1- mavzu: Miqdoriy analiz va uning metodlari



Download 19,44 Kb.
bet2/2
Sana15.03.2023
Hajmi19,44 Kb.
#919402
1   2
Bog'liq
1- mavzu Miqdoriy analiz va uning metodlari

Gazovolyumetrik analiz aniqlanuvchi gazsimon moddalarning hajmini gazlar aralashmasini qattiq yoki suyuq holatdagi yutgichlar orqali o’tkazib, o’lchashga asoslangan. Masalan, gazlar aralashmasidagi uglerod (IV) - oksidi S02 miqdorini aniqlashda, uglerod dioksidni yutuvchi kaliy gidroksidning konsentrlangan eritmasi orqali gazlar aralashmasini o’tkazib, chayqatiladi. Gazlar hajmining kamayishi asosida S02 ning foiz miqdori hisoblanadi. Laboratoriyalarda tabiiy ohaktosh tarkibidagi kalsiy karbonat miqdorini, namunani xlorid kislota eritmasi bilan ta’siridan ajralib chikayotgan uglerod (GU) oksid S02 hajmini o’lchash yo’li bilan topiladi.
Miqdoriy analizning kimyoviy metodlari turli-tuman moddalarning tarkibini aniqlashga imkon beradi. Lekin kimyoviy metodlar ishlab chiqarishni nazorat qilishning talablarini ba’zi hollarda qanoatlantirolmaydi. Masa­lan, tekshirilayotgan moddalar tarkibidagi ba’zi bir qo’shimchalarni aniqlashda kimyoviy metodlarning sezgir­ligi yetarli darajada bo’lmaydi. Bundan tashqari gravi­metrik aniqlashlar ko’p vaqt talab qilsa, titrimetrik analizlarni qo’llanilishi ham chegarali hisoblanadi. Shu sababli, hozirgi davrda analizning yangi, sezgirligi yuqori bo’lgan va tez bajariladigan metodlarini yaratishga e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizik-kimyoviy va fizi­kaviy metodlar istiqbolli hisoblanadi.
Tekshiriladigan komponent konsentratsiyasini oshirish
Nazariya va amaliyot tomonidan, kimyogar tomonidan olinadigan natijalarning sezgirligi, aniqligi va to’g’riligi doimo talab qilinadi. Amaliyotda ko’pincha shu kuzatiladi- ki, aniqlanuvchi komponentni miqdori shunchalik kam bo’ladiki, uni kimyoviy va hattoki fizik-kimyoviy metod­lar yordamida aniqlab bo’lmaydi. Masalan, tuproq so’rimida, tabiiy suvlarda va boshqalarda ba’zi ionlar juda kam konsentratsiyada bo’lishi sababli, ular miqdorini bevosita mavjud bo’lgan metodlar bilan aniqlash qiyin bo’la­di. Shuning uchun, bunday namunalarni analiz qilishga kirishishdan oldin aniqlanuvchi ionni ajratish va konsentratsiyasini oshirishga harakat qilinadi. Konsentratsiyasini oshirish zarurligini sababi, ko’pincha spektral va mass-spektral analizlarda juda oz massadagi - 5-50 mg massadagi namunalardan foydalaniladi.
Qilinadigan analizning sezgirligini, aniqligini va selektivligini oshirishni turli metodlari ma’lum: ki­myoviy metodlar - ekstraksiya, cho’ktirish, birgalikda cho’ktirish; fizik-kimyoviy metodlar — xromatografiya, elekt­rokimyoviy ajratish va hokazo; fizik metodlar - haydash, distillash sublimatsiya, bug’latish va boshqalar. Bu metod­lar ichida ekstraksiyalash va xromatografik metodlari ko’p ishlatiladi. Bu metodlarning qulayligi shundan iborat- ki, ular yordamida nafaqat tekshiriluvchi eritma hajmi­ni kamaytiribgina qolmay, shu bilan birga aniqlanuvchi moddani ko’pchilik qo’shimchalardan ajratib olish mumkin. Ekstraksiya metodi bir-biri bilan aralashmaydigan suyuq fazalar orasida erigan moddaning har xil taqsimlanishiga asoslangan. Ekstraksiyada suvli eritmadan moddani suv bilan aralashmaydigan organik erituvchilar (xloro­form, uglerod (IV) xlorid, benzol) yordamida ajratib olishdir. Ba’zi bir ajratib olinuvchi moddalar suvga nis­batan organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Ekstraksiyalash metodi bilan konsentrlash o’tkazilsa, bunda ekstraksion sistemada modda suvli eritmaning hajmi (V ml) dan juda kam hajmli (V1 ml) organik erituvchi yordamida ajratib olinadi. Moddaning konsentratsiyasi bu holatda (V/V1 marta) oshadi. Masalan, 5 ml ekst­ragent (organik erituvchi) yordamida 1-2 litr eritmadan 10'8 g moddani ajratish mumkin, ya’ni konsentratsiyani 200-400 marta oshirish mumkin.
Aniqlanuvchi komponentning konsentratsiyasini oshirishda xromatografiyadan foydalanish mumkin. Xromatografik metodlar: ion almashinish, taqsimlanish, adsorbsion, cho’ktirish xromatografiyalari kabi turlarga egadir. Shulardan, masalan, ion almashinish xromatografiyasida ionit orqali suyultirilgan eritmaning ko’p hajmdagisi o’tkazila­di, so’ngra, sorbilangan ionlar «elyuent» (organik erituvchilar, anorganik erituvchilar, kislota eritmalari va boshqalar)ning minimal hajmi yordamida ajratib olinadi.
Konsentrlash - bu analizning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bundan keyingi va asosiy bosqich esa mos keladigan metod yordamida komponentning miqdoriy tar­kibini aniqlashdir
Miqdoriy analizda makro-, mikro-, va yarim mikrometodlar farq qilinadi. Makroaniqlashlar bajarilganda nisbatan ko’p (0,01 –0,1g) modda miqdori aniqlanadi.
Miqdoriy analiz laboratoriyasida ishlashda shuni esda tutish lozimki, ozgina betartibsizlik analiz natijasining buzilishiga olib keladi. Ko’pincha analiz natijalari asosida noto’g’ri bajarilgan aniqlash tufayli xato bo’lishi mumkin. Xromli aralashmadan foydalanganda juda ehtiyot bo’lish kerak, chunki u qattiq kuyishga sababchi bo’lishi mumkin. Agar xromli aralashma teriga tushsa shu zahotiyoq u joyni suv, keyin esa NaHCO3 eritmasi bilan yuviladi.
Miqdoriy analiz bajarilayotganda ish metodikasiga aniq rioya qilish kerak. Har qanday miqdoriy aniqlashda parallel aniqlashlar deb ataluvchi analiz o’tkaziladi, ya’ni bitta aniqlashning o’zi 2 yoki 3 marta takrorlanadi. Parallel aniqlashlar natijalarining qaytarilishi (mos tushishi) to’g’ri aniqlash natijasidir. Analizning hamma natijalarini laboratoriya jurnaliga yozib qo’yish kerak. Ayrim varaqlarga xomaki yozib qo’yish mumkin emas, chunki ular yo’qolishi mumkin.
Analitik kimyoda xatolar
Har qanday o'lchashda u yoki bu darajada xatolikka yo‘l qo'yiladi. Ko'pincha xatolar o 'zaro uyg'unlashib ketadi. Quyida xatolaming ko‘p tarqalgan ko‘rinishlarini qarab chiqamiz:
1. Ifodalash (hisoblash)usullari bo'yicha xatolar mutlaq va nisbiy xatolarga bo'linadi. Mutlaq xatolar standart chetlashish, nisbiy xatolar nisbiy standart chetlashish, foizlar bilan ifodalanadi.
2. Tarkibiy qismning haqiqiy qiymatidan yuqori yoki pastligini ko'rsatish bo’yicha xatolar musbat va manfiy xatolarga bo'linadi.
3. O'lchanadigan qiymat bilan xatoning bog‘liqligiga ko‘ra xatolar doimiy (o'lchanadigan qiymatga bog'liq bo'lmagan ) va mutanosib (o'lchanadigan qiymatga mos) xatolarga bo'linadi.
4. Yuzaga kelish sabablariga ko'ra sistematik, tasodifiy va qo'pol xatolar ham bo'ladi.
5. Yuzaga kelish manbalariga ko'ra: asbob, reaktiv, uslubiy, namuna olish xatolari bo'lishi mumkin.
Bulardan tashqari obyektiv va subyektiv, chegara, yo‘l qo‘yiladigan, kafolatli,har bir usulning o 'ziga xos va boshqa xatolar ham uchraydi.
Tasodifiy xatolar— kelib chiqishi ma’lum bir qonuniyatga asoslanmagan, kattaligi va ishorasi noma’lum. Bu analitikning o'ziga bog'liq bo'lmagan tashqi faktorlar, masalan, harorat, namlikning o'zgarishi, laboratoriya havosining ifloslanishi, binolarning tebranishi, to k manbaida kuchlanishning o'zgarishi va boshqalar bilan bog'liq. Ular statistik usullar yordamida hisobga olinishi va baholanishi mumkin. U yoki bu darajada tasodifiy xatolarning oldini olish mumkin, ayniqsa, qo'pol xatolaming oldini olish oson. Buning uchun analiz diqqat bilan o 'tkazilishi, eritma yoki moddalar to'kib yuborilmasligi, o'lchash natijalari to'g'ri yozib olinishi, hisoblashlar to'g'ri bajarilishi zarur. O 'lchash natijalarini baholashda ulaming yozilish tartibi juda muhim hisoblanadi. Masalan, texnik tarozida tortish natijasi bilan analitik tarozida tortish natijalari har xil bo'lishi hisobga olinishi kerak. Masalan, natija 2,5 yoki 2,50 g deb yozib olingan bo'lsa, bu texnik tarozida tortilgani, 2,5000 g tarzida yozib olingan bo'lsa, analitik tarozida tortilganligini bildiradi. Sistematik xatolar — kattaligi doimiy bo'lib, ma’lum qonuniyat bo'yicha o'zgaradigan xatolar. Agar o'lchash bir tarozi (va toshlardan) yoki asbobdan foydalanib o'tkazilsa, sistematik xato yo'qoladi. Sistematik xatolarga quyidagilarni kiritish mumkin. Uslubiy (metodik) xatolar— qo'llanilayotgan analiz usuli va reaksiyaning xususiyatlari (masalan, aniqlash asoslangan reaksiyaning miqdoriy jihatdan to 'la bormasligi, cho‘kmaning qisman erishi, cho‘kma bilan begona jismlaming birgalashib cho'kishi), ayrim amallarni bajarish ketma-ketligiga qat’iy rioya qilinmasligi, amallaming aniq bajarilmasligi, cho‘kmaning qizdirilganda qisman parchalanishi, erib ketishi yoki uchib ketishi, moddaning gigroskopikligi kabi omillarga bog‘liq. Asboblarga bog‘liq xatolar— asbobning haqiqiy qiymatdan siljishi, masalan, tarozi nol nuqtasining noto‘g‘riligi, toshlar massalarining nominaldan farqi singarilar tufayli paydo bo‘ladi. Reaktivlarga bog'liq xatolar — tayyor yoki tayyorlangan reaktivlar konsentratsiyalarining haqiqiy qiymatdan farq qilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Download 19,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish