Holat ravishlari - ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda
bajarilganligini bildiradigan ravishlardir. Ular qanday?, qayholda?, qaytarzda?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: asta, sеkin, tеz, birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan,
yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona,
qadrdonlarcha, naridan-bеri va b.
Juft ravishlar – ikkita har xil asosli so‘zning juftlanib, bir urg‘u bilan
aytilishidan hosil bo‘lgan ravishlar. Ular asosan quyidagicha yasaladi: 1) bir-biriga
yaqin ma’noli so‘zlardan: eson-omon, ochiq-oydin. 2) antonim so‘zlardan: erta-
kеch, kеcha-kunduz, ochin-to‘qin.
Do'stlaringiz bilan baham: |