Birinchidan, muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiriladi. Bu yo‘l erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir. Shuningdek, Sh.Mirziyoev mamlakat Prezidenti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va so‘zsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquk va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashki siyosatni amalga oshirishni o‘zining eng asosiy burchi va vazifasi ekanini aytib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |