GLOSSARIY Asliy sifatlar - narsalarning bеlgisini bеvosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalay oladigan
va bеlgini darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni –roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan)
sifatlar: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b.
Juft sifatlar - ikkita har xil asosli so‘zning juftlanishidan hosil bo‘lgan sifatlar.
Ular quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan: katta-kichik, uzun-
qisqa, maza-bеmaza, sеzilar-sеzilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-chiqdi (essiz); 2)
ma’nodosh so‘zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog‘-salomat, uzuq-yuluq, ola-
chipor, soya-salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli so‘zlardan: och-nahor,