1- mavzu: Morfemika


Bir sonining o‘ziga xos grammatik xususiyatlari



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

Bir sonining o‘ziga xos grammatik xususiyatlari 
 
Sonlar ichida bir soni o‘ziga xos grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bir 
soni  yuqorida  qayd  etilgan  sonlarga  xos  leksik-grammatik  xususiyatlarga  ega  bo‘lishi 
bilan birga o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega: 
1. 
Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon 
noaniqlik  ma’nosini  ifodalaydi:  Maqsud  aka  Oybek  ikkovimizga  kula-
kula bir voqeani aytib bergan edi. (Z.Saidnosirova.) 
Miqdor  anglatadigan  so‘zlari  so‘roq  olmoshlari  yoki  narsa  so‘zidan  oldin  bir 
so‘zini  kiritish  bilan  gumon,  noaniqlik  ma’nosidagi  ravishlar  yasaladi:  bir  necha,  bir 
qancha, bir nima, bir narsa, bir zum, bir payt kabi. 
Bir so‘ziga –ov, -on, -or affiksi qo‘shilishi bilan ham gumon ma’nosini bildiruvchi 
gumon olmoshlari yasaladi: birov, biron, biror kabi. 
2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g‘oyat) va 
kuchaytiruv  yuklamasi  (hatto)  kabi  ma’noni  kuchaytirishga  xizmat  qiladi:  Bir  chiroyli, 
bir yoqimli shamol turdi (Said Ahmad). 
3.  Bir  soni  sifatlovchi-sifatlanmish  orasida  kelganda  ham  ma’noni  kuchaytiradi: 
Gulnor uchun ulug‘ bir baxt shu uchrashuv bo‘ldi (A.Q.) Juvon asabiy bir harakat bilan 
ro‘molini olib o‘radi (A.Q.). 
4.  Ayiruv  chegaralov  yuklamalari  (-gina,  faqat)  vazifasini  bajarib,  ayirish, 
chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). 
Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so‘zi –gina, faqat vazifasini bajargan. 


 
90 
 
5.  Bog‘lovchi  vazifasida  kelib,  uyushiq  gap  bo‘laklarini  yoki  qo‘shma  gap 
qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol). 
6. Bir soni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar 
ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi. 
7.  Kesim  vazifasini  bajarib  kelganda,  birdamlik,  o‘xshashlik,  umumiylik 
ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir 
bo‘lsin. 
Bir sonidan olmosh, ravish, ot va fe’l  yasaladi:  bir necha, bir narsa, bir zum, bir 
payt, bir vaqt, birlik kabi. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish