280-mashq. O‘qing. Mustaqil va yordamchi so‘zlarni topib, ularning grammatik xususiyatini
qiyoslab tushuntiring.
1. Husayn bu ishni Alishergagina ishonib topshirish mumkinligini tushunar, chunki u xalq
o‘rtasida shoirning e’tibori naqadar balandligini bilardi. (L. Batь.) 2. Saidakbar hoji qutini
beparvogina ochdi-yu, ko‘zi tinib ketdi. Unda chindan ham zavqi benihoya baland va
serhafsala ustaning mo‘’jizakor san’ati o‘zining butun jozibasini namoyish qilib turardi: bu
«etti qaroqchi» yulduzining gavhar donachalari bilan aks etgan oltin uzuk edi! (SH.) 3.
Bunday muhabbat na qilich damidan, na jallod doridan qo‘rqadi. (SH.) 4. Irodali, go‘zal va
sitamkor Xadichabegim Husaynning qalbini batamom asir etgandi: u hech qachon hech
narsani so‘rab o‘tirmas, balki talab qilardi. (L. Batь.)
Do'stlaringiz bilan baham: |