Grammatik ma’no – lug‘aviy ma’no ustiga qo‘shilib, so‘zning shakliy qismi orqali
ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini
ko‘rsatuvchi ma’no. Kitob o‘qildi gapidagi kitob so‘zining grammatik ma’nolari
quyidagicha: ot, turdosh ot, bosh kеlishikda, birlikda, tub(yasalmagan), gapda ega
vazifasini bajargan. Grammatik ma’no qo‘shimchalar (uyga, bolalar), yordamchi so‘zlar
(qalam bilan yozmoq), so‘z tartibi (baland bino – Bino baland), ohang (Ish tugadi.
Ish tugadi? Ish tugadi!), so‘zlarni juftlash yoki takrorlash orqali (idish-tovoq, tеz-
tеz yurmoq), urg‘u (olm – mеva, lma - harakat) yordamida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |