlari hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarini, shimoliy Xurosonni, Mangishloq va Balkan hududlarini ham egallaydilar. Xonlik hududlari kengaygan bo’lsada, davlat birligi doimiy ravishda taminlanmadi. Aksariyat holatlarda viloyatlar markazga bo’ysunmasdan mustaqil hudud sifatida boshkarilar edi. Viloyatlarni boshqargan xon qarindoshlari markaziy hokimiyatni tan olmay o’zaro kurash bilan band bo’lganlar. Ilbarsxon tuzgan davlat avvalboshdanoq markazlashmagan davlat edi. Maxalliy hukmdorlar o’z hududlarini mustaqil boshqarganlar. Ular bilan xonlar hisoblashishga majbur edilar. Masalan XVI asr davomida Dinmuhammad sulton, uning o’g’li Alisulton, nabirasi Nurmuhammad sulton Kopettog’ yon bag’irlari hududlarini, ya’ni Xorazm davlatining janubini mustaqil ravishda boshqargan edilar. Amudaryoninig o’ng qirg’og’idagi xududlarni Elbarsxon qarindoshlari boshqargan edilar. Ular xon chaqirig’i bilan qo’shin yuborish majburiyatini olgan edilar. Buning evaziga ular Amudaryo o’ng qirg’og’ida to’plangan barcha soliqlarni o’zlashtirish xuquqiga ega bo’ldilar. Bunday yondashuv separatizmni kuchaytirmasdan qolmadi va bu xolat ayniqsa 1525 yilda Elbasxon o’limidan keyin yanada kuchaydi. Elbarsxon o’z taxtini o’g’li Sultong’oziga qoldirdi. Lekin o’zbek sultonlari taxtga Abulekxon o’g’li Xasanqulini o’tqazdilar. Chunki Xasanquli Xorazm shayboniylari orasidagi eng yoshi ulug’i edi. Sultong’ozi tarafdorliri Xasanquliga qarshi xarakat boshlab Urganchni qamal qildilar. Shahar axolisi xokimiyatning o’zgarishi yangi soliqlar yig’ilishiga olib kelishini tushungan xolda qattiq qarshilik ko’rsatadi. Lekin oziq-ovqat zaXIralari tugab ochlik boshlanadi. Abulg’ozi malumotlariga ko’ra xatto eshaklar xam so’yilib sotilgan. Eshak boshining narXI 20 tanga bo’lgan. 4 oylik qamal natijasida katta talofat yetkazilgan. Xasanquli va uning o’g’li Bilol sulton xam jangda o’ldiriladi. Shaharni qamal qilgan kuchlarning aksariyatini Dashti Qipchoqning Aminakxon raxbarligidagi navkarlar tashkil qilgan edilar. Falaba qozonilgach, ular taxtga Sultong’ozini emas balki Aminakxon o’g’illaridan biri Sufiyonxonni (1525-1535) o’tqazadilar. Xiva , Xozarasp, Qiyotni egallagan o’zbek sultonlari So’fiyonxon atrofida birlashadilar. Ularning yordami bilan So’fiyonxon Xorazmning Kapettog’gacha bo’lgan janubiy sharqiy xududlarini bo’ysintiradi. Xorazmning Kaspiy dengizigacha bo’lgan Farbiy va janubiy g’arbiy xududlari Vazir, Yangi shahar , Tirsak bilan birga Sultong’ozi ixtiyoriga o’tadi. So’fiyonxon va Sultong’ozi o’rtasidagi kurash So’fiyonxon g’alabasi bilan yakunlanadi. Elbarsxon va Baybars farxandlari Buxoroga qochib ketadilar.
So’fiyonxon xokimyati xam unchalik mustaxkam emas edi. Xon askarlari doimiy ravishda turkman qabilalarining separatistik xarakatini bostirishga yuborilsalarda buning uddasidan chiqa olmagan edilar. So’fiyon o’limidan keyin taxtga uning ukalari avvaliga Bugachixon keyin Avaneshxon o’tiradilar.
Avaneshxon davrida Xorazm xududlariga Buxoro xoni Ubaydullaxon qo’shinlari bostirib kiradi. Qarshilik ko’rsatishga jur’at qilmagan Avaneshxon Dashti Qipchoqqa qochib ketadi. Urganchni egallagan Ubaydullaxon Avaneshxon orqasidan qo’shin yuboradi. Avaneshxonni quvib yetgan Ubaydullaxan qo’shini uni mag’lubiyatga uchratadi. Jangda Avaneshxon o’ldiriladi. Xorazm xukmdori qilib Ubaydulaxon o’z o’g’li Abdulazizni qoldiradi. Avaneshxon qarindoshlari Avaneshxonning o’g’li Dilmuxammadxon atrofiga birlashib turkman kabilasi adaklilarga murojat qiladilar. 1538 yilda katta imtiyozlar ya’ni tarxon yorliklari va’da qilingan adaklilar Xiva va Urganchni egallaydilar. Abdulaziz Buxoroga chekinadi. Dinmuxammadning onasi kanizakdan tugilgan edi. Chala zodagon bo’lganligi uchun Avanesh uni davlatni boshkarish ishlariga jalb kilmagan edi. Falabalardan so’ng xam u xonlik taxtiga o’tirmadi. Shunday bo’lsada Buxoro shayboniylarini quvib chiqargan Dinmuxammad katta obruga ega bulgan xukmdorga aylanadi Darun va Marv xududlari ustidan uz xukmronligini urnatadi. Xiva xonligi taxtiga esa Xojimxon utirdi. Xojimxon Xorazm xududlari orqali o’tgan Djenkinson malumotlariga kura juda katta hayotiy tajribaga, obru etiborga ega bo’lgan, insofli diyonatli va adolatpesha xon bo’lgan ekan. U mamlakatda davlat hokimiyatini birmuncha barkarorlashtirishga muvaffaq bo’ladi.
Buxoro xonligi Abdullaxon davrida Xiva xonligini bo’ysundirish uchun yana bir marta urinib ko’radi. 1575 yili Abdullaxon 2 Xojimxonning Xurosonga qo’shin bilan ketganligidan foydalanib Urganchga yurish kiladi. Xojimxonning orqaga qaytayotganligi ma’lum bo’lgach, Abdullaxon 2 uning ukalari bilan sulh tuzib Xiva xonligini tark etadi 1593 yilda Abdullaxon 2 yangi yurish tashkil qilib Xiva xonligini egallaydi. Oradan 2 yil o’tgach Xojimxon o’z taxtini Eron shohi Abbos va turkmanlar yordamida qaytarib olishga urinib kuradi. Lekin uning bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Faqat 1598 yilda Abdullaxon 2 o’limidan keyingina Xojimxon Xorazmni qaytarib olib yana xonlik taxtiga o’tiradi.
XVI asrda Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm hududlarini, Mang’ishloqni va Xurosonning Kopettog’dan shimolda joylashgan hududlarini qamrab olgan davlat edi. Shunday qilib jug’rofiy jihatdan Xiva xonligi bir-biridan Qoraqum saxrosi bilan ajratilgan ikki oazisdan : Xorazm va Kopettog’ yon bag’irlari voxalaridan iborat davlat edi. XVI asrda xonlik aholisi bir-biridan etnik va iqtisodiy-madaniy jihatdan keskin farqlanuvchi uch guruhdan iborat bo’ldi: xonlikdagi shaharlar va dehqonchilik bilan shug’ullanadigan o’troq aholi hududda qadim zamonlardan beri yashayotgan, ma’daniy va ma’naviy jihatdan eng qadimgi aholi an’analarini saqlab kelayotgan, til jihatidan turkiylashgan qatlamdan iborat edi. Xonlikda yaratilayotgan moddiy boyliklar asosan ana shu qatlam tomonidan yaratilayotgan edi. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug’ullanar edilar. Davlatga to’lanadigan soliqning asosiy qismi ham ana shularning hissasiga to’g’ri kelar edi. Bundan tashqari ularga sug’orish inshootlari, yo’llar, mudofaa devorlarini tamirlash bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlar yuklatilgan edi.
Ikkinchi etnik guruhni Xorazmdan g’arbiy va janubiy hududlarda chorvachilik bilan shug’ullanayotgan turkman qabilalari tashkil qilar edi. Ular ko’plab urug’ va qabilalarga bo’lingan bo’lib, ular orasida qarama-qarshiliklar g’oyatda kuchli bo’lganligi sababli Xiva xonlari tomonidan bo’yso’ndirilgan edilar. Turkmanlar foydalanilayotgan yer uchun va chorva miqdoriga qarab soliq to’laganlar. Bundan tashqari ular xon gvardiyasi uchun navkarlar ajratishlari ham lozim bo’lgan. Erksevar va jangovor turkmanlar Xiva xonligidagi toju-taxt uchun va tashqi dushmanga qarshi urushlarda faol ishtirok etganlar va ko’p holatlarda aynan ularning aralashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, Xojimxon turkmanlarning yordami bilangina 1598-yilda Abdullaxon vorislari ustidan g’alaba qozonib Hiva xonligining mustaqilligini ta’minlashga muvaffaq bo’lgan edi. O’z navbatida ibtidoiy-urug’chilik munosabatlarining ko’plab qoldiqlari saqlanib qolgan turkmanlarning xonlik siyosiy va iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi ularda jadal siyosiyishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga olib keldi. Bu jarayon turkman zodogonlarining xon XIzmatiga o’tishini kuchaytirdi va o’zbek va o’zbek feodallarining ular ustidan hukmronligini yanada mustahkamladi.
Uchinchi va eng ta’siri katta etnik guruhni Elbarsxon bilan kelgan kuchmanchi o’zbek urug’lari tashkil qildi. Xorazm egallangach o’zbek zodagonlari katta miqdordagi yer-mulk egalari bo’ldilar. Bugdan tashqari ular janglarda olinadigan o’ljaning katta qismini o’zlashtirish huquqiga ham ega edilar. Urug’ rahbarlari mamlakat siyosiy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatganlar. Xorazm egallangach ko’chmanchi o’zbeklarning o’troqlashuv jarayoni kuchayadi. Lekin XVI asrda ular xali asosan yarim o’troq, yarim ko’chmanchi tarzida xayot kechirayotgan edilar. XV asrning oXIri XVI asrning boshlarida mamlakat ijtimoiy xayotida xal qilivchi rolni Urganch, Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Xazorasp, shaharlari o’ynar edi. Amudaryo oqimining o’zgairishi ayrim shaharlar taqdiriga ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi . Ana shu shaharlardan biri qadimiy Urganch shahri edi. Geografik jihatdan juda qulay joyda joylashgan bu shahar asrlar davomida Buyuk ipak yo’lining markaziy shaharlaridan biri bo’lib keldi. Volga bo’yi davlatlari, Kiyev Rusi, Yevropa mamlakatlari, Vizantiya, keyinchalik Oltin O’rda va Rossiya bilan Markaziy, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalariga aynan shu shahar orqali amalga oshirilgan edi. Bu shahar ayniqsa Xorazmshohlar mamlapkatining poytaxti bo’lganda juda ham gullab yashnadi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra o’shanda shaharda 1 milliondan (butun mamlakatda 20 mln ) ortiq aholi istiqomat qilgan edi.
Mo’g’ullar shaharni vayronaga aylantirdilar. Lekin Chig’atoy ulusining siyosiytarqoqlikka uchrashi Urganchning yuksalishi uchun ma’lum darajada sharoit yaratdi. Chunki mayda-mayda davlatchalarga bo’lingan va o’zaro urushlar avjiga chiqqan O’rta Osiyo va Erondan farqli ravishda Oltin va Oq O’rdalarda nisbiy siyosiy barqarorlik mavjud edi. Shuning uchun Buyuk Ipak yo’lining Shimoliy tarmog’i rivojlana boshladi. Urganch ana shu savdo yo’lida joylashgan bo’lib, tez orada xal qiluvchi o’rinni egalladi. Shuning uchun ham Urganch shahri Oltin o’rdaning chekkasida joylashgan bo’lsada uning eng yirik va rivojlangan shaharlaridan biriga aylandi. O’tgan darslarda aytilganidek Amir Temurning harbiy yurishlaridan qo’zlangan maqsadlaridan biri Buyuk Ipak yo’lida Janubiy tarmoqning rolini oshrishdan iborat edi. Manbalarda Xorazmga 5 marta yurish qilingandan keyin Amir Temur Urganchni vayronaga aylantirish haqida buyruq berganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Buyruq berilganmi yoki yo’qmi , berilgan bo’lsa qay darajada ijro etilgan bu hozirgacha aniq emas. Lekin har qalay Urganch egallangach oradan 3 yil o’tib, 1392 yilda shahar qayta tiklanganligi to’g’risida mambalarda ma’lumotlar bor. Agar shahar yer bilan yakson qilinganda edi, bunchalik tez fursatda qayta tiklanishi mumkin emas edi. Shunday bo’lsada shahar o’zining ilgarigi nufuzini umuman tiklay olmadi. Temur va Temuriylar davrida bunga Janubiy tarmoqning hal qiluvchi ahamiyatga ega yekanligi halaqit bergan bo’lsa, XVIasrdan boshlab bunga Amudaryo o’zanining o’zgarishi va daryoning o’z suvini to’lasincha Orol dengiziga olib ketishi salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu holat XVIasrning 70-yillarida vujudga keldi. Hudud aholisi suvsizlikdan qiynalib Urganch va uning atrofidagi yerlarni tark eta boshladi. Shahar aholisi mamlakat janubida, Amudaryo qirg’og’ida Urganch shahrini barpo etdi. Yangi Urganch asta-sekin mamlakatning yangi savdo va hunarmandchilik markaziga aylana boshladi. Lekin ko’hna Urganch darajasiga chiqa olmadi.
Amudaryo o’zanining o’zgarishi munosabati bilan Xorazmning ikkinchi yirik shahri Vazir ham tushkunlikka yuz tutdi. Shahar axolisi uchun Gurlandan 12 km masofada kichik Vazir shaxri kuriladi. Kichik Vazir va Yangi Urganch mamlakatning yangi iqtisodiy markazlariga aylanishi munosabati bilan janubiy Xorazmda joylashgan boshqa shaharlar Qiyot, Gurlan shaharlarining nufuzi tushib ketadi. Ilgari Xorazmning eng rivojlangan hududi shimoliy viloyatlar bo’lsa, XVIasrdan boshlab janubiy hudud nufuzi o’sadi. Xuddi shu hududda joylashgan Xiva shahri mamlakat poytaxti bo’ladi. Birinchi bo’lib Hiva shahri 1556-yilda poytaxt deb e’lon qilinadi (Do’stxon tomonidan). Lekin o’sha davrlarda Hivaning roli va nufuzi uncha baland bo’lmagan. Siyosiytarqoqlik hukm surganligi sababli Hiva bu davrda nomigagina poytaxt bo’lgan edi xolos. Faqat XVIIasrning boshlaridagina vaziyat o’zgaradi. Abdulg’ozi hukmronligi davrida mamlakat rasmiy ravishda Xiva xonligi deb atala boshlanadi. Hiva XVI asrda unchalik yirik shahar bo’lmagan. XVI-XVIIasrlarda Buxorodan farqli ravshda faqat siyosiy markaz bo’lgan edi. XIXasrga kelibgina vaziyat o’zvaradi va shahar xonlikning eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |