1 -mavzu: O’zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1.O’zbek tili taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari
2.Davlat tili to’g’risidagi qonun haqida
3. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad, vazifalari
Tayanch iboralar: madaniyat, uslub, qonun, asos, modda, rasmiy, barkamol shaxs, ish yuritish, atama, so‘zlashuv uslubi
1.O’zbek tili tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish bosqichlari
“Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin, so‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlik alomatidir. Agar gapirganda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan...”
Kaykovus.
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zebu ziynati, go‘zalligi uning tilidadir" deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Zotan, til millat degan birlikning asosi.Ubo‘lmasa, millat ham bo‘lmaydi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning quyidagi so‘zlarida ulkan ma’no bor: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi... Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Demakki, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.
Bosh maqsadi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi bo‘lmish milliy g‘oyamizning kurashchanligini ta’minlashda ma’naviyat va ma’rifat hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Ona tiliga muhabbat, davlat tiliga ehtirom ana shu omillarni shakllantiradi, ularga kuch beradi. Shuning uchun ham milliy g‘oya targ‘ibida ona tiliga muhabbat"1 tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda ma’naviyat jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga, davlat tiliga e’tibor masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bejiz emas. Respublikamizning "Davlat tili haqida" gi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunlari, "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur" va boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu yo‘nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko‘rsatib berilgan. Davlatimiz rahbari 1997 yilning iyunida Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni tuzish" komissiyasining yig‘ilishida har bir fuqaro uchun "o‘z davlat tilini bilish, uni o‘rganish yuksak ma’naviyat, Vatani va xalqigasadoqatbelgisi" ekanligini asosli ravishda ta’kidlaganlar.
Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam, harqanday kadr, engavvalo, o‘z ona tilini e’zozlamog‘i lozim. Bu e’zoz boshsharti esa uning tuganmas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya’ni fikrni mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda etaolmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |