1- mavzu: O‘zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoev asarlari, farmon va qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish G‘OYasining ishlab chiqilishI



Download 1,26 Mb.
bet34/42
Sana29.08.2021
Hajmi1,26 Mb.
#159472
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
1.1 модуль 1-мавзу

Birinchidan, inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz bo‘lishi lozim.Keyingi yillarda mamlakatimizda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.

Bu yilning o‘zida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchi, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi, “Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi konvensiyalari ratifikatsiya qilindi. Bu bizning majburiy mehnatga qarshi kurashish borasidagi qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyamizni ifoda etadi.

So‘nggi yillarda jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo‘yicha 8 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi. Ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida kuni kecha navbatdagi farmonga imzo chekdim. Unga binoan jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar mahkum afv etilib, ular erkin hayotga qaytariladi.

Bu yil Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasini yopganimiz ham ana shunday insonparvar siyosatning amaliy namunasi bo‘ldi. 

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug‘urta to‘lash tartibi birinchi marta amaliyotga kiritildi. Natijada manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan pensiya yoshidagi 709 nafar mahkumga pensiya pullari to‘lab berilmoqda.

Joriy yilda “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ana shu tadbirlar doirasida Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afg‘onistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. Ularga zarur tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.  

Inson huquqlarini ta’minlash haqida gapirganda, o‘tgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, ushbu yilda 5 ming 868 nafar yurtdoshimiz O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini ta’kidlashni istar edim. Lekin bu sohada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Milliy strategiya doirasida inson huquqlarini o‘qitishning uzluksiz tizimini yaratish, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, kadrlarni qayta tayyorlash markazlarida “Inson huquqlari”, “Bola huquqlari”, “Ayollar huquqlari” nomli maxsus o‘quv kurslarini joriy etishning vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman.

1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish