126-mashq. Gaplarni o‘qing. Mustaqil so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolarini
aniqlang.
N a m u n a: Bu — leksik ma’nosi: ko‘rsatish, grammatik ma’nosi: olmosh, ko‘rsatish
olmoshi, sintaktik vazifasi: sifatlovchi aniqlovchi.
1. Bu gaplarning barini Hafiza xomush va oqilona tinglardi. (Mirm.) 2. Dilshod
kitobni yopdi, ildam odimlar bilan hovli tomon ketdi. (M. I.) 3. Atrofi ko‘k panjaralar
bilan o‘ralgan ulkan bog‘ darvozasidan kiraverishda uch qavatli shinam bino savlat to‘kib
turibdi. (J. Abd.) 4. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltasini kampirga uzatdi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |