2. Nutqning aniqligi.
Nutqning aniqligi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning
nutqdagi atamasi bo`lgan materiali o`rtasidagi mutanosiblikni taqozo qiladi:
a) sinonimlardan o`rinli foydalanish;
b) antonimlardan to`g`ri foydalanish;
c) ko`chma ma’noli so`zlarni o`rinli qo`llash;
d) so`z birikmalarini to`g`ri qo`llash;
e) iboralarni to`g`ri qo`llash;
O`qituvchi nutqida atamalar va mutaxassislikka oid leksika asosiy o`rinni
egallaydi. Ular o`quvchi bilimining dunyoqarashining bilishi hisoblanadi.
Fan sifatida o`zbek tilshunosligi ham boy atamalarga ega. Ularning bir qismi
tilshunos olimlarimiz tomonidan ijod qilingan bu bir qismi boshqa tillardan to`g`ri
yoki kalkalash (nusxa olish) orqali qabul qilingandir.
XX asrda xalqaro ilmiy aloqalar nihoyatda ravnaq topdi. Ayni til hodisasi bir
necha atama bilan izohlanadigan holatlar nihoyatda ko`paydi.
Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma’lum. G`arb
mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti
hisoblanganlar. Aristotel “Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi” degan
bo`lsa, Kaykovus: “Ey, farzand, so`zning yuz va orqa tomonini bilgin. Ularga rioya
qilgan, so`zlaganda ma’noli gapir, notiqlikning alomatidir”. Agar gapirgan
vaqtingda so`zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang aniqlik nutqning
tenbrlarini yaxshilash, diktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past baland tovlanib
turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar.
O`zbek adabiy tili og`zaki nutq texnikasini rivojiga o`zbek madaniyatining
atoqli namoyondalari – shoirlar, yozuvchilar. Can’atkorlar, aktyorlar katta hissa
qo`shadilar..
Yozma nutq texnikasi o`z mohiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi.
1. Har qanday yozma nutq uchun zarur bo`lgan texnik xususiyatlar.
“Nutqning aniqligi so`zning narsa va hodisalardan aks etgan borliq belgilari bilan
qat’iy mos kelinishidir”. Deydi rus tilshunosi V.N.Golovin.
Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Narsa aniqligi
nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nusxa
mazmunining munosabatida ko`riladi. Demak, mavjudlik narsalar, hodisalar orqali
nutqda aniq aks etgan bo`lsa, bunday nutq aniq hisoblanadi.
Nutqning har tomonlama to`g`rib o`lishi uchun narsa aniqligining o`zi
yetarli emas. Tushunchaviy aniqlik ham bo`lishi zarur. A.Qahhor “Men yozilgan
sahifani hatto jumlani ham ustidan tuzata olmayman. Jumla hatto butun bir
sahifaning bir so`zini o`chirib, o`rniga, boshqasini yozish uchun boshqa qog`ozga
o`sha jumla, hatto sahifani ko`chirib yozaman. Nutq bilan qilingan mehnat dard va
quvonchni yuzaga chiqara oladi” – degan edi.
Aniq nutq yaratish so`zlovchidan quyidagilarni o`rganish va ularga amal
qilishni talab qiladi:
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli
variantni ajratib nutqda qo`llash.
b) Nutqda ishlatiladigan so`zning otlashgan ma’nolarini har tomonlama
bilish; nojiddiy, taxminiy qo`llashlardan qochish; chunki batayn soz qo`llash
nutqni beburd qiladi;
c) So`zning ko`p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko`p ma’noni soz nutqda
qo`llanganda o`zining qaysi ma’noda ishlatilayotganligini aniq tasavvur qilish, fikr
yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa ma’no qirralari mon’elik qilish-qilmasligini
ko`z oldiga keltirish; omonimlarning xususiyatlarini adabiy normadagi ifodalar
bilan yetkazishidir. O`qituvchining tili hamma vaqt o`zbek adabiy tili normalarga
sodiq qoladi, adabiy tilning go`zal va ta’sirchanligini o`zida saqlaydi. Adabiy til
ma’lum qo`shimchalar, Grammatik kategoriyalarni qo`llanilishidagi bir xilligi,
barqarorligi bilan umumo`zbek harakatlarida bo`ladi. Shevalardan ustun turadi.
Uning ustunligini bir tomondan adabiy normalar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |