GLOSSARIY
Sari shumo - jon solig‘i.
«Xulosat ul –axbor fi ahvol il-ahyor» - («Xayrli kishilar ahvolidan (jahon)
xabarlarining xulosasi»).
Xondamir - (to‘liq ismi: G‘iyosiddin ibn Humomiddin Muhammad ibn xoja Jaloliddin
Muhammad ibn xoja Burhoniddin) 1475- yili Hirotda tug‘ildi.
179
31-MAVZU: GULXANIYNING “ZARBULMASAL” ASARI HAQIDA 2 SOAT
Ma`ruza mashg`uloti mavzulari
1. «Zarbulmasal» haqida tushuncha.
3. Gulxaniy masallari.
4. Xulosa.
Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab ijod etgan va bu
davr o‘zbеk adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan yozuvchilardan biridir. Uning asl-
ismi-sharifi Muhammad sharif bo‘lib, Gulxaniy esa uning adabiy talaxxusidir.
Taxminlarga ko‘ra XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo‘jand viloyatining Darvoza
qishlog‘ida dunyoga kеladi.
U o‘z ilmini oshirish maqsadida avval Namangan va so‘ngra Farg‘onaga
kеldi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy shе’rlari bilan kishilar o‘rtasida tanila
boshlaydi. Ayniqsa, g‘ariblik turkumidagi ruboiy va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi.
Shoir kеyinchalik Qo‘qonga kеladi va bu еrda ko‘p qiyinchiliklar bilan yashaydi.
Tirikchilik o‘tkazish uchun hammomda o‘t yoquvchi bo‘lib ishlaydi.
«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o‘tkir
saritik asardir. Gulxaniy o‘zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli
so‘zlari va qoririq gaplaridan mohirlik bilan foydalanadi. U hukmdorlar va ularning
laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo‘li bilan o‘tkir satira
ostiga oladi. Chunki u mеhnatkash xalqning og‘ir, mashaqqatli hayotini o‘z ko‘zi
bilan ko‘rdi, saroy bazmlari, kеti uzilmas mayparastliklar, xalqni talash hisobiga
bo‘lishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning ko‘zini ochdi. Natijada unda saroy
aristokratiyasiga nasbatan nafrat hissi tabora oshib bordi. Ammo shoir, shariatga
ko‘ra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi.
Shuning uchun majoziy shakldagi «Zarbulmasal» asarini yozishga kirishdi. Asarda
shoirning maqsadi, hayotga, uni o‘rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo‘lgan
munosabati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash
majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalanadi. Shoir shu zaylda o‘zi yashagan
zamon uchun aniq va xaraktеrli voqеa-hodisalarni, ularga o‘zining munosabatini,
qarashlarini tasvirlaydi.
Muallif o‘z masalalarida majlziy obrazlar orqali o‘sha davrda hukmron sinf
vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik kеltirgan o‘zaro
urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy o‘z zamonasida sodir bo‘layotgan talon-taroj, xalqni qiynash, ortiqcha
soliqlar solish kabi voqеalarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak
yo‘li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi.
Maymun bilan Najjor (Nasriy bayoni) Kashmir o‘lkasida go‘zal, dov-daraxti ko‘p,
sermeva, xushbo‘y gullari, rohatijon suvlari serob bir tog‘ bo‘lardi.SHu yerda
Maymun iste‘qomat qilardi.Kunlarning birida o‘z hunarini yaxshi bilgan, mohir
duradgor shahar azoblaridan qutulib, yog‘och izlab shu toqqa keladi. Bir yog‘ochni
kesib,pona qoqib, unutib qoldirgan teshasini olib kelishga jo‘naydi.Buni kuzatib
o‘tirgan Maymun duradgorga g‘avasi kelib tezda u kesgan yog‘ochning ustiga chiqib
olib, uning ishini davom ettirmoqi bo‘ladi. Dumi yog‘och yorig‘iga kirib qolib dumidan
ajraladi. Najjor juda aqlli va mohir hunarmand. U «shaharning zindonidan ozod
o‘lib” toqqa chiqadi. Tog‘ni sevib qoladi.» Tog‘ning Shiriniga Farhod” bo‘lib
180
qoladi. Gulxaniy uning mehnati va mehnatdagi mahoratini ulug‘laydi. Shu yo‘l
bilan asarda hunarni va hunar ahlini kuylash va ulug‘lash, kishilarni hunar o‘rganishga
chaqirish kabi muhim g‘oyani ilgari suradi.
Maymun nihoyatda kaltafahm, u aql-farosatini ilatmagani tufayli dumi yog‘och
orasiga qisilib qolib, dumidan ayriladi.
Toshbaqa bilan Chayon (nasriy bayoni) Bu masalda hikoya qilinishicha Iroqdan
Hijozga kelayotgan Toshbaqa yo‘lda Chayon bilan uchrashadi. Ular birga
ketayotganlarida daryoga duch keladilar. Toshbaqa daryodan so‘zib o‘tib orqasiga
qarasa, Chayon daryo qirg‘ogida turibdi. Qaytib qirg‘oqqa kelib,ustiga Chayonni
mindirib yana qirg‘oq tomon suzadi. Chayon esa Toshbaqaga nish urmoqchi
bo‘ladi. Buni sezgan va Chayonni avval ogohlantirgan Toshbaqa suvga shung‘ib
munofiq va xiyonatkor Chayonni suvga cho‘ktirib yuboradi.
Masalda Toshbaqa aqlli, bardoshli, fahm-farosatli inson; sadoqatli do‘st
sifatida gavdalansa, Chayon yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik bilan
javob beradigan, do‘stiga ham xiyonat qiluvchi, fikri-zikri birovga yomonlik qilish
bo‘lgan kishilar sifatida tasvirlanadi.
Gulxaniy bu masal orqali Chayonga uxshagan yomonlar bilan do‘st
tutinma, undaylardan ehtiyot bo‘l, chunki yomon xech qachon yomonligidan
qolmaydi, degan muhim didaktik fikrni ilgari suradi.
Gulxaniy masalda yaxshi murodiga yetadi, yomon doim jazoga uchraydi,
yaxshilik murod sari yetaklaydi, yomonlik halokatga duchor qiladi, degan didaktik xulosa
chiqaradi.
Tuya bilan Bo‘taloq Kunlardan bir kuni sarbon tuyasiga yuk ortib yo‘lga tushadi.
Tuyaning orqasidan bolasi ham ergashadi. Ortilgan yuk og‘ir, manzil uzoq, havo
issiq, yo‘l esa jazirama sahro edi. Ona ketidan ergashgan, yo‘lda ochiqib,
charchagan Bo‘taloq bir oz to‘xtashni onasidan zorlanib so‘raydi. Ko‘zlaridan yosh
suvdek oqayotgan, to‘xtashning ilojini topa olmagan ona: mening ixtiyorim
sarbonning qo‘lida. Menda agar zarra ixtiyor bo‘lganda, og‘ir yuk ostida qolmagan
bo‘lur erdim, deb javob beradi.
Gulxaniy bu masalda sarbon, Tuya va uning Bo‘talog‘i obrazlari orqali mehnat
ahlining og‘ir turmushini, erksizligini tasvirlaydi, inson haq-huquqi poymol
qilinganligiga e‘tiroz bildiradi. Mazlumlarning ohu faryodi, shikoyatini zo‘r mahorat
bilan ifodalaydi.
“Zarbulmasal” asarining qisqacha mazmuni.
Farg‘ona iqlimida Kayqubod ismli podshohdan qolgan eski bir shahriston bor
ekan. U shaxarda Boyo‘g‘li bilan Boyqush yashar ekanlar. Ularning bir qizi bo‘lib, oy
desa oydek kun desa kundek go‘zal edi. Bu go‘zalning ismini Kunushbonu der edilar.
Boyo‘g‘lidan bir yog‘och masofa uzoqroqda Yapaloqqush va uning o‘g‘li Kulangir
Sulton yashaydi. Yapaloqqush o‘g‘li Kulangir sultonga Kunushbonuni olib bermoqchi
bo‘ldi va Ko‘rqushni Boyo‘g‘lining uyiga sovchilikka yuboradi. Boyo‘g‘li
kengashib so‘ngra javob berishini, bilish uchun yana bir kelishini aytadi. Bu
javobni Ko‘rqush Boyo‘g‘lining “iliq so‘zi” bilib, uni Yapaloqqushga yetkazadi.
Bu xabar qushlar shohi Malikshohinga borib yetadi. U xazinachi Kordon bilan
xizmatkori Turumtoyni to‘y xarajatlarini aniqlash uchun Boyo‘g‘lining uyiga yuboradi.
Ular urtasida uzoq munozara boradi. Boyo‘g‘li qizi uchun ming chordevor talab qiladi.
Nihoyat, yana Ko‘rqush borib Movaraunnaxr mamlakatidan ming chordevor berishga
rozi ekanliklarini aytadi.
181
To‘y bo‘ladi. Gulxaniy Boyo‘g‘li, Yapaloqqush va Kulangir sulton
obrazlarida o‘zlari koshonada yashab, vayronagarchilikning sababchisi va tarafdori
bo‘lgan, mol-mulk orttirishga intilgan ba‘zi amaldorlarni tanqid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |