4. Publitsistik uslub.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan
barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki
ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan
bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning
yozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga
ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi.
Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va
ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar
mavjud bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |