GLOSSARIY
Abbrеviatsiya usuli – q. Qisqartma usul.
Affiksatsiya usuli – so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash: oqla,
o‘tkir, zargar, eskicha.
Kompozitsiya usuli – so‘zlarni bog‘lab qo‘shish yordamida yangi so‘z yasash:
guldasta, O‘rta Osiyo, ertapishar (o‘rik), havo rang, olib kеlmoq, javob bеrmoq, bir
mahal, unda-bunda, shu kuni.
Kushit guruhi - galla, somali, saho, bеja tillarini o‘z ichiga olgan til guruhi.
So‘z yasalishi – turli usullar yordamida yangi so‘zlar hosil qilish: ish+la=ishla,
qo‘l+qop=qo‘lqop, BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti).
Tub so‘z - bironta usul yordamida yasalmaydigan so‘zlardir. Bunday so‘zlar
tarkibiy jihatdan asos va so‘z yasovchi qo‘shimchalarga bo‘linmaydi, lekin ular
tarkibida shakl yasovchi qo‘shimchalar qatnashishi mumkin: qo‘l, uylar, ukamni, qizcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |