1- mavzu: Morfemika


So‘z  yasovchi  qo‘shimchalar



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

So‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  –  o‘zakka  qo‘shilib,  yangi  ma’noli  so‘z  hosil  qiladigan  
qo‘shimchalar:    sinfdosh,  guldon,  suvli,  sеzgir,  oqla,  ko‘pay, do‘stona, majburan.  
 
 
 2-MAVZU: TUB VA YASAMA SO‘ZLAR. SO‘Z YASALISHI  
                            HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT  (2 soat) 
 
Ma`ruza mashg`uloti rejasi: 
 
1. So‘z yasalishi haqida ma’lumot . 
2.Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi.  
3.Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishi 
 
1-ilova  


 
39 
 
 So‘z  yasalishi  tilshunoslikning  mustaqil  sohalaridan  biri  bo‘lib,  u  yangi  ma’noli 
so‘z  yasalishi,  so‘z  yasash  usullari,  so‘z  yasalishiga  aloqador  bo‘lgan  hodisalarni 
o‘rganadi. 
 
«So‘z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo‘llanadi: 1) tilshunoslikning 
so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni tekshiruvchi bo‘limini; 2) umuman so‘z yasalishi, 
so‘z hosil qilinishini bildiradi. 
 
  Nutqda so‘zlar tub yoki yasama shaklda qo‘llanadi. 
 
YAsovchi  affikslarga  yoki  yasovchi  qismlarga  ega  bo‘lmagan  so‘z  tub  so‘z 
deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o‘n,  yigirma, 
biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o‘qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. 
 
Tilda  mavjud  usullar  bilan  yangi  hosil  qilingan  so‘z  yasama  so‘z  deb  yuritiladi. 
Masalan, tinchlik, bog‘ bon, gulzor, jonlan, birlash, ko‘kar, sezgir, zavqli so‘zlari o‘zakka 
yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo‘shish usuli bilan yasalgan 
bo‘lsa,  Dilorom,  Durbek,  Oqtepa,  bilakuzuk,  sohibjamol,  sofdil,  erksevar  so‘zlari 
so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qo‘shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan. 
 
Tilda  mavjud  bo‘lgan  so‘z  (yoki  so‘zlar,  so‘z  shakllar  negizida  ma’lum  usullar 
bilan yangi ma’nodagi so‘zlarni hosil qilish so‘z yasalishi deyiladi. 
 
  O‘zbek  tilida  so‘z  yasalishining  affiksatsiya,  kompozitsiya,  fonetik,  semantik, 
abbreviatsiya kabi usullari bo‘lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy 
va etakchi usullar hisoblanadi. 
2- ilova  
Affiksatsiya  usuli.  So‘zga  so‘z  yasovchi  affiks  qo‘shish  bilan  yangi  so‘z  hosil 
qilish  affiksatsiya  usuli  deyiladi.  Masalan,  Paxtakor,  sinfdosh,  quvonch,  do‘stlik,  ochiq, 
tirishqoq,  serjilo,  ilmiy,  o‘yla,  kengay,  shodlan,  tinchi,  tasodifan,  oqilona,  ko‘pincha, 
ertalab va boshqalar. 
 
So‘z  yasovchi  affikslar  o‘zbek  tilida  asosan  suffiks  tarzida  qo‘llanib,  so‘z 
o‘zagidan  so‘ng  qo‘shilib  keladi.  Ba’zan  bunday  affikslar  o‘zak  oldiga  prefiks  tarzida 
qo‘shilib,  yangi ma’nodagi so‘z  yasashi mumkin. Masalan,  serhosil, serunum, badavlat, 
ba’mani, beminnat, beg‘araz, noo‘rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k. 
 
O‘zbek  tilida  so‘z  yasovchi  affikslardan  tashqari,  o‘z  xususiyatlari  bilan 
affikslarga  juda  yaqin  turadigan  xona,  noma,  obod  kabi  so‘z-affikslar  ham  mavjud. 
Bunday  so‘z-affikslar  tilshunoslikda  affiksoidlar  deb  ham  yuritiladi:  ishxona, 
mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod. 
 
3-ilova  
 Kompozitsiya  usuli.  Birdan  ortiq  mustaqil  ma’noli  so‘z  yoki  so‘z  shakllarining 
qo‘shiluvi,  birikuvi  orqali  yangi  so‘z  yasash  kompozitsiya  usuli  bilan  so‘z  yasash 
deyiladi.  Bu  usul  bilan  qo‘shma,  ayrim  juft  so‘zlar  hosil  qilinadi.  Masalan,  guldasta, 
gultojixo‘roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon 
qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo‘r-bazo‘r, ketma-
ket va b. 
 
Fonetik usul. Bu usulga ko‘ra, so‘zda fonetik o‘zgarish yuz berib, yangi so‘z hosil 
qilinadi. Chunonchi, so‘z urg‘usining o‘rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so‘z 
turkumiga  doir  so‘zlar  hosil  bo‘lishi  mumkin:  yo‘zma  –  fe’l,  yozma’  –  sifat,  su’zma  – 
fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot, akademi’k – sifat va b. 
 
Semantik  usul.  Bu  usulga  binoan,  so‘z  ma’nosida  o‘zgarish  ro‘y  berib,  ma’nosi 
boshqa-boshqa, shaklan o‘xshash yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun – sutkaning yorug‘  qismi, 
kun - quyosh, planeta; ko‘k – osmon, ko‘k - havorangga o‘xshash rang, bir – son, birga, 
birdan, birda – ravish. 


 
40 
 
 
Fonetik  va  semantik  usul  hozirgi  o‘zbek  tili  nuqtai  nazaridan  nofaol  tarixiy  so‘z 
yasash usullari deb qaraladi. 
Abbreviatsiya  usuli.  Bu  usulga  ko‘ra,  bir  butun  holda  qo‘llanadigan  to‘g‘  ri 
ma’noli turg‘un birikmalarning qismlari har xil yo‘l bilan qisqartirilib so‘z hosil qilinadi. 
Bu usul rus tilidan kirgan bo‘lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ATS – Avtomatik telefon 
stantsiyasi,  ToshMI  –  Toshkent  Meditsina  instituti,  filfak  –  filologiya  fakulteti, 
akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish