5.Jamlovchi sonlar shaxslar, narsalar miqdorini jamlab, umumlashtirib yoki ajratib
ko‘rsatadi. Ular miqdor sonlarga -ov, -avlon, -ala qo‘shimchalaridan tegishlisini qo‘shish
bilan hosil bo‘ladi: ikkovi, uchovlon, to‘rtalasi, oltovlon, yettoviga kabi.
6.Kasr sonlar butunning qismini, bo‘lagini ifodalaydi: yarim, chorak, nim chorak,
to‘rtdan bir, ikki butun o‘ndan besh kabi.
Tartib sonlar ham miqdor sonlarga -nchi, -inchi qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish
orqali hosil bo‘lib, narsalarning tartibini, joylashish o‘rnini bildiradi: ikkinchi, to‘rtinchi,
o‘n birinchi, yetmish sakkizinchi kabi.
Sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1. Sodda sonlar. 2. Murakkab sonlar.
Sodda sonlar birgina o‘zakdan tashkil topadi: bir, о‘п, yuz, yetmish, to‘qson, ming
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |