1- mavzu: Morfemika


Avloniy    -  ilm  –  ma‘rifat    targ‘ibotchisi



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet489/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

         Avloniy    -  ilm  –  ma‘rifat    targ‘ibotchisi.  X1X  asr    oxiri  XX  asr  boshlari  o‘zbek 
milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma‘rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, 
olim,  davlat  va  jamoat  arbobi  Abdulla  Avloniy  1878  yilning  12  iyulida  Toshkent 
shahrining Mergancha  mahallasida, to‘quvchi Miravlon aka  oilasida dunyoga keldi. O‘z 
tarjimai  holida  yozishicha:  “1985  yildan  boshlang‘ich  maktabda  o‘qidim.  O‘qchi 
mahallada  Akromxon  domladan  xat-savodim  chiqdi.  1890-yilda  maktabni  bitirib, 
mahalladagi  madrasada  dars  o‘qiy  boshladim.  Yoshim  13  ga  yetgach,  yo‘qsillik  menga 
ta‘sir  qildi.Yoz  kunlarida  mardikorlik  qilib,  ota-onamg‘a  biroz  yordamda  bo‘lib,  qish 
kunlarida  o‘qir  yedim.  So‘ngra  O‘qchi  mahallasidagi  domlamizning  kam  havsalaligidan, 
o‘quvda  davomsizligidan  O‘qchi  madrasasini  tark  yetib,  14  yoshimda  Shayxantavurdagi  
Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mulla Umar Oxundan dars o‘qiy boshladim.Bu choo‘larda  
qish  kunlarida  o‘qib,  yoz  kunlarida  mardikor  ishlamoqqa  majbur  yedim”.  Mustaqil 
mutoala  bilan    shug‘ullandi.  Arab,  fors,  rus  tillarini  mukammal  o‘rgandi.  Orenburg, 
Qozon,  Tiflisda  chiqib  turgan  gazeta-jurnallarni  kuzatib  bordi.  Qisqa  muddat  ichida  u 
ma‘rifatparvar  sifatida  tanildi  va  o‘lkadagi  ijtimoiy-madaniy  harakchilikning    faol 
namoyandalaridan biriga aylandi. 
    XX  asr  boshlarida    Turkiston  madaniy  hayotida    yuz  bergan  yeng  muhim 
o‘zgarishlardan  biri  maktab-o‘quv  ishlarida    o‘zgarish    bo‘ldi.  Avloniy    bu  davr  
jadidchilik  harakatiga  qo‘shilib,  Toshkentdagi  jadidlarning  faol  ishtirokchilaridan  biri 
bo‘lib  tanildi.  Avloniy  1904-yilda  Mirbodda,  so‘ngroq  Degrizchilik    mahallasida    yangi 
usuldagi  “Jadid  maktab”  ochib,  dars  berdi  va  darsliklar  yozdi.  1909-yilda  badavlat 
do‘stlarining ko‘magida maktab marif ishlarida yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, 
bolalarga  kiyim-bosh,  oziq-ovqat,  daftar,  qalam  bepul  berilishini  ta‘minladi.  Avloniy 
ochgan  maktabning  shuhrati  tobora  ortib,  o‘quvchilarning  soni  orta  bordi.O‘zi  bolalarga 
jo‘g‘rofiya,  tarix,  adabiyot,  til,  hisob,  xandasa,  hikmat  (fizika)  fanlaridan  ma‘lumotlar 
berib bordi. 


 
259 
 
       Avloniy  “Adabiyot  yoxud  milliy  she‘rlar”  deb  nomlangan    to‘rt  qismdan  iborat 
bo‘lgan  darsligida  yoshlarni  maorif-madaniyatga  chorlaydi,  yaramas  xulq-odatlarni  yesa 
tanqid  qiladi.Munavvarqori,  Muhammadjon  Poshshoxo‘jaev,  Tavallo,  Rustambek 
Yusufbekov  kabi taraqqiychilar  bilan  sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab”  (1916) 
shirkatlarini  tuzdi.  “Taraqqiy”,  “Shuhrat”  (1907),  “Osiyo”  (1908),  “Turon”  (1917) 
gazetalarini  chiqardi  va  uning  birinchi  muharrirlaridan  bo‘ldi.  Avloniy  turli  mas‘uliyatli 
lavozimlarda  xizmat  qildi.  Qaysi  vazifada  ishlamasin  ilm-ma‘rifat    tarqatish  ,  ta‘lim-
tarbiya  masalalari  bilan  shug‘ullanib  keldi,  bilim  yurtida,  oliy  maktablarda  o‘qituvchilik 
qildi. U 1923-24 yillarda yeski ahardagi xotin-qizlar va yerlar maorif bilim yurtlari mudiri, 
1924-29- yillarda Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi,  
         1925-34  yillarda  O‘rta  Osiyo  Kommunistik  universiteti,  O‘rta  Osiyo  Qishloq 
xo‘jaligi  maktabida,  O‘rta  Osiyo  Davlat  universitetida  (O‘z  MU)  dars  beradi,    professor 
sifatida    kafedrani  boshqaradi.  Avloniy  1927  yilda  “Mehnat  Qahramoni”  unvoni  bilan 
taqdirlandi. 1930 yilda unga “O‘zbekiston  xalq maorif zarbdori” faxriy unvoniga sazovor 
bo‘ldi. Shoir 1934 yilda vafot yetdi. 
      Avloniy  Hijron,  Nabil,  Indamas,  Shuhrat,  Tangriquli,  Surayyo,  Shapaloq,  Chol,  Ab, 
Chegaboy,  Abdulhaq  taxalluslari  bilan  she‘r,  hikoyalar  va  maqolalar  yozdi.  Shuni  aytish 
kerakki,  Avloniy  ancha  murakkab  hayot  va  ijod  yo‘lini    bosib  o‘tdi.  U  adabiyotga  
g‘oyaviy  kurashlar  g‘oyat  keskinlashgan    bir  davrda    kirib  keldi.  Hech  ikkinlanmasdan 
ma‘rifat va taraqqiyot  uchun kurashishni  maslak yetib qabul qildi. Shoir she‘riyati bilan  
tanishar yekanmiz,qiziq bir holga duch kelamiz.Unda birorta ishqiy she‘r yo‘q. U ijtimoiy 
muammolarni,  yel-yurt  g‘amini  muhimroq  biladi.  Xalq  va  Vatan  baxtsizligi  oldida  har 
qanday muhabbatni rad yetadi. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish