261
Hamzaning pedagoglik mahorati. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘zbek
madaniyatining yeng yirik namoyadalaridan biri. U ma‘rifatparvar shoir, o‘qituvchi,
jamoat arbobi, kompozitor, rejissyor, jurnalist sifatida ma‘lumdir. O‘zbek teatr san‘atini
rivojida muhim hissa qo‘shgan buyuk dramaturg hamdir. Hamza 1989-yil 6-martda
Qo‘qon shahrida tabib oilasida dunyoga keladi. Hamza o‘zining o‘qishga bo‘lgan zo‘r
ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to‘la xat savodli bo‘lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga
kirib o‘qiy boshlaydi.Biroq madrasa ta‘limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko‘ra,
u Lutfiy, Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini mustaqil suratda mutoala qiladi,
o‘rganadi.
Hamza 1911-yili Qo‘qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va
kambag‘al bolalarni o‘qitadi, o‘quvchilar uchun “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi”
o‘quv qo‘llanmalarini yaratadi. Hamzaning ijodi va o‘qituvchilik faoliyati o‘sha vaqtdagi
hukumat amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni
buzuvchi, din va ma‘rifatdan ozdiruvchi maktab” deb qoralab yoptirib, o‘zini ta‘qib yeta
boshlaydilar.
Hamza 1913-yil fevralda chet yelga ketib, Afg‘oniston , Hindiston, Makka,
Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo‘ladi va 1914-yil
boshlarida Qo‘qonga qaytadi. 1915-yilda Shohimardonda maktab ochadi, muallimlar
tayyorlaydigan kurs tashkil yetadi, bu o‘quv muassasasi chinakam xalq maktablarining
dastlabki namunasi yedi. Hamza bu maktabda yoshlarga dunyoviy fanlarni o‘qitadi,
aqliy, axloqiy tarbiyaga alohida ahamiyat beradi. Hamza Hakimzoda 1915-1916-yillarda
yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to‘plamlarida,
“Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida
mehnatkash xalqni o‘qishga, ilm o‘rganishga davat yetadi:
Kim bilurdi odamu olam nadur, hayvon nechuk?
Bo‘lmas yerdi agar insonda bu asor ilm.
Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqqa kayfiyatini,
Lozim o‘lg‘ay topmoqqa avval o‘qib axbor ilm.
Hamza “Sadoi Turkiston”gazetasida bosilgan bir she‘rida “bir iloj qilib kambag‘al
bolalarni aqchasiz... tarbiya va o‘quvga boshlarini band qilmoq...”choralarini izlaydi,
she‘r va maqollarida bolalarni o‘qishga chaqiradi. Bu g‘oyani Hamza “O‘qi” she‘rida
bayon yetadi:
Ko‘zimizga ko‘rinib turgan hamma asboblar
Hech biri bo‘lmas yedi, gar bo‘lmasa, zinhor o‘quv.
Yer yuzida ko‘milib yotgan hama oltin, kumush
Yuzag‘a chiqdi barii, bis anga axbor, o‘quv...
Do'stlaringiz bilan baham: