Mashinalarning asosiy agregatlari quyidagilardan iborat:
–
kuzov va korpusni olib yuruvchi rama;
–
agregatlar (dvigatel, uzatmalar qutisi, ko‘priklar, tarqatish qutisi,
asosiy va bort uzatmalari);
–
mexanizmlar (ilashma, bosh friksion, qo‘shimcha uzatmalar qutisi,
kardanli uzatma, differensial, rul mexanizmi, rul uzatmasi, burilish mexanizmi);
–
osma va tormoz tizimlari va detallari.
Mashinalarning turlari va asosiy agregatlari 1- jadvalda keltirilgan.
1- jadval
Mashinaning turlari va asosiy agregatlari
Mashina (tip)
turlari
Asosiy agregatlari
Ko‘p maqsadga
mo‘ljal- langan
avtomobillar
Dvigatel, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, oldingi
etakchi ko‘prik, o‘rta ko‘prik, orqa ko‘prik, rama, kabina.
Ko‘p
o‘qli
maxsus shassi va ko‘p
o‘qli shatakchilar
Dvigatel, gidrotransformatorli planetar uzatmalar
qutisi, tarqatish qutisi, ko‘prik uzatmasi va reduktori, bort
uzatmasi, g‘ildirak reduktori, rama, korpus, kabina.
G‘ildirakli
shatakchilar va traktorlar
Dvigatel, bosh friksion, uzatmalar qutisi, burilish
mexanizmi, asosiy uzatma, yurgizish dvigateli, rama,
kabina.
Engil avtomobil
va avtobuslar
Dvigatel, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, oldingi
etakchi ko‘prik, orqa ko‘prik, rama, kuzov.
Agregatlarning tarkibiy qismlaridan uzellar va bazali detallar alohida
ajratilib, ularga agregatlarning boshqa detallari o‘rnatiladi.
Uzel – yig‘ish birligi bo‘lib, buyumning boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan
alohida yig‘iladi.
Bazali detallar – dvigatelning bloklari va tirsakli vallari, yurish qismi
transmissiya agregatlari karteri, elektr mashinalar agregatlarining korpuslari
(generatorlar, startyorlar), nasoslar korpuslari va boshqalar.
Avtomobil texnikalarini foydalanish va ishlatish jarayoni o‘ta intensiv
ravishda kechganligi sababli, dvigatel mexanizmi va uzellari detallari eyiladi va
ta’mirlanishga ehtiyoj seziladi.
Eyilgan detallar nominal yoki ta’mirlash o‘lchamiga tiklanadi, unga to‘g‘ri
geometrik shakl va ularga mos holdagi sirt xossalari beriladi, hamda turli xildagi
mexanik shikastlanishlar bartaraf etiladi. Buning uchun ta’mirlash detallarini
ishlatgan holda, hamda boshlang‘ich o‘lchamdagi detallardan foydalanib ularni
tiklash mumkin.
Eyilish darajasidan qat’iy nazar agarda, detal mustahkamligi etarlicha va
tanlangan usul iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lsa, detalni turlicha usullar
bilan tiklash mumkin. Detallarni ta’mirlash jarayonida mexanik ishlov berish,
suyultirib qoplash, metall bilan qoplash, elektrolitik o‘stirish, bosim, polimer
materiallar qoplash va boshqa usullar qo‘llaniladi. SHuningdek, ishlov berishning
elektrofizik, elektrokimyo va murakkab usullari ham mavjud.
Elektrofizik usulga ultratovush, plazma, lazer va elektron-nur yordamida
ishlov berishlar kiradi.
Elektrokimyo ishlov berish usuliga oqar elektrolitda o‘lcham berib, elektr
kontaktli va anod-mexanik ishlov berishlar kiradi.
Murakkab ishlov berish usuli elektroerozion-kimyoviy, ultratovush va
elektrokimyoviy ishlov berishni o‘z ichiga oladi. Har bir usul ishlov berilayotgan
yuzalarning mos holdagi aniqligini (6-dan 11-kvalitetgacha) va g‘adir-budirligini
(R
a,
0,02 dan 25 mkm gacha) olishga imkon beradi.
Mashinalarni ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning
qoldiq ish muddatidan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mashinalarning barcha detallarini ish muddatiga qarab uch guruhga bo‘lish
mumkin. Birinchi guruhga o‘z ish muddatini to‘liq o‘tagan va ta’mirlash paytida
yangisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan detallar kiradi. Bunday detallar nisbatan
oz bo‘lib, barcha detallar sonining 25 – 30 foizini tashkil etadi. Bu guruh detallarga
porshenlar, porshen halqalari, podshipniklarning vkladishlari, turli vtulkalar,
dumalanish podshipniklari, rezinotexnika buyumlari va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh detallari barcha detallarning 30 – 50 foizini tashkil etib, ularni
ta’mirlamasdan yana ishlatish mumkin. Bu guruh detallariga ish sirtlari joiz
chegarada eyilgan detallar kiradi.
Uchinchi guruh detallari barcha detallarning 40 – 45 foizini tashkil etadi.
Ulardan ta’mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga ancha
qimmat va murakkab bazali detallar, masalan, silindrlar bloki, tirsakli val,
uzatmalar qutisining karteri, orqa ko‘prik, taqsimlash vali kiradi. Bu detallarni
tiklash narxi ularni tayyorlash narxining 10 – 50 foizidan oshmaydi.
Harbiy avtomobil texnikalarini ta’mirlash iqtisodiy samaradorligini
oshirishning asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detallarining qoldiq ish
muddatidan foydalanishdan iborat.
Detallarni tiklash katta ahamiyatga ega. Detallarni tiklash uchun sarflanadigan
mablag‘ ularni tayyorlash xarajatlaridan 2-3 marta kam bo‘ladi. CHunki, detallarni
tiklashda ashyolar, elektr energiyasi va mehnat resurslari sarfi ancha qisqaradi.
Detallarni tiklash samaradorligi va sifati tanlangan usulga bog‘liq. Detallarni
tiklashning quyidagi usullari keng ko‘lamda qo‘llaniladi: mexanik ishlov berish,
payvandlash va metall suyultirib qoplash, purkab qoplash, galvanik va kimyoviy
ishlov berish, bosim bilan ishlov berish, sintetik ashyolardan foydalanish.
Mashinalarni va uskunalarni ta’mirlash texnologik jarayonida ularning
detallari tozalanadi, yaroqli – yaroqsizlarga saralanadi va sozlash va tiklash ishlari
bajariladi, shuningdek ba’zi hollarda tegishli sinovlardan ham o‘tkaziladi.
Detalning geometrik shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik
ta’sir etish ishlari tiklash ishlariga kiradi. Buning uchun quyidagi texnologik
jarayonlar bajariladi: detalning eyilgan sirtini to‘ldirib qoplash, ish vaqtida
egiluvchan deformatsiyalangan joylarni asl holatiga keltirish yoki eyilgan
joylarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida ashyoni qayta taqsimlash uchun plastik
deformatsiyalash, detalning bir qismini almashtirish va qo‘shimcha elementlar
o‘rnatish, detallarning sirtlariga biror usulda ishlov berish metallning bir qismini
olib tashlash.
Detallar ashyosining fizik–mexanik xossalarini tiklash bo‘yicha ishlarga
makroskopik nuqsonlarni (masalan, darz ketgan, emirila boshlagan joylar) bartaraf
etish va detalning eng muhim joylaridagi mikronuqsonlarning zararli ta’sirini
kamaytirish uchun biror usulda (termik, termomexanik ishlov berib, plastik
deformatsiyalab)
ashyoni
puxtalash
kiradi.
2–jadval
Detallarni tiklashda qo‘llaniladigan usullar
Usullar guruhi
Qo‘llaniladigan tiklash usullari
Suyultirib
payvandlash
(suyultirib metall qoplash)
Elektr yoy bilan payvandlash, elektr shlakli payvandlash, flyus
qatlami ostida, himoya gazlar muhitida, suv muhitida
payvandlash, tebranma yoyli, argon yoyli, gaz bilan, plazmali,
quyma nurli (elektron, lazer nurlari bilan) payvandlash.
Bosim bilan payvandlash
Metall
purkab
(to‘zitib)
qoplash
Metallash
Kavsharlash
Elektrolitik usulda metall
qoplash
Sintetik
ashyolardan
foydalanish
Bosim bilan ishlov berish
CHilangarlik
mexanik
ishlov berish
Elektr bilan ishlov berish
usullari
Puxtalaydigan ishlov berish
usullari
Elektr kontakt, ishqalash, portlatish, gorn (temirchilik o‘chog‘i)
da, taxtakach ostida, diffuzion, ultratovush, sovuqlayin, induksion
payvandlash.
Plazmali, gaz plazmali usul bilan purkab qoplash.
Gaz, elektr, yuqori chastotali, plazmali.
YUmshoq, qattiq va alyuminiy kavsharlar bilan kavsharlash.
Xromlash, nikellash.
Soxta suyuq qatlamda, gaz plazmali usulida, bosim usulida quyish
usulida, taxtakachlab qoplash.
Kengaytirish, cho‘ktirish, aylanasiga yumalatib puxtalash,
cho‘zish, qisman cho‘ktirish, elektr mexanik ishlov berish.
SHaberlash, ishqalash, frezerlash, silliqlash, kengaytirish, shtift
o‘rnatish, rezbani tozalash, tortib turuvchi va boshqa elementlarni
o‘rnatish.
Anod – mexanik, elektr kimyoviy, elektr - kontakt, elektr –
impulsli.
Termik, termik – mexanik, kimyo – termik, sitrqi plastik
deformatsiyalash, olmosli asbob bilan ishlov berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |