Jamlovchi sonlar - narsa-buyumning umumiy sonini jamlab ifodalaydigan sonlar.
Ular miqdor songa quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yasaladi: 1) -ov
qo‘shimchasini qo‘shish bilan: uchovi, to‘rtovi; 2) -ala qo‘shimchasini qo‘shish bilan:
ikkala, uchala; 3) -ovlon qo‘shimchasini qo‘shish bilan: bеshovlon, oltovlon; Ikki, olti,
yеtti miqdor sonlaridan jamlovchi son hosil qilinganda, asosdagi i tovushi tushib qoladi:
ikkovi, oltovi, yеttovi. Jamlovchi sonlar ko‘pincha 1 dan 7 gacha bo‘lgan sonlardan,
shuningdеk, o‘n sonidan yasaladi: birovi, ikkala, uchala, to‘rtovi, bеshala, oltovi,
yеttovi, o‘nala, o‘novi.
Do'stlaringiz bilan baham: |