1- mavzu: Morfemika



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

 
 
11-MAVZU: Sifat - so‘z turkumi sifatida. Sifatlar ustida umumiy morfologik tahlil 
o‘tkazish(2 soat) 
 
 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 
 1. Sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari haqida gapiring 
2.  Asliy va nisbiy sifatlar 
3.  Sifat darajalari haqida nimalarni bilasiz 
4.  Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar ularning o‘zaro farqi. 
Ilova 
Mashqlar bajarish. 


 
205 
 
163-mashq. O‘qing, sifatlarni aniqlab, qanday  belgi bildirayotganini ayting, sifatlarni 
o‘zi bog‘langan ot bilan birga ko‘chiring, sifatning tagiga to‘lqinli chiziq chizing. 
 
  
I.  To‘lin oy tikkaga kelib, osilib qoldi. Tunning erka shabadasi o‘rik yaproqlarini bir-
biriga  urib  o‘ynaydi,  undan  chiqayotgan  mayin  sasdan  orom  oladi.  Qizg‘ish  chiroq 
shu’lasida yaltirab turgan mushtdek-mushtdek o‘riklar «to‘p-to‘p» to‘kiladi. Pastda, ikki 
o‘rik  panasidagi  so‘rida  yosh  qiz  va  oq  soch  ayol  xayolga  cho‘mib  o‘tirishibdi.  Keksa 
ona, dilbar qiz. (M. Pirmatov.) 
II.  CHetlariga o‘ymakor panjara yasalgan katta ayvonga ipak ko‘rpachalar to‘shalgan, 
o‘rtadagi xontaxtaga barkash-barkash noz-ne’matlar qo‘yilgan edi. Bu yerdan, tepalikka 
qurilgan  bu  koshonaning  ayvonidan,  yomg‘irda  cho‘milgan  ko‘z  ilg‘amas  ulkan,  bog‘, 
qizil  qum  sepilgan  xiyobonlar,  hilol  va  yulduz  shaklidagi  gulzorlar      yanada  go‘zalroq, 
yanada so‘limroq ko‘rinardi. Olisda, Qo‘qon qirining ortida, harir ko‘kish tuman orasidan 
ko‘tarilgan yuksak tog‘lar ko‘zga chalinar, Samarqand daraxtlar orasidan aniq ko‘rinmas, 
lekin  beriroqda,  yashil  yaproqlar  orasida,  yana  bir  yuksak  bino  ko‘zni  qamashtirib 
charaqlar, bu — shafaq jilolangan rasadxona peshtoqlari edi. (O. Yoqubov.) 
 
164-mashq.  O‘qing,  sifatlarning  qaysi  so‘z  bilan  bog‘langanini  aniqlang.  Otga 
bog‘langan sifatlarni birikma tarzida ko‘chiring. 
 
1.  Qarshimda  onam  o‘tiribdi.  Bag‘ri  olamday  keng,  ko‘ngli  paxtaday  yumshoq  uning. 
Tongday  go‘zal,  tongday  musaffo,  ey  muqaddas  zot,  sening  muhabbating  mangu  qalbimda, 
hurmating boshimga do‘ppi. (M. Mirzarahimov) 2. Sariq, pushti, pistoqi ranglarga boy ipagim. 
(Q.  H.)  3.  Sertuproq  yo‘llar,  olisdagi  uylarning  tomlari  oydindan  yiltiraydi,  boshlarida, 
qo‘yinlarida yulduzlar chaqnagan teraklarning bo‘ylari yana balandroq, adlroq ko‘rinadi. (O.) 
4. Fanda oson yo‘l bo‘lmaydi, oson yo‘l tanlagan uzoqqa bormaydi.               (J. Abd.) 5. Bu 
xatlarga samimiy, insoniy tuyg‘ular bitilgan edi. (S. Ahm.)  6. Yer baquvvat bo‘lsa, g‘o‘za ham 
baquvvat o‘sib, hech qanday dardga chalinmaydi. (J. Abd.) 7. O‘sar mitti azamat: Serharakat, 
mard, durkun. Ammo hayron qoldirar Kulganlarni u bir kun. (Q. H.) 
 
165-mashq.  O‘qing.  Asliy  va  nisbiy  sifatlarni  aniqlab,  nisbiy  sifatlarning  yasalishini 
izohlang. 
 
1.  Sobir  quyoshda  chaqnagan  orden  va  medallarini  jaranglatib,  qizdan  sal  nari 
cho‘qqaydi  va o‘choqdagi qorindor  qo‘shaloq qumg‘on ostiga quruq shaldiroq xascho‘p 
tashladi.  (O.)  2.  Qish  edi.  Derazadan  televizion  antennalarning  izg‘irinda  hushtak 
chalgani eshitildi. (As. M.) 3. Ehson ustki labini tishlab, ko‘zini yuqoriga ko‘tardi. (A. Q.) 
4.  Ozarbayjonlik  Soib  Ismoilov  to‘pdan  tinmay  o‘q  uzardi.  (T.  Rustamov.)  5.  Egma-
bukma kamonlarni va zarb yegan qalqonni Yechintirib qiz oldi-yu, g‘orga eltdi o‘g‘lonni. 
(SH.  Rustaveli.)                      6.  Saidiy,  haqiqatan,  talabalik  vaqtida  ko‘p  she’rlar  yozgan, 
bularning  ko‘pchiligi  devoriy  gazetada  bosilgan...  edi.  (A.  Q.)  7.  Katta  sandiq  yal-yal 
yongan olmos, la’l, yoqut, inju, zabarjad va yana qandaydir nafis tovlangan qimmatbaho 
toshlar  bilan  limmo-lim  edi.  (O.  Yo.)  Ko‘rasanmi,  hu  olisda  ketayotir  pahlavon,  O‘z 
yo‘lidan aynamaydi quyoshsimon, oysimon.                  (SH. Rustaveli.) 9. Endi qizning 
tasallibaxsh so‘zlarin tingladi u.             (SH. Rustaveli.) 10. Ular mavlono Muhiddinning 
bog‘ida, jar bo‘yidagi keksa yong‘oq tagida uchrashdilar. (O. Yo.) 11. Rajab aka, siz o‘z 
vaxtangizda  tarbiyaviy  ish  olib  bormay  qo‘yibsiz.  (P.Q.)  12.  Olis  tog‘lar  orqasidan 


 
206 
 
ko‘tarilgan  quyosh  boshoqlarni  oltin  dengizga  aylantirgan  edi,  ertalabki  salqin  shamol  bu 
dengizni to‘lqinlantirib, g‘ir-g‘ir esardi. (O.) 
166-mashq. O‘qing. Sifatlarni aniqlang, qanday daraja shaklida qo‘llanganini ayting. 
Oddiy,  qiyosiy  va  orttirma  darajadagi  sifatlarni  uch  ustun  shaklida  yozing,  daraja 
ko‘rsatkichi tagiga chizing. 
 
1. Yangi klub. Katta zalda O‘tgan kuni bo‘ldi bal. (Q. H.) 2. Agar unga Toshkentdan 
chiroyliroq shahar ham bor, deb aytsalar, aslo ishonmasdi.            (N. Biryukov.) 3. Axir, 
eng  jasur,  eng  tajribali  dengizchilar  ham  SHimoliy  qutbgacha  yetaman  deb,  ...  halok 
bo‘lganlar.  (J.  Vern.)  4.  Sersoqol,  baroq  qoshli  chol  qushlar  tiliga  tushunardi.  (Yu. 
Semyonov.)            5. CHindan aytaman, sizdan ko‘ra menga og‘irroq. (N. Biryukov.) 6. 
Uning  ovozini  pasaytirdi  va  bundan  kuy  yana  ravonroq,  yoqimliroq  tuyuldi.  (H.  G‘.)  7. 
Lekin  bu  ish  avvalgi  ishlaridan  har  jihatdan  mushkulroq  edi.  (H.  G‘.)  8.  Ehtimol,  eng 
so‘nggi  misralarni  u  Qog‘ozni  bo‘yagan  qon-la  bitgandir.  (O.Xoldor.)  9.  SHu 
qorong‘ilikda  tepalikdagi  ekskavator  tag‘in  ham  haybatliroq  ko‘rindi.  (H.  G‘.)  10. 
...Lekin  undan  kichikroq  xarita  ustiga  egilishdi.  (H.  G‘.)  11.  Goh  Yo‘lchining  marhum 
onasini xayol kuchi bilan jonli, ravshan tasavvur qilishga tirishadi.  (O.) 12. Bu uy uning 
eng  baxtiyor,  eng  azobli  kunlariga  guvoh.  (S.  Ahm.)  13.  Rais  uning  ko‘ziga  ilgarigidan 
kamsavlatroq ko‘rindi. (A. Q.) 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish