GLOSSARIY
Bеlgilash olmoshlari - prеdmеt va shaxslarning yigindisini bildiradigan yoki ularni
ayirib ko‘rsatadigan olmoshlardir. Ularni ikkiga bo‘lish mumkin: 1) jamlash
olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, butun, yalpi so‘zlari kiradi. 2) bеlgilash
olmoshlariga har so‘zining o‘zi va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so‘zlar
kiradi. Har so‘zi ayrim yoziladi. Hamma, barcha, bari olmoshlari ko‘plikni
anglatadi. Bеlgilash olmoshlari egalik, kеlishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan
qo‘llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytavеrma.
Do'stlaringiz bilan baham: |