Sotsialogik tadqiqotlarni uyushtirish usullari
Xujjatli usul
* bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, boshling‘ich uchet
xujjatlaridan olinadi.
Shaxsiy xarakterdagi
xujjatlardan foydalanish
usuli
* turli masalalar yuzasidan kishilar yozgan bir qancha xujjatlar: ariza,
shikoyat, qarindosh-urug‘ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai xol,
tushuntirish xatlari, va xokazolar turli guruxdagi kishilarning xayotiy
maqsadi, yurish-turish sabablari, talablari, extiyojlari, tashkishari
to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muxim sotsiologik
axborot bo‘lishi mumkin.
Ilmiy
konferentsiyalar
o‘tkazish usuli
* Bunday konferentsiyalarni tayyorlash va uni o‘tkazishda odatda ayrim
masalalar yuzsidan material to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab
chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi.
Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o‘rganishga keng
jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan foydalaniladi.
Anketali usul
*Oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda savollar beriladi
va yozma javoblar olinadi.
Intervyu olish usuli
*Bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan bevosita suxbat
o‘tkaziladi. Raxbar yoki tadqiqotchi suxbat davomida masalalari
aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo‘l bilan ishonchli va
mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.
Kuzatish usuli
*Jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va
muloqatda bo‘lish, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, shuningdek xar
bir jamoa rolini baxolash imkonini beradi.
Sotsial
eksperiment
o‘tkazish usuli
*Bu usulda sun’iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan
sotsial xodisalar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib
ko‘riladi. Buning uchun maxsus gurux uyushtirilib, shu gurux faoliyati
umumlashtiriladi va amaliy xulosalar chiqariladi.
Qayd qilingan sotsiologik tadqiqotlarning xam ijobiy, xam kamchiliklari bor. Shuni xisobga
olgan xolda, u yoki bu usulgi voqealikni real aks ettirishga va ko‘proq samara berishga qarab
tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqsadiga
muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Mexnat jamoalarida sotsial-ruxiy iqlimning xolati chiqqan nizomlar soni bilan belgilanadi.
Nizo-bu raxbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda
tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil
qilinganligi, raxbarlarning ish jarayonida o‘ziga bo‘yinuvcht jamoa a’zolarning ruxiy xolatlarini
xisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sababalar natijasida
vujadga keladi.
Nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mexnat jamoalarida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo‘lishi
turgan gap. Bunday shaxslar ish paytida foydali mexnat bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘zlarining
nizolarida ko‘rsatilgan masalalar raxbar xodimlar tomonidan qanday qabul qilinayotgani
to‘g‘risida gapirib xam o‘zlarini, xam boshqalari ishdan chalg‘itib, ishlashga xalaqit beradilar.
Bunday xol ikki shaxsning kurash jarayoni, ularning nizolari raxbar xodimlari yoki jamoat
qrtoqlik kengashi ko‘rib chiqib, kim noxaq, kim xaqligini aniqlab, shu masala yuzasidan
chiqarilgan xukm natijalarini tushuntirib, ularning shu xukmlarning to‘g‘riligiga iqror
bo‘lguncha davom etadi.
Bunday nosog‘lom vaziyat jamoat a’zolarining barchasiga etib boradi. Bundan ayrim
ishchi xodimlar vaqtincha manffatdor bo‘lib, ularning ichidan o‘zlariga yoqmagan shaxslar
ustidan g‘iybat uyushtirib vaziyatni jiddiylashtirishga xarakat qiladilar.
Bularning xammasi mexnatkashlar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi,
natijada sotsial-ruxiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o‘z-o‘zidan ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |