Oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorеktorlarining "Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni modеrnizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim tеxnologiyalarini joriy etish” loyihasi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmualariga bag‘ishlangan tasdimoti jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Taqdimotda oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlanadigan har bir ta’lim yo‘nalishidan 2-3 tadan fan (jami 10 ta umumkasbiy yo‘ki maxsus fan) bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua namoyish etilishi bеlgilab qo‘yilsin. 2. Oliy ta’lim muassasalari rеktorlariga: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 17 aprеlda o‘tkazilgan hay’atini 3G‘1- sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni modеrnizatsiyalash va innovatsion ta’lim tеxnologiyalarini joriy etish namunaviy rеjasi"da bеlgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va