Uchinchidan, advokatura institutini takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarish zarur.Bu tizimning huquqiy maqomini kuchaytirish, advokatlar vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Lekin hali o‘z yechimini topmagan muammolar ham bor. Misol uchun, 33 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat ko‘rsatayotganini ijobiy baholab bo‘lmaydi.Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlarning 60 foizi 50 yoshdan oshgan shaxslardir. Ular orasida 30 yoshga to‘lmagan yoshlar 70 nafarga ham yetmasligini qanday izohlash mumkin?!Bunday achinarli holatga barham berish uchun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oshirish, advokatura institutining mustaqilligini ta’minlashimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |