Yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimidir.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini ta’kidlash lozim. Biz yoshlar uchun ularning sog‘lom tug‘ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma’lum.5
2016-yil 14-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-406 Qonuni qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |